Metodik tavsiyasi


Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan,
uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini
nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va
boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi usullarni tashkil etishning maqbul shaklini izlash, nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday o‘quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etish yuzasidan yangicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, berilayotgan ta’lim sifati natijadorligini ta’minlash zamonaviy o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat, yuqori kompetentlik va ijodkorlikni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.G’ulomov, B.Qobilova. Nutq o’stirish mashg’ulotlari
2. T.Yo’ldoshev. Til o’rganishning asosi
3. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T.,
«O'qituvchi», 2003- yil.
4. Abdurahmanova, J. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of
Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(2), 212-214.







Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə