Metodik tavsiyasi


Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar
asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o’quvchi:

  1. o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab
    beradi;
    2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
    3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.
    Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli
    o’qish darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:
    1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
    2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
    3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. O’quvchi
    tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil
    bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan matn mazmunini o’zlashtirishga yordam beradi.
    Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar
    nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:
    1) ijodiy qayta hikoyalash;
    2) inssenirovka qilish;
    3) o’qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.
    1. Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini
    o’zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya
    qilinadi.
    2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop
    qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum,
    qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik
    nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

    Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə