Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O‘rta asrlar (milodiy V – XV asrlar)



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/104
tarix13.03.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#84468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Mehmonxona servis xiz!

O‘rta asrlar (milodiy V – XV asrlar)


O‘rta asrlarda diniy an’analar mehmondo‘stlik korxonalarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda muqaddas joylarga ziyorat qiluvchi odamlar soni keskin ko‘paydi. Cherkov monastirlarga ziyoratchilarni qabul qilish, ular uchun tunash joylari tashkil etish va ularni ovqatlantirish majburiyatini yukladi. Bu davrda mazkur vazifani bajaruvchi boshqa muassasalar ham paydo bo‘ldi. Masalan, franklar qiroli, keyinchalik esa imperator Karl Buyuk (742-814) cherkovlarga homiylik qilib, VIII asrda ziyoratchilar dam olishi uchun maxsus uylar tashkil etdi.

XII-XIII asrlarda ilk mehmonxonalarning ajdodi – karvonsaroylar Rusda ham paydo bo‘ldi. O‘sha davrda ular «yama» – o‘ra deb atalar, bir-biridan ot charchamasdan bosib o‘ta oladigan masofada joylashgan edi. XV asrda karvonsaroylar Yamskoy prikaz2 ixtiyoridagi pochta bekatlari qoshida tashkil etila boshlandi. Katta rus shaharlarida mehmon kutiladigan hovli (gostiniy dvor)lar qurildi. Ularning karvonsaroylardan farqi shunda ediki, bu yerda tunash va ovqatlanishdan tashqari, savdo-sotiq qilish imkoniyati ham mavjud edi. Boshqacha qilib aytganda, mehmon kutiladigan hovlilar jihozlangan xonalar, savdo rastalari, do‘konlar va omborlarni o‘zida birlashtirgan edi. qoida tariqasida, hovli baland devorlar va minoralar bilan o‘ralgan, unga katta darvozadan kirilardi.

XIII asrda bunday hovlilar Vitebsk, Grodno, Brest, Slonim hamda boshqa belorus shaharlarida paydo bo‘ldi. Belorus savdogarlari uchun maxsus hovlilar XV-XVI asrlarda Bryansk, Vyazma va Moskvada qurildi.

O‘rta asrlarda ilk kasaba uyushmalarining tashkil topishi mehmondo‘stlik korxonalari faoliyatining ilg‘or yo‘nalishini tashkil etdi. 1282 yilda Italiyaning Florensiya shahri traktirchilari o‘z gildiyasini tashkil etdi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə