1
O`ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MILLIY
G`OYANI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI
Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich
O‘zbekiston Milliy universiteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi”
mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent
Sharopova Malika Dilshod qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g`oya ma`naviyat
asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida
milliy g’oyani rivojlantirish uchun qay tartibda ish olib borilishi kerakligi haqida
muallif o’z fikrlarini bayon etgan. Yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub
islohotlar O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida o‘z munosib o‘rnini topishi,
xalqining uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishga qaratilyotganligi, ayniqsa, biz yoshlar uchun ahamiyatlidir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-аprel kuni “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi qabul qilinganligi ham milliy g’oyani keng targ’ib
qilish uchun yo’l ochilganligidan dalolat beradi.
Kirish so`zlar: Millatlararo hamjihatlik, globallashuv, milliy g’oya, jamiyat,
mafkuraviy tarbiya, demokratiya, milliy qadriyatlar.
Dolzarbligi:
Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsam, dunyodagi barcha rivojlangan
davlatlar o`z tiklanish jarayonida xalqning bir maqsad yo`lida birdamligini, ahil –
inoqligini va safarbarligini ta`minlashga jiddiy e`tibor qaratgan desam mubolag`a
bo`lmaydi. Hozirgi paytda globallashuv davrida dunyo maydonida taraqqiyot shiddat
bilan o`zgarib bormoqda. Hamma jabhalarda keskin kurash va raqobat tobora ayovsiz
tus olmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub
islohotlar mana shunday muhitda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida o‘z
munosib o‘rnini topishi, xalqining uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda mamlakatimizni taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda
milliy g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 8-аprel kuni “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida
milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar
to‘g‘risida”
1
gi farmoyishi qabul qilinganidan buyon o‘tgan vaqt davomida bir qator
1
Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y
2
ishlar qilindi. Xususan, taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi
guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari
vakillari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari professor-
o‘qituvchilari, adabiyot, sanʼat, madaniyat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan
ziyolilar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati
aʼzolari, olimlar, mutaxassislar ishtirokida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish
sari” degan bosh g‘oya asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi muhokamasiga
bag‘ishlangan ko`plab davra suhbatlari o‘tkazildi. Bu konsepsiyaning asosini milliy
davlatchiligimizning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy asoslarini yaratishda
milliy g‘oya bunyodkor manba bo‘lib hizmat qilishi, sog‘lom fikrlaydigan har bir
shaxs va fuqaroda milliy g‘urur-iftixor, or-nomusni uyg‘otadigan, o‘zlikni
anglatadigan, xalqning maqsadi va orzu umidlari ro‘yobga chiqishida beqiyos kuch-
qudrat ekanligi tashkil etadi.
2
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichida
ko‘p millatli xalqimizning yagona milliy g‘oyasi dunyo ijobiy tajribasining nafaqat
maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy-axloqiy jihatlarini, balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
sohalardagi, jumladan shaxsning intellektual salohiyatini oshirish va inson kapitalini
rivojlantirish bilan bog‘liq muhim yutuqlarini ham o‘zida mujassam etadi. Ushbu
konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan
eng muhim vazifalar aks etgan. Milliy yuksalish g‘oyasi yurtimizda tinchlik, fuqarolar
va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, demokratik
tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va
adolat, moddiy va maʼnaviy hayotni barobar rivojlantirish kabi tamoyillarni o‘zida
birlashtiradi.
3
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun
kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida
ta’kidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning “O’zbekiston taraqqiyotining
yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasi” ni ishlab chiqishga doir
chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoyishi qabul qilindi. Bu kosepsiyaning qabul
qilinishini zarurati shundan iboratki, rivojlangan mamlakatlarda milliy g’oya davlat
maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg’unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini
shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani umumiy maqsad yo’lida safarbar
2
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas’ul muharrir Q.Nazarov.
Toshkent — 2001 y.
3
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz,- T, O`zbekiston 2016.b-11
3
qilganiga misollar ko’p. Ularning aksarida milliy g’oya milliy qadriyatlarga bog’lab
singdirilganini ko’rishimiz mumkin.
4
Mamlakatimizda milliy g’oyaga yangi davr,
millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar
qo’yilmoqda. Ilgari milliy g’oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab
turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g’oya davlat va xalq birligi
tarannumini eshitardi. Lekin ko’zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi
temir panjaralarni ko’rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan
noto’g’ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas
edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Endi esa o`sha
panjaralar yo`q qilindi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha
turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo’porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy
g’oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda. Ilgari milliy g’oya
ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-
siyosiy poydevori – O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor.
Taktikasi – har yilning bosh dasturi, mablag’i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda
milliy g’oya gumanitar masala bo’lib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan
iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g’oya ro’yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi
rol o’ynaydi. Demokratiya – to’g’rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti.
Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zo’ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat
qiladi.
Shu
haqda
jar
soladi.
Jamoatchilik
nazoratini
ishga
soladi.
Chunki milliy g’oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi
bo’lsin, deydi.
5
Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy
g’oya ham quruq shiorlar bo’lib qoladi. Xalq norozi bo’ladi. Xalq norozimi, demak,
milliy g’oya o’z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo’ladi. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g’oya xalqimizning
kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g’oyani har bir
o’zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka,
yomon fikr yomonlikka yo’l ochadi. Milliy g’oyamizning bosh g’oyasi “Milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy
g’oyamiz harakatlar mafkurasi bo’ladi. Milliy g’oya odamlarga islohotlar kim uchun,
nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – o’tqazadi, o’tirganni –
turg’izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki
shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko’r-ko’rona, yuzaki ishlaydi. Biri
4
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy
g’oyani rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019-yil 8-aprel.
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning
beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha “Harakatlar strategiyasi” ni tasdiqladi.
4
ishlasa, ikkinchisi tomoshabin bo’ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan
ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo’ladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” va “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.
Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat – eng ta’sirchan qurolimizdir”, degan qat’iy fikrni
bildirdi. Bu – bejiz emas. Ma’naviyat va ma’rifat, mafkuraviy tarbiya O’zbekistonning
turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini g’oyaviy qurollantiradi. Islohotlar
nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bog’lab uqtiradi,
ko’rsatadi. Tushungan xalq – g’oya bilan qurollangan xalqqa aylanadi.
6
Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning
qonuniy huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini
yaratish bir tomondan, milliy istiqlol g`oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi
bo’lsa, ikkinchi tomondan, shu asos milliy g’oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga
aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki,
mamlakatdagi siyosiy partiyalar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g’oyasi
asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo’lida mushtarak maqsadlarga safarbar
etishlari uchun imkoniyatlari mavjud. Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni fuqarolik
mas’uliyati va burchi ham, unga ishonch va e’tiqodni mustahkam bo’lishini his etishni
taqozo etadi. Shundagina u xalqni, millatni birlashtirishga, mustaqillikni
mustahkamlashga va rivojlantirishga xizmat qila oladigan muhim vazifani bajaradi.
Inson faoliyatida bunyodkorlik yoki tajovuzkorlik kuchini namoyon bo’lishiga sabab
bo’ladi. Shuning uchun ham har qanday fikr, g’oya, mafkura ham xalqlar taqdiriga bir
xil ta’sir etmagan. Ular orasida bunyodkor g’oyalar bilan birga, buzg`unchi va
tajovuzkorlari ham bo’lganligi mafkura tarixidan ma’lum. Bu ham turli ijtimoiy
kuchlarning «ichki ma’naviy dunyosi» maqsad va muddaolari bilan bog`liq bo’lgan
o’ziga xos qonuniyatdir. Ularni ham o’rganish, bilish zarur. Bu insonda ezgu
g’oyalardan yovuz g’oyalarni farqlay olish qobiliyatini shakllantiradi va g’oyani
g’oyadan, mafkurani mafkuradan farqini anglashga yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, bugungi globallashuv jarayoni o’tmishda ham,
hozir va kelajakda ham milliy g’oyaga bo’lgan zaruratni oshirib boradi. Shuning uchun
ham bu dunyo qanchalik ma’rifiy taraqqiyot qonunlariga amal qilmasin, inson qalbi,
ongi va ishonchi, e’tiqodini o’zgartirishga bo’lgan harakat, urinish, doimo saqlanib
qoladi. Bunday urinish yo’qolgan davrni, inson ongi va qalbini o’z holicha erkin va
turli xil «mafkuraviy tazyiqchardan xoli holda rivojlanish deb tasavvur etishni» faqat
orzu qilish mumkin. Turli maqsadlar, manfaatlar bor ekan u turli davrlarda, turli xil
namoyon bo’lishi tabiiy. Bu qonuniyatlarni fan yo’li bilan o’rganib, oldindan uni
bashorat qilish o’ta murakkab jarayondir. Chunki, g’oya va mafkura sohasi ishonch va
e’tiqod, dunyoqarash, manfaatlar tizimi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, faqat uning
6
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-2026-yillarga mo`ljallangan “Harakatlar
strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asoslangan yettita ustuvor
yo`nalishdan iborat farmoni
5
o’zgaruvchanligini oldindan aytish mumkin, xolos. Uni xalqning o’zligiga bo’lgan
munosabati, o’zligini anglash darajasi, milliy-madaniy merosiga, qadriyatlariga
bo’lgan munosabatda har bir avlodga nima berayotgani va nimani meros qilib qoldira
olishi bilan bog`liq qonuniyat mujassamlashgan. Shuning uchun ham milliy g’oyani
fan sifatida o’rganishni unchalik to’g’ri emas deb hisoblaydiganlar fikriga qo’shilish
qiyin. Masalan, inson ongi va tafakkurida g’oyaviy bo’shliq vujudga kelishi bilan
uning dunyoqarashida mustaqil fikrdan ko’ra mutelik qaramlik g’oyalari ustuvor bo’la
boshlaydi. Demak uni ko’proq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj zaruriyatini anglash
tuyg`usini dalillovchi omillar, uni uzluksiz, doimiy, tadrijiy ravishda hamma vaqt,
alohida e’tibor beradigan, qolaversa, har bir xalq yoki millatning, mamlakat yohud
davlatning ertangi istiqboli, dunyo hamjamiyatida o’ziga xos o’ringa ega bo’lishi,
o’zligini saqlab qolishga bo’lgan ehtiyojning hayotiy falsafasidir. Milliy g’oyada
o’zligini saqlab qolish maqsadi dunyodan ajralib yashashni, faqat o’z qobigiga o’ralib
qolishini bildirmaydi. Aksincha, dunyo bilan hamnafas bo’lishga undaydi. Faqat milliy
ma’naviy qadriyatlariga, merosiga tayangan holda unga hurmat bilan qarashga, o’z
milliy ma’naviy negizlariga tayanib, undan uzilmaslikni o’rgatadi. Chunki undan
begonalashish, milliy o’zligidan uzoqlashtiradi, tarixidan, qadriyatlaridan ayri holda
rivojlanishga sabab bo’ladi. Bu milliy taraqqiyot qonuniyatiga va manfaatlar
uyg`unligiga ham mos kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: |