Kirish I. Bob. Iqtidorli bolalarni aniqlash va ularning qobiliyatini rivojlantirish 1


2.2 Iqtidorli bolalarni saralab olish to’grisida qonun



Yüklə 41,46 Kb.
səhifə8/9
tarix05.01.2022
ölçüsü41,46 Kb.
#82595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtidorli o\'quvchilar

24

2.2 Iqtidorli bolalarni saralab olish to’grisida qonun

O’zbekiston Respublikasi prezidentining qonuni

IQTIDORLI YOSHLARNI SARALAB OLISH TIZIMI VA AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida:

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘.R. Salomov hamda huzurida akademik litseylar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) iqtidorli yoshlarni akademik litseylarga saralab olish tizimini samarali tashkil etish, akademik litseylarda ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish uchun shaxsan mas’ul va javobgar etib belgilansin.

Huzurida akademik litseylar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari):

tegishli akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlar malakali ekspertlarini jalb qilsin;

akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishi uchun dars mashg‘ulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinishi va zaruriy sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;

oliy ta’lim muassasalari prorektorlari (filial direktori o‘rinbosarlari)ni o‘z

25

yo‘nalishlari bo‘yicha akademik litseylar faoliyatiga har tomonlama yordam ko‘rsatish va nazorat qilish uchun mas’ul etib belgilasin;



oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, shu jumladan rahbar xodimlari belgilangan tartibda akademik litseylarning dars mashg‘ulotlariga jalb qilinishini ta’minlasin;

akademik litseylarning ta’lim infratuzilmasi muntazam ravishda rivojlantirib borilishini tashkil etsin.

2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar (bundan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya mustasno) tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek xorijiy oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarda (qaror bo‘yicha matnda — akademik litseylar) o‘quvchi yoshlarga ta’lim berishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish;

o‘quvchi yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish;

o‘quvchilarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, vatanparvarlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash;

akademik litseylarda ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, ularni “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori

26

natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish;



ta’lim jarayonini mazmunli va samarali tashkil etish uchun pedagoglar malakasini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish tizimini isloh qilish;

zamonaviy ta’lim infratuzilmasi talablaridan kelib chiqib, akademik litseylardagi mavjud moddiy-texnik bazani mustahkamlab borish, bilimlarni mustaqil shakllantirish uchun sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish.

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

umumta’lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soatini oshirish hamda ular ulushini kamida 50 foizga yetkazish;

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida 10-11-sinf o‘quvchilari umumta’lim tayyorgarligiga qo‘yilgan majburiy talablarni shakllantirish bilan birga ularning iqtidorini har tomonlama rivojlantirish imkonini beruvchi o‘quv dasturlari asosida o‘qitish tartibini joriy etish;

ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlarni akademik litseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilish.

4. Belgilab qo‘yilsinki, akademik litseylarda o‘qish davrida unifikatsiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.

27

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) unifikatsiya qilingan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tegishli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilishini ta’minlasin.



5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish mexanizmini 1-ilovaga muvofiq joriy etish;

tajriba tariqasida, ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan akademik litseylarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olishning ikki bosqichli tizimini (keyingi o‘rinlarda — ikki bosqichli tizim) amalga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, 1-ilovada nazarda tutilgan fan olimpiadalari, tanlov g‘oliblari va fanlarni o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar mazkur akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda ham inobatga olinishi belgilansin.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

akademik litseyning tegishli yo‘nalishida o‘qish uchun kelib tushgan arizalar soni belgilangan qabul parametriga 2:1 nisbatdan kam bo‘lgan hollarda mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul parametrlari tegishli o‘quv yili uchun arizalar soniga nisbatan ikki baravar qisqartiriladi, bundan mazkur yo‘nalish

28

uchun bir akademik guruh o‘quvchilari soniga teng bo‘lgan hollar mustasno;



ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihon kirish test sinovlaridan avval bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi nazorati ostida akademik litsey tomonidan o‘tkaziladi hamda uning yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarni kirish test sinovlarini topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;

ikki bosqichli tizimda dastlabki yozma imtihonni o‘tkazish tartibi hamda baholash mezonlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadi hamda 2021-yil 1-fevralga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘.R. Salomov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) (U.N. Tashkenbayev), tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 15-dekabrga qadar tajriba natijalaridan kelib chiqib barcha akademik litseylarga ikki bosqichli tizim asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha komissiya 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

29

Xulosa

Bir ustuvor ularning salohiyatini oshirishda o'rta maktab ta'lim va iqtidorli talabalar, shuningdek, ishlab chiqish va yordam ajratish hisoblanadi. ota-onalar bilan hamkorlikda talabalar o'rtasida ma'rifiy ishlar maktablarda amalga oshiriladi. Bu iste'dodli o'quvchilar ta'lim va tarbiya haqida ma'lumot berishga qaratilgan seminar va kurslar o'z ichiga oladi. maktab maqsadi - zamonaviy aniqlash tushuncha va iste'dodi rivojlanish bosqichlari shakllantirish.

Mamlakatimizda, ta'lim jarayoniga etkazuvchi sifatida oliy o'quv yurtlari, grammatika maktablari va iqtidorli bolalar o'qitiladigan maxsus markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ta'lim muassasalari yangilanadi va innovatsion dasturlar iqtidorli yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. oila bir iqtidorli bolani o'sadi bo'lsa Shuning uchun, g'amxo'rlik u, musiqiy badiiy yoki boshqa yo'nalish yoki yo'qligini to'g'ri va barkamol, maxsus mo'ljallangan dasturiy ta'minot yordamida o'z iste'dodini rivojlantirish uchun olinishi kerak.

Lekin u o'qituvchi ko'pincha talabasi betakrorligi sezmay yoki uning qobiliyatlari haqida bilmaydi, deb sodir bo'lmaydi. Favqulodda bolalar befarq va negadir o'z qobiliyatlarini rag'batlantirish izlama o'qituvchilar bor.


Yüklə 41,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə