1-mavzu:Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari.
Режа:
1.Inssenirovka tushunchasi. Inssenirovka turlari.
2.Badiiy asarlarni sahna uchun qayta ishlash usullari.
3.Madaniy
tadbirlarda
inssenirovkalardan
foydalanish
xususiyatlari.
4.Inssenirovkalarni tadbir g‘oyasiga bo‘ysundirish usullari.
Keyingi paytlardagi ommaviy teatrlashtirilgan tadbirlarni shartli ikkita guruhga
ajratish mumkin. Ularni "jimjimador dekorativ tomoshalar" va "syujetli va obrazli
spektakllar" deb nomlasak bo‘ladi. Birinchi yunalishdagilarga xos, yarqiragan
ranglar, boy liboslar, murakkab katta saflanishlar, maydon yoki sahnadagi
nakshlarning tez-tez o‘zgarishi, umuman, bir so‘z bilan aytganda, "shou"ga
tenglasa bo‘ladi. Bunday bayramona kungilochar tomoshalardagi o‘zgarishlarning
aniqligi, xarakatning sinxronliligi, rang, nur va tovushlarning monandligi ko‘z va
quloqni erkalab, tomoshabinlarda nurli xayotbaxsh tuyg‘u, ko‘tarinkilik,
tantanavorlikni uyg‘otadi. Bunday yunalishning boshini sportga oid bayramlardan
izlash kerak.
Bunday yo’nalishga, albatta, tegishli baxomizni bildiramiz. Lekin bizni
ko‘proq ikkinchi yunalish - "obrazli - syujetli tadbir" qiziqtiradi. Ikkinchi
yo‘nalishning mohiyati, tub ma'nosi ommaviy teatr vositalari orqali publitsistik
tashviqot va bevosita xis-tuyg‘uga to‘la spektakl yaratishdir. Ehtimol, bu yerda
sahnaviy kuchli taassurot, nur va rangning uyini kamroq bo‘lar, liboslar ham
unchalik yarqiramas, jimjimador qayta saflanishlar unchalik bulmas, lekin bu
yerda fikr, syujet, qarama-qarshilik, kuchlar to‘qnashuvi, xayajon, eng asosiysi,
badiiy obrazlar bor.
Badiiy obraz topish rejissyorning butun ishini qamrab oladi, qolaversa, rassom
bilan ishlash ham xuddi shunday. Rejissyorda bo‘lgusi tadbirning dastlabki rejasi
paydo bo‘lishi bilanoq rassom bilan ish boshlaydi. Ssenariy baravar yoki undan
keyin yoziladi.
Tomoshaviy badiiy obraz yaratish imtiyozi faqat ommaviy tadbirlarga taalluqli
emas, bu tomoshaviy san'atning barcha turining vazifasiga kiradi. Ommaviy tadbir
rivojlanishiga yordamlashuvchi an'anaviy teatrda obrazli yechimga ko‘plab
misollar keltirish mumkin. Masalan, V. Shekspirning "Hamlet" spektaklidagi
bahaybat "darvoza" (rej. N. P. Oxlopkov, ras. V. F. Rindin) yoki I. M. Tumanov va
B. G. Knoblok tomonidan saxnalashtirilgan mavzuli konsertdagi - "yer shari"
ommaviy tadbirini olaylik. Ixcham sahnaviy, zinapoyalar konstruksiyasini
o‘ylasak-da, uni asta- sekin amalga oshirsak, bu konstruksiyadan birida
"Anxor"dagi zinapoya, yo metro eskalatori, yoki yer tagidan o‘tish zinadari, yo
teatr
oldidagi
zinapoyalar
yaratish
mumkin.
Bunday
uzgarishlarga
dekoratsiyalarning "jonli" elementlari — raqqosalar yordam berishlari mumkin.
Ularning qo‘llariga rekvizitning xar hil bo‘laklarini berish (shahar soati, kucha
chirokqari, telefon-avtomat, xar xil belgilar) mumkin. Oqibatda chiroyli, quvnoq
Toshkent shaxrining obrazini yaratsa bo‘ladi. Demak, bu misolda rejissyor va
rassom bezakning aniq topilgan bo‘laklari orqali butun tadbirning obrazini yaratish
mumkinligini nazarda tutadi.
Keyingi paytlarda ommaviy tadbir uchun harakat joyini bezash ishlari atrof-
muhitni yaratish deb nomlana boshlandi. "Atrof-muhit" degan ibora bizga
ekologiyadan kirib keldi. Makonni tashkil etish usulini topish, sahnaviy
atmosferani yaratish, maxsus sahnaviy maydon loyihasini tuzish, tomoshabin
uchun joy tashkil qilishni o‘ylash, tomoshabin va ishtirokchilarning chiqish va
ketish yo‘llarini izlash, jamoalarning to‘planish, kiyinish joylarini belgilash va
boshqalarni fikrlash zarur. Bu xolatda teatr rassomining vazifasi dizayner,
bezovchi-dekorator, muxandis-konstruktor vazifasi bilan qo‘shilib ketadi.
Ochiq maydon va noan'anaviy saxnalarda ommaviy teatrlashtirilgan tadbir
sahnalashtirayotgan rejissyor va rassomning asosiy vazifasi – maydonni tashkil
etishdir. Tanlangan joy o‘sha tadbirga yordam berishi
uchun, ya'ni mavzu va oliy
maksadga to‘g‘ri kelishi, rejissyor fantaziyasi turtkilashi, sahnaviy maydon
yechimini rassomning esiga solishi mumkin yoki aksincha, g‘oyani amalga
oshirishda rejissyor va rassomga xalaqit berishi xam mumkin. Bunday xolatda
o‘zgartirib bo‘lmaydigan fillar kabi, sahnaviy maydonning kamchiliklarini
"yashirmasdan". aksincha, ularni yaxshi tomonga burish zarur.
"Atrofdagi muhit"ni yaratishda butun harakat joyining umumiy bezagi ham
mo‘ljallab qo‘yiladi, xatto harakat joyiga olib keladigan barcha yo‘llar xam.
Bularning hammasi o‘sha tadbirning zarur atmosferasiga tomoshabinlarni
chulg‘ab tashlash maqsadida amalga oshiriladi. Yuqoridagi maqsadni amalga
oshirishda nurli va tovushli bezak o‘ta muhimdir. Sahnaviy maydon atrofini o‘rab
turgan maydon, makon, bezaklar bilan qanchalik ko‘p o‘ralsa, shuncha yaxshi.
Yukorida aytganimizdek, an'anaviy teatrdagi zalning me'moriy tuzilishi,
intereri va boshqalar oddiy bayramlar tomoshasi atmosferasini yaratadi. Ochiq
maydonda amalga oshirilayotgan ommaviy tadbir sharoitida ushbu bayram
atmosferasini faqat rejissyor va rassom yaratadi.
Ba'zida imkon boricha oddiy, lekin original usulda, oddiy qilib aytganda, bir
zarb bilan bayram atmosferasini yaratishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Masalan,
Grenoblda kishki olimpiada ochilishiga bag‘ishlangan tadbirni uyingohda
sahnalashtirgan mashxur kinorejissyor K.YuD Lelush kizikarli va oson usulni
topgan. Qor bilan qoplangan uyingox tribunalarida po‘stin va qalpoqda o‘tirgan
tomoshabin ustiga vertolyotlardan jonli atirgulning xushbuy xidi anqib turgan
millionlab turli rangdagi gulbarglari irg‘itilgan.
Tadbirga tug‘ri keladigan atmosferaga tomoshabinni ko‘mib yuborish,
qoidadagidek, maxsus taklifnomadan, harakat joyiga olib keladigan yo‘llarni
bezash, teatrlashtirishdan va xokazolardan boshlanadi.
"Atrofdagi muhit"ni yaratishga yana bitta vazifa, ya'ni ommaviy tadbir uchun
maxsus saxnaviy maydonlar loyihasini tuzish ham kiradi.
An'anaviy teatr binosida sahna va zalning mutanosibligi, odamning ko‘rish
maydoni xisobga olinib, me'morlar tomonidan o‘ylab qo‘yilgan. Shu bilan birga
sahnada ruy berayotgan voqyeani va sahnaning barcha joyini tomoshabin yaxshi
ko‘ra oladi.
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbir sahnalashtirish kengligi va insoniy gavda
mutanosibligini bog‘lash totganda maydon
qurish burchagini chegaralab, uning
dikqatini maydondagi tomoshabinlarga burish va boshqalar zarur.
Bulardan tashqari, teatrcha texnik imkoniyatlarga (aylanuvchi saxna, plunjerli
sistemaga asoslangan ko‘tariluvchi shtanketlar, parda va boshqalar) ega bo‘lgan
teatr binosida rejissyor va rassom o‘sha sharoitga moslashadilar. Va bor bo‘lgan
vositalarni ishlatadidar. Ommaviy tadbir sahpalashtirilayotganda esa uning turiga
va harakat joyiga qarab sahnaviy makonni turli usullarda yechish mumkin.
Harakat joyini bir joydan boshka joyga kuchirish maqsadida juda ko‘p katta va
kichik maydondan iborat maxsus sahnalar kurish mumkin. Xdgto simultan
dekoratsiya usuliga xos, bir-biridan ma'lum uzoqlikda joylashtirilgan bir nechta
sahnalar qurish mumkin. Bu o‘rinda tomoshabinlar u joydan bu joyga o‘tib
yurishadi; joyida turgan (yoki o‘tirgan) tomoshabin oldidan o‘tadigan,
harakatlanuvchi sahna - platformalardan foydalanish mumkin.
Ommaviy tadbirga ketadigan katta xarajatlarni va sarflangan mablag‘larni
qoplay olmasligini nazarda tutib (chunki bunday tadbirlar bir marta namoyish
etiladi, tadbirga chiptalar sotilmaydi, balki tarqatiladi), saxna bezagi iloji boricha
arzon va ixcham bulishi kerak. Lekin, baribir u bir tomondan kizikdrli
mizanssenalar yaratish imkonini beradigan konstruktiv bulishi, ikkinchi
tomondan, yuqorila
aytganimizdek, rejissyorga mavzuni ochishga, tomoshabinga
tezrok tushunishga yordam beradigan, simvolik va obrazli (ifodali) bo‘lishi kerak.
Madaniy tadbirda maydonni loyihalashtirayotgan rassom sahnaga
tushadi. Saxnaviy dinamik yukni xam nazarda tutishi zarur. Qadam tashlayotgan
yoki raqs tushayotgan bir necha ming terilgan temiryul kuprigini ham qimirlatib,
qulatib yuboradi. Odamlar bezakning vertikal bulaklariga shamolning ta'sirini,
himoya qilish va boshka narsalarni nazarda tutish lozim.
Rassom sahna planshetining (yuzi) axvolini ham uylashlari, o‘yingoh
maydoni bo‘lsa, o‘sib chiqqan o‘t-o‘lanlarning barchasini yulib
tashlashlikning
oldini olish; mabodo maydon asfalt yoki matodan iborat bulsa, raqsga tushish
imkoniyatini yaratish, umuman, "ommaviy tadbirning texnik xavfsizligini
ta'minlash katta axamiyatga egadir.
Agar xarakat ochiq maydonda bo‘laetgan bo‘lsa, nurli, proeksion va
ovozni kuchaytiruvchi apparaturalarga energiya manbalarini qaerdan olish kerak?
Bunday xolatda kuchli tok kabeli tortish (qaerdan, masofa qancha?), maxsus
mashinalardan (lixtvagen, tonvagenlar) foydalanish, kuchma dizel elektr
stansiyalarini ishlatish kerak, ya'ni bularning hammasini rejissyor va rassom
oldindan o‘ylab kurishi zarur. Projektor, kinoapparat, dinamiklarni qanday qilib
joylashtirish va o‘rnatish mumkin?
Ommaviy tadbirning yana bitta uziga xos -bezakni imkon boricha
arzonlashtirish xususiyati mavjud. Ochiq paradoks, tadbir yorqin, ulug‘vor,
ifodali va shu bilan birga qimmat bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun rassom
keyinchalik ishlatish mumkin bo‘lgan bezakning tayyor bulaklaridan imkon
boricha foydalanishi zarur, ya'ni tayyor teatr stanoklari, shirmalar, zinapoyalar,
yuk avtomashinasi pritseplari va xokazolardan foydalanadi. Turli xil sahnaviy
maydonlarni, badiiy fon devorlarini, yoritish minoralarini loyihalashtirishda
xamma biladigan va effektli material — bu oddiy taxta - yog‘ochdir. Yogoch -
taxta elemenglaridan, xuddi bolalarning konstruktor o‘yinchog‘i kabi amalda
istagan shaklni yig‘ish mumkin.
Ba'zida, tayyor detallardan xar xil kurinishda joylashtirilgan, parallel xatti-
xarakatga imkoniyat yaratib beruvchi, kurama (kombina- siyalangan) katta
saxnani loyixalashtirish mumkin.
Saxnaviy maydonni loyixalashtirayotgan rassom va rejissyor kup sonli
ishtirokchilarning tez paydo bulish va chiqib ketish imkoniyatini, shuningdek,
nomerlar almashinuvining yengil va dinamikligi xisobga olishi zarur. Ko‘p
hollarda bizga tanish sahna, ya'ni parda, kulislar ishlatiladi. Bular yengil
xarakatlanuv- kulislar, shirmalar (V. E. Meyerxold uylab topgan) yoki bir xil
kiyimdagi ishtirokchilar, ramka oldidan olib o‘tiladigan katta bayroqlar bo‘lishi
mumkin. Yana nurli, suvli o‘rinli pardalardan ham foydalanish mumkin.
Bularning xammasi almashtirishni sezdirmaslik uchun ishlatiladi.
"Atrofdagi muhit"ni yaratishda tomoshabinni joylashtirish muammosini ham
oldindan o‘ylab qo‘yish zarur. Tomoshabinni qanday joylash, ular turishadimi,
o‘tirishadimi yoki ko‘chib yurishadimi: tiqilinchsiz, ur-yiqitsiz ularni qanday qilib
xarakat joyiga tez olib kirib, tez olib chiqib ketish kerak? Xarakatlanish trassasi
(yo‘li)ni uylab chiqish, maxsus belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish - bularning
hammasi ommaviy tadbir rejissyori va rassomi xamkorligining o‘ziga xos
xususiyatidir. Tadbir atmosferasiga aralashuvining boshlanishi xisoblangan,
taklifnomadan boshlab harakatlanish jadvalini va trans port to‘xtash joyini
muvofiklashtirishgacha ommaviy tadbir rejissyori va rassomining vazifasiga
kiradi.
Tayanch so‘z va iboralar:
dekorativ faoliyat, dekoratsiya, butaforiya,
tabiiiy muhit, hamkorlik yo‘nalilari
Nazorat uchun savollar:
1.Madaniy tadbirlarda qanday dekotrtiv faoliyat olib boriladi?
2.Rejissyor va rassom hamkorligi qanday yo‘nalishlarda olib boriladi?
3.Madaniy tadbirlarda harakat joyining ahamiyati qanday?
4.Butaforiya nima?
5.Madaniy tadbirlarni rassom bilan ishlashning tashkiliy masalalari
nimalardan
Dostları ilə paylaş: |