20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan
talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.
21. Test sinovi o‘tkazilishi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumta’lim fanidan test
topshirishiga ruxsat etiladi.
4-bob. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi
22. Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor test sinovi natijalari e’lon
qilingan kundan
boshlab besh ish kuni mobaynida Davlat test markaziga ushbu Nizomga
1-ilovaga
muvofiq yozma
yoki elektron shaklda apellatsiya berish huquqiga ega.
23. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan 5 yoki 7
nafar Davlat test markazi xodimlari (umumiy komissiya a’zolari sonining o‘ttiz
foizidan oshmagan
holda) va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Imtixon komissiyasi a’zolari kiritilmaydi.
Apellatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya
komissiyasi qarori
to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
24. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellatsiyani qanoatlantirish.
Agar
talabgor
tomonidan
ko‘rsatilgan
dalillar
tasdiqlanmasa,
apellatsiyaning
qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellatsiya komissiyasi qarori
bilan test natijalari o‘zgartiriladi.
Apellatsiya komissiyasining
qarorlari ushbu Nizomga
2-ilovaga
muvofiq
shaklda
rasmiylashtiriladi.
25. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Talabgor Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik
hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Dostları ilə paylaş: