1-MAVZU YER TUZISHDA GEODEZIK ISHLAR FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Reja:
1.
Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari.
2.
Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi.
Tayanch so‘zlar
: yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, Beruniy, Krasovskiy
ellipsoid, Pifagor.
1.Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni
bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash,
yer sirtini plan va
kartalarda tasvirlash hamda har xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan
o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir. Geodezik o‘lchashlar yer sirtida,
dengizlarda,
koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni o’lchash asboblari yordamida
olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yer tuzishda geodezik ishlar fani ham rivojlanib
bir necha mustaqil fanlarga bo‘lindi:
Oliy geodeziya - butun Yer sirtini yoki uning
katta qismlarini shakli va
o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona
sistemada topish, yer qobig‘ining gorizontal (yotiq) va vertikal siljishini o‘rganish kabi
masalalarni hal qiladi.
Geodeziya yoki topografiya - Yer sirtining katta bo‘lmagan bo‘laklarining karta va
planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal
kesimi) ni tasvirlash usullari bilan shug‘ullanadi.
Injenerlik geodeziyasi - injenerlik inshootlarni qidiruv,
loyihalash, qurish va
foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi.
Fototopografiya yoki aerofotogeodeziya - Yer sirtini suratga olish va topografik karta,
planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini
ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Kartografiya - kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish usullarini
o‘rganadi. Kosmik geodeziyasi - yerning sun’iy yo’ldoshdan turib, yer shaklini aniqlash
va uning sirti suratini olish usullarini o‘rganuvchi fandir. Xalq xo‘jaligidagi
har hil
masalalarni yechish maqsadida Yer sirtidagi o‘lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish,
plan, karta va profillar tuzish orqali Yerning sirti uning shakli va o‘lchamlari o‘rganib
chiqiladi.
Shuning uchun Yer tuzishda geodezik ishlar fanining vazifalari quyidagilarni
tashkil qiladi:
1.Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni
bajarish usullarini
o‘rganish.
2.O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish
usullarini o‘rganish.
3.Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylashtirish usullarini
o‘rganish.
4.Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.