O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

4.
 
Gershasp va Elikbek obrazlari. 
Gershasp obrazi. Bir qator qadimgi afsonalarda Gershasp obrazi o`limni 
enguvchi bahodir sifatida tasvirlanadi. Shunday afsonalardan birini quyida hikoya 
qilamiz: 
Bir ajdar kishilarga ko`p baxtsizliklar keltiradi, qabilaning hayoti xavf ostida 
qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi jangga otlanadi, ajdarning maskaniga 
qarab yo`l oladi. Gershasp tush chog`iga qadar ajdarni qidiradi, biroq uni topolmaydi. 
U o`t qalab ovqat pishirmoqchi bo`ladi. Ajdar shunchalik katta ekanki, Gershasp 
ancha vaqt uxlab yotgan ajdarning ustida aylanib yursa ham, uni payqamagan ekan va 
o`z o`chog`ini uning ustiga qurgan ekan. O`t ajdarning badanini qizitibdi, ajdar 


9
vazmin qimirlay boshlabdi. Shundan keyingina Gershasp ajdar ustida kezib yurganini 
payqab olibdi. Lekin Gershasp vahimaga va sarosimalikka tushmabdi. 
1902-yilda Qashqarda qadimgi og`zaki adabiyotning «Chistoni Elikbek» degan 
muhim bir yodgorlik teksti topildi. Taxminan VIII-IX asrlarga mansub bo`lgan bu 
asarda yomonlik kuchlariga qarshi mardona kurashib, kishilarni o`limdan qutqargan 
Gershasp singari xalq bahodiri Elikbek obrazi yaratilgan. «Chistoni Elikbek»ning 
to`la saqlanib qolmagan o`sha tekstida quyidagilar hikoya qilinadi: 
Jinlar Elikbekning qabiladoshlaridan ko`p kishini qirib tashlaydi. Rakshosh 
nomli dahshatli dushman yuqumli kasallik tarqatadi. Fidokor Elikbek el-yurtini 
halokatdan qutqarib qolmoq uchun dushmanlarga qarshi jangga otlanadi. 
Garchi Rakshosh bilan bo`lgan jang tasviri matnda berilmagan bo`lsa ham, 
asarning ruhi, shubhasiz, voqeaning Elikbek g`alabasi bilan tugallanishidan dalolat 
beradi. 
Qadimgi mif v afsonalarning izi Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek 
xalqi og`zaki badiiy ijodiyotida shu kunga qadar yashab kelmoqda. O`zbek xalq 
og`zaki ijodida o`nlab mifologik va afsonaviy qahramonlar obrazi tasvirlanadi. 
Shunday obrazlardan biri Xubbi obrazidir. Xorazm mifologik afsonasida Xubbi suv 
xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramon sifatida gavdalanadi. 
Juda qadim zamonlarda, Faridun va hatto Jamshid zamonasidan burun, 
Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo`lgan ekan. U bir qo`li bilan baliq tutar
ikkinchi qo`li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu 
xilda baliq eb, Amudaryoda 700 yil yashabdi, daryoni qo`riqlabdi, biror yomon ruh, 
hattoki chivin ham daryoga yaqin yo`lashga botinolmabdi. Xalq suvga ma’mur 
bo`lib, shod-xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib, Xubbi g`oyib 
bo`libdi. 
Farg`ona vodiysida ham Xorazm mifologik qahramoni Xubbi obraziga 
o`xshash Erxubbi obrazi yaratilib, ko`p afsonalarda hikoya qilinadi. Qadim vaqtlarda 
kishilar Ohangaron (Toshkent vodiysi) daryosidan o`tganda Erxubbidan madad so`rar 
ekanlar. 
Xuddi shuningdek, ayrim qadimgi shaharlarning bino bo`lishi va nomi haqida 
ham shu kunga qadar turli afsonalar hikoya qilinadi. Shulardan biri III-IV asrlarda 
bino bo`lgan Baraktom qal’asi haqidagi afsonadir. 
Qadim zamonlarda Qoraqalpog`istonning Qozog`istonga chegaradosh bir 
vodiysida Barak degan zolim shoh yashar ekan. Shoh bir qasrida o`zi tursa, ikkinchi 
qasrida katta ov burgutini saqlar ekan. Kunlardan bir kun qasrga burgutning onasi 
Anqo (mifik qush) kelibdi. Shoh kishilarning gapiga quloq solmay,ona-bolaning 
diydor ko`rishiga xalaqit berib, burgutni ovga olib chiqmoqchi bo`ldi.Burgut 
g`azablanib, barakka chovut solibdi-da, uni osmonga ko`tarib chiqib,erga tashlab 
yuboribdi. Barak shohning parchalangan jasadi o`sha qasrda dafn qilinibdi. Vodiy 
xarob bo`libdi. Karvonlar unga yaqin yo`lamaydigan bo`lib qolibdilar. 
Siyovush afsonasi. Eron shahzodasi Siyovush va Turon podshohi Afrosiyob 
o`rtasidagi munosabatlar ushbu afsonada o`z ifodasini topgan.
Siyovushning shuhrati 
ko`proq Xorazm va Buxoroda yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Uning ildizlari 
«Avesto»da uchraydi. 
S.Tolstov xabaricha, Siyovush miloddan oldingi XIII asrda 


10
Xorazm davlatiga asos solgan.
U Beruniy ma`lumotiga suyangan. Izoh: Siyovush 
afsonasi bayon qilinadi. Otasi Kaykovus, onasi Turon chegarasidan topilgan, o`g`li 
Kayxusrav Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik, mardlik tuyg`ulari o`nlab 
qissa va eposlarda o`z ifodasini topgan. Amorg va Sparetra, To`maris, Shiroq, Zariadr 
va Odatida, Striangey va Zarineya, Iskandar haqidagi qissa va afsonalar shular 
jumlasidandir. 
Amorg va Sparetrada Kirga qarshi kurashgan Amorg va uning rafiqasi 
Sparetraning jasorati, ayolning mardligi tasvirlansa, To`marisda Kirga qarshi jang 
qilgan mard va vatanparvar To`marisning jasorati, Shiroqda oddiy cho`ponning 
vatanparvarligi va mardligi, Zariadr va Odatida qissasida Midiya shohi Gistaspning 
ukasi Zariadr va Amorg (Omarg)ning qizi Odatida sevgisi tasvirlanadi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə