Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
TAHORAT KITOBI
Tahorat qilish joiz bo‘lgan suvlar yetti qismdir:
1) yomg‘ir suvi;
2)
dengiz suvi;
3) daryo suvi;
4)
quduq suvi;
5) qor suvi;
6) do‘l suvi;
7) buloq suvi.
Suvlarning turlari
Suvlar hukmiga ko‘ra besh qismga bo‘linadi:
1.
Toza va tozalovchi, tahoratda qo‘llash makruh bo‘lmagan suvlar. Bu tabiiy holdagi pok suvdir.
2. Toza va tozalovchi, lekin tahoratda qo‘llash makruh bo‘lgan suvlar. Bular:
mushuk va u kabi
hayvonlar (sichqon, bo‘sh qo‘yilgan tovuq, yirtqich qushlar, uyda yashovchi kemiruvchilar) tekkan
idishdagi suvlardir.
3. Toza, ammo tozalovchi bo‘lmagan suvlar: tahorat yoki g‘uslda, yoki tahorati bo‘lsa
ham Alloh
taologa yaqinlik maqsadi bilan yana tahorat qilishda ishlatilgan mustamal suvlardir.
Suv badandan oqib uzilishi bilan mustamal suvga aylanadi.
Daraxt va mevadan siqmasdan, o‘z-o‘zidan chiqqan suvni ham tahorat qilishda qo‘llash
ochiq
rivoyatga ko‘ra, durust emas. Shuningdek, tozalashga ko‘mak bermaydigan biror narsa qo‘shib
qaynatilgan
yoki biror toza narsa tushib, tabiy holati o‘zgargan suvlarda ham tahorat qilish joiz emas.
Dostları ilə paylaş: