Muskullar haqida umumiy ma’lumotlar. Odamlar organizmida 600 ga yaqin skelet muskullari sanaladi. Muskullar tizimi odamlar tanasining kattagina qismini tashkil etadi. Agarda yangi tug'ilgan bolalarning umumiy og'irligining 23 % ini muskullar tizimi tashkil etsa. 8 yoshda - 27 %, 17-18 yoshga borib esa 43—44 % gacha yetadi. muskullari yaxshi rivojlangan sportchilarda esa 50 % gacha yetishi mumkin. Ayrim muskullar guruhi bir xilda o'smaydi. Emadigan bolalarda, asosan. qorin muskullari rivojlansa, keyinchalik chaynash muskullari rivojlanadi. Bir yoshning oxiriga kelib bolaning siljishi, emaklashi va yurishining boshlanishi tufayli sezilarli darajada yelka va qoi-oyoqlar muskullari o'sadi. Tananing butun o'sish
davrida muskullar massasi 35 martaga ortadi. Jinsiy yetilish davrida (12-16 yosh) navsimon suyaklarning uzayishi bilan bir qatorda muskullarning naylari ham jadal uzayadi. Bu paytlarda muskullar uzunlashadi va ingichkalashadi, natijada o'smir bolalar uzun oyoqli va uzun qoTli bo'lib ko'rinadi. 15-18 yoshda muskullarning
eniga o'sishi davom etadi, odatda. muskullarning rivojlanishi 2 5 - 30 yoshgacha davom etadi. Bolalarning muskullari voyaga yetgan odamlar muskullariga qaraganda ancha rangsiz, yumshoq va anchagina elastik bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |