Metodik tavsiyasi


O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xattiharakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə6/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xattiharakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga,
voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi
lozim. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xattiharakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari
natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni
juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi
shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama
yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga
yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə