Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


 Boshqaruv hisobining shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

1.4. Boshqaruv hisobining shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi 
Hozirgi kundagi globallashuv boshqaruv hisobining shakllanishi va 
rivojlanishini har tomonlama chuqur tadqiq etishni taqozo qiladi. Bunga istiqbolli 
ilmiy yo‗nalishlardan hisoblangan boshqaruv hisobi ayrim iqtisodiy adabiyotlarda 


23 
turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi tarzda talqin qilinayotganligi ham sabab 
bo‗lmoqda. 
Shu bilan birga olimlar o‗rtasida hozirgi qadar boshqaruv hisobining fan 
sifatidagi konsepsiyasi bo‗yicha yagona bir fikrga kelinmagani yaqqol namoyon 
bo‗lmoqda. Fikrimizcha, ushbu masalalarda yagona bir fikrga kelish va mualliflik 
qarashini belgilab olishda nafaqat mamlakatimiz olimlarining boshqaruv hisobi 
shakllanishi hamda evolyusiyasiga oid tadqiqotlaridan, balki rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning bu boradagi ilg‗or tajriba va yondashuvlaridan foydalanish ham 
maqsadga muvofiq. 
Xorijlik bir gurux olimlar boshqaruv hisobi yuzaga kelishini buxgalteriya 
hisobining tarixiy shakllanishi doirasida o‗rganishgan. Ular buxgalteriya hisobi o‗z 
shakllanishi va evolyusiyasida bir necha bosqichlarni bosib o‗tgan, deb 
hisoblashadi. 
Ushbu ma'lumotlarni tahlili buxgalteriya hisobining shakllanishi va 
evolyusiyasi bosqichlari asosan bir biriga mos kelishi, boshqaruv hisobining 
tarixan yuzaga kelishi korxonalarda xuquqiy hamda iqtisodiy munosabatlar paydo 
bo‗lishi bilan chambarchas bog‗liqligini ko‗rsatmoqda. 
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobi kameral buxgalteriya 
asosida yuzaga kelgan, degan fikrlar ham uchraydi. Masalan, professor 
G.Al'termanning fikricha, «Kameral buxgalteriya avvaldan belgilangan smeta 
(byudjet) asosida ishlab chiqarishning borishini nazorat qilishni maqsad qilib 
qo‗yadi. Boshqaruvchilar mavjud iqtisodiy xolatni xisobga olib, kelgusi yil uchun 
byudjetlar tuzadi va unda ishlab chiqarishni boshqarishning tegishli taktikasini 
ishlab chiqadi». ―Ekomonologiya‖ fanida tadqiqot ob'ekti sifatida smet (byudjet), 
buxgalteriya va nazoratni o‗rgangan Rossiyalik professor L.I. Gomberg smetani 
xo‗jalik hisobi bilan bog‗lagan va rejalashtirish vositasi sifatida qaragan, 
buxgalteriya faoliyati asosida sabab-oqibat yotadi, deb hisoblagan va nazoratning 
dastlabki hamda yakuniy nazorat turlarinigina tan olib, uni xo‗jalik faoliyatining 
korxona manfaatlariga mos kelishini ta'minlovchi jarayon sifatida ta'riflagan. 
Professor A.P. Rudanovskiy esa, schyotlar rejasiga byudjet schyotlarini kiritish 


24 
taklifini ilgari surgan va har bir xo‗jalik jarayonini byudjet bilan bog‗lab, mazkur 
jarayonni byudjetlashtirish, deb atagan. 
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobi tarixan kapitalistik 
jamiyatda tijorat siri tufayli yuzaga kelgan va shuning uchun ba'zan uni ―maxfiy 
hisob‖ deb ham ataladi, degan fikr ham uchraydi. Bu fikr qisman to‗g‗ri. Chunki 
boshqaruv hisobini paydo bo‗lishiga faqatgina tijorat siri emas, balki ishlab 
chiqarishning tez sur'atlarda o‗sishi va boshqaruv tizimida ma'lumotlarga bo‗lgan 
ehtiyojning ortib borishi ham sabab bo‗lgan. 
Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish Rossiyalik yetuk iqtisodchi olimlar 
boshqaruv hisobining shakllanish tarixiga o‗z asarlarida batafsil to‗xtalganligini 
tasdiqladi. 
Professor I.G.Kukukinai fikriga ko‗ra, "Ilk bor 1875 yilda Britaniya ijrochi 
direktorati memorandumida boshqaruv hisobiga tamal toshi qo‗yilgan. Boshqaruv 
hisobi tizimi birinchi bo‗lib, XX asrning birinchi yarmida Shimoliy Amerikaning 
to‗qimachilik va temir yo‗l korxonalarida ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa tamaki 
mahsulotlari, fotoplyonka va un ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan". 
Iqtisodchi olim V.E.Kerimov вoshqaruv hisobining paydo bo‗lishi hamda 
shakllanishini kal'kulyasiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanish tarixi 
doirasida chuqur o‗rgangan. O‗rganishlari natijasida boshqaruv hisobi 
kal'kulyasiya hisobining asosida paydo bo‗lgan, degan xulosaga kelgan. 
N.P.Kondrakov esa "Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda kal'kulyasiya 
hisobini takomillashtirish maqsadida yangi usullar–ma'suliyat markazlari bo‗yicha 
xarajatlar hisobi, ―standart-kost‖ va ―direkt-kosting‖ tizimi bo‗yicha tannarxni 
kal'kulyasiyalash qo‗llanila boshlandi va u kal'kulyasiya hisobini ishlab chiqarish 
hisobi tizimiga aylanishiga olib keldi. Ishlab chiqarish hisobi tizimining keyingi 
rivojlanish bosqichida mazkur tizimda buxgalteriya hisobidan tashqari, 
rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil etish, qarorlar qabul qilish kabi funksiyalar 
qo‗llanila boshlandi va oqibatda uning asosida boshqaruv hisobi tizimi paydo 
bo‗ldi", deb yozgan. 


25 
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili bu boradagi tadqiqotlar hozirgi kunda ham 
davom etayotganligini ko‗rsatmoqda. 
Jumladan, tadqiqotchi N.I.Chupaxina o‗z tadqiqotida boshqaruv hisobining 
dastlabki elementlari ishlab chiqarishning paydo bo‗lishi va samaradorligini 
oshirish zarurati yuzaga kelishi tufayli paydo bo‗lgan. Sanoat rivojlanishi bilan uni 
yangi elementlari shakllangan va ular yangi sharoitiga mos holda takomillashtirilib 
borilgan degan xulosaga kelgan. 
Professor S.V.Bulgakova tomonidan esa, boshqaruv hisobining yuzaga 
kelish shartlari jahon fanida tan olingan 7 ta tarixiy davr bo‗yicha tizimli-
xronologik tartibda tadqiq etilgan yoki boshqacha qilib aytadigan bo‗lsak, 
boshqaruv hisobining uslubiyati tahlil qilingan. 
Yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning fikrlariga qo‗shimcha sifatida 
shuni ta'kidlash mumkinki, XIX asr oxiriga kelib, ishbilarmonlar sanoat ishlab 
chiqarishi shiddat bilan o‗sishi davrida qarorlar qabul qilish va ayniqsa, boshqaruv 
jarayonini samarali tashkil etish uchun hisob ma'lumotlari o‗ta zarur ekanligini 
tushunib yetishdi. Aynan, o‗sha davrda keyinchalik ishlab chiqarish hisobi deb 
atala boshlangan hisobga oid dastlabki asarlar paydo bo‗ldi. Ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish zaruratining paydo bo‗lishi ishlab chiqarish xarajatlari 
haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash ehtiyojini yuzaga keltirdi va bu 
me'yorlashtirish, 
ishlab 
chiqarishni 
tezkor 
rejalashtirish 
usullari 
(byudjetlashtirish)ning yaratilishiga olib keldi. 
Fikrimizcha, boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining anglo-amerika 
modeli elementi bo‗lib hisoblanganligi sababli ham uning shakllanish tarixini 
yanada chuqur tushunib yetish uchun bu boradagi AQSh tajribasini o‗rganish 
lozim. AQShda boshqaruv hisobi yuzaga kelishiga biznesni tashkil etishning 
aksionerlik shakli rivojlanishi sabab bo‗ldi. Aksionerlar hisob tizimiga yangi 
talablar qo‗ya boshladi. Asosiy talab ma'lumotlarni o‗z vaqtida yetkazib berishdan 
iborat bo‗ldi. Raqobat kurashi kuchayishi mulkdorlarning foydani ko‗paytirishdan 
iborat bo‗lgan maqsadini sarmoya qiymatini maksimallashtirish tomoniga 
o‗zgartirishga majbur qildi. Ma'lumotlarni tezkor yetkazib berish bo‗yicha 


26 
qo‗yilgan talablar hisob ob'ektlari hajmining o‗zgarishi va daromad hamda 
xarajatlarga asosiy e'tibor qaratilishiga olib keldi. Bu esa, o‗z navbatida, taqdim 
etilayotgan ma'lumotlarning haqqoniylik darajasi oshishiga olib keldi. 
Aslida AQShda boshqaruv hisobi XX asrning boshida xarajatlarni 
boshqarish tizimi sifatida paydo bo‗la boshlagan. Amerikada 1923–1932 yillardagi 
inqirozdan so‗ng boshqaruv hisobi tizimi boshqacha ko‗rinishga, ya'ni 
korxonaning barcha tarkibiy bo‗linmalarini boshqarishga yo‗naltirilgan xarajatlarni 
boshqarish tizimi ko‗rinishiga o‗ta boshlagan. 
AQShda 1950 yillarning oxirigacha buxgalteriya hisobi moliyaviy hisob va 
xarajatlar hisobiga bo‗lingan. Biroq, boshqaruv fanining rivojlanishi buxgalterlarga 
mahsulot tannarxi hisobining tezkorligini oshirish va boshqaruvni tegishli 
ma'lumotlar bilan ta'minlash kabi yangi vazifalarni qo‗ya boshlagan. Shu tufayli 
hisob-tahlil faoliyatining mazkur bo‗limi ―Xarajatlar hisobi‖ o‗rniga ―Boshqaruv 
hisobi‖ deb atala boshlangan. Bunda asosiy e'tibor xarajatlar boshlang‗ich 
smetasini tuzish, chetga chiqishlarni tezkor aniqlash, ishlab chiqarish xarajatlari va 
boshqaruv qarorlarining samarali variantlarini tannarxini baholash asosida tanlash 
hamda tizimli tahlil qilishga qaratila boshlangan. Mazkur o‗zgarishlarni 1962 yilda 
G.R.Grovinshil'd va G.A.Betistalar ―Hisobdagi inqilob‖ deb atagan. 
Shunday qilib, amerikada ishlab chiqarish xarajatlariga asosiy e'tibor qaratilishi 
ishlab chiqarish xarajatlarini kompleks nazorat qilish tizimi shakllanishiga olib 
kelgan va u kelgusida ―Boshqaruv hisobi‖ nomini olgan. 
Fikrimizcha, yanada chuqurroq o‗rganish uchun boshqaruv hisobini 
mamlakatimiz rivojlanish tarixining o‗ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan ham 
tadqiq etish maqsadga muvofiq. Buning uchun esa mamlakatimizda boshqaruv 
hisobini rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ko‗rib chiqish zarur. 
Masalani batafsilroq tadqiq etish uchun O‗zbekiston Respublikasi uzoq yillar 
mobaynida sobiq Ittifoq tarkibida bo‗lganligi sababli boshqaruv hisobining sobiq 
Ittifoqda rivojlanish tarixini tadqiq etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, sobiq Ittifoqda boshqaruv hisobining shakllanish 
tarixini tadqiq etish, unda ham boshqa davlatlardagi kabi boshqaruv hisobining 


27 
yuzaga kelishini tabiiy-tarixiy asoslari mavjud bo‗lgan bo‗lsa-da, biroq barcha 
tarixiy davrlarda asosan davlat xo‗jalik faoliyatiga kuchli ta'sir ko‗rsatganligini
tasdiqladi. 
Aslida, sobiq Ittifoqda sanoat hisobi haqidagi g‗oyalar dastlab maxalliy 
mutaxassislarni 1929 yilda bir qator Amerika firmalariga xizmat safariga 
borganlaridan keyin paydo bo‗lgan. Biroq, ma'lum sabablarga ko‗ra, mazkur 
g‗oyalar xorijdagidan boshqacharoq rivojlantirildi va amaliyotga tatbiq etildi. 
―Boshqaruv hisobi‖ tushunchasiga keladigan bo‗lsak, sobiq Ittifoqda iqtisodchi 
olimlar A.F.Muxin (―Бухгалтерский учет в промышленности США‖, 1965), 
N.G.Chumachenko (―Учет и анализ в промышленном производстве США‖, 
1971), S.A.Stukov (―Учет и контролъ издержек производства на 
капиталистических промишленних предприятиях‖, 1978), K.N.Naribaev 
(―Организация бухгалтерского учета в США‖, 1979) va S.S.Satubaldin (―Учет 
затрат на производство в промышленности США‖, 1980)ning asarlarini e'lon 
qilinishi va xorijlik iqtisodchi-olimlarning (Ch.T.Xorngren, J.Foster, K.Druri, 
J.R.Sigel, M.Karrenbauer, R.Myullendorf va b.) boshqaruv hisobiga oid asarlari 
tarjimasi bosmadan chiqarilishi bilan keng tarqala boshlangan. Ushbu holat 
boshqaruv hisobi mamlakatimizga ingliz-amerika buxgalteriya hisobi tizimidan 
―import‖ qilingan, degan noto‗g‗ri fikr paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Haqiqatda 
ham boshqaruv hisobi asoslari G‗arb menejmentidan olingan, biroq, bu holat 
yuqorida ta'kidlaganimizdek, avvalroq korxonalarimizda maxalliy boshqaruv 
tizimi shakllanayotgan dastlabki tarixiy davrda yuz bergan va mahalliy xo‗jalik 
yuritish sharoitiga moslashtirilgan. Ushbu holatni iqtisodchi olimlarni asarlarida 
keltirilgan quyidagi ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. 
Sobiq Ittifoqda buxgalteriya hisobi rejalashtirish bilan uyg‗unlikda yuritilgan, 
sanoat hisobida yoppasiga hujjatlash-tirishga erishilgan va korxonalar bo‗linmalari 
boshqaruvchilari uchun zarur bo‗lgan darajada ma'lumotlarning analitikligi 
ta'minlangan. Byudjetlashtirishning ma'lum bir ko‗rinishi bo‗lgan smetadan keng 
foydalanilgan. 


28 
Yangi iqtisodiy siyosatni boshlanishi davrida trestlarda ikkita buxgalteriya: 
moliyaviy va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini 
kal'kulyasiyalash buxgalteriyalari mavjud bo‗lgan. Mazkur bo‗limlar trestlarning 
ishlab chiqarish-texnik boshqarmasi tarkibiga kirgan. Buxgalteriya hisobini tashkil 
etishning mazkur tizimi moliyaviy va boshqaruv hisoblarining o‗zaro hamkorligini 
hozirgi kundagi ikki aylanmali (avtonom) shaklini eslatadi. 
Iqtisodiy tahlil, byudjet rejalashtirilishi va nazoratining elementlarini 
qo‗llanilganligi tufayli 1920 yillarda buxgalterni funksiyasiga nafaqat hisob 
ishlarini bajarish, balki rejalashtirish, tahlil qilish, hisob ma'lumotlarini tayyorlash 
hamda ulardan qarorlar qabul qilishda foydalanish borasidagi ishlarni 
muvofiqlashtirish ishlari ham kirgan. Mazkur funksiyalarning barchasi hozirgi 
kundagi boshqaruv hisobi funksiyalariga to‗g‗ri keladi. 
Xo‗jalik hisobi va o‗zini o‗zi moliyalashtirish tamoyillari iqtisodiyotga joriy 
etilganda xo‗jalik hisobining ob'ekti bo‗lib, korxonaning ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish bo‗linmalari, daromadi bo‗lib, ular tomonidan ishlab topilgan 
mablag‗ hisoblangan. Bunday yondashuv boshqaruv hisobining konsepsiyalaridan 
biri bo‗lgan javobgarlik markazlari bo‗yicha boshqarishning ma'lum bir ko‗rinishi 
hisoblanadi. Shuningdek, ma'suliyat markazlari bo‗yicha hisobga yaqin bo‗lgan 
ichki zavod xo‗jalik hisobi ham qo‗llanilgan. 
Korxonalarda boshqaruv hisobining ba'zi bir elementlari (korxonalarni aloxida 
mustaqil bo‗linmalarga ajratish, ular faoliyatining baholash mezonlarini aniqlash, 
ichki baholar va smeta rejalashtirishni qo‗llash, ichki hisobotlar tuzish) joriy 
qilingan. ―Javobgarlik markazlari‖ va ―Xarajat markazlari‖ tushunchalari paydo 
bo‗lgan. 
Hozir kunda boshqaruv hisobida qo‗llanilayotgan byudjetlashtirish ko‗p 
jihatdan avval mamlakatimizda keng qo‗llanilgan ―Texsanoatmoliyareja‖ni 
eslatadi. 
Avvaldan iqtisodchilarimizga yaxshi tanish bo‗lgan omilli tahlil esa boshqaruv 
hisobida haqiqiy xarajatlarning smeta xarajatlaridan chetga chiqishlarini tahlil 
qilishda keng qo‗llaniladi. Boshqaruv hisobida qo‗llaniladigan tahlilning barcha 


29 
turlari (tezkor, taqqoslama, kompleks va h.z.) sobiq Ittifoq olimlari va 
amaliyotchilariga yaxshi tanish. 
Boshqaruv hisobining asosini korxonalar xarajatlari haqidagi ma'lumotlarni 
to‗plash va tannarxni kal'kulyasiyalash tashkil etadi. U esa mamlakatimiz 
amaliyotida to‗liq ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobidagi «Standart-kost» tizimiga 
o‗xshash bo‗lgan kal'kulyasiyalashning normativ usulini amaliyotga qo‗llash 
bo‗yicha boy nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Zamonaviiy boshqaruv hisobi 
doirasiga kiruvchi ko‗pgina masalalarning me'yoriy bazasi sifatida sobiq Ittifoq 
davrida ―Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va 
kal'kulyasiyalash‖ bo‗yicha nizom va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq 
nizomidan foydalanilgan. 
Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarishni boshqarishning brigada shakli keng 
qo‗llanilgan. Undagi brigadalar ma'suliyat markazlarining ma'lum bir ko‗rinishi 
edi. Mazkur usulda boshqarish orqali materiallarni tejash va mehnat unumdorligini 
oshirish borasida ma'lum ijobiy natijalarga erishilgan. 
Hozirgi kunda faoliyat tahlili asosida kal'kulyasiyalash usulida qo‗llanilayotgan 
xarajatlarni boshqarish g‗oyasidan avvallari sobiq Ittifoq korxonalarida keng 
foydalanilgan. 
Xorijda keng tarqalgan ―Balanslashtirilgan ko‗rsatkichlar tizimi‖ konsepsiyasi 
ko‗pgina jihatlari bilan iqtisodiy tahlil soxasining M.Bakanov, S.Polyakova, 
L.Suzdal'seva, A.Sheremet va boshqa shu kabi yetuk olimlari yondashuvlariga 
o‗xshash. 
Professor V.Paliy tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv hisobining schyotlar 
rejasi ishlab chiqarish hisobi masalalarida juda nozik nemis olimlarining tahsiniga 
ham sazovor bo‗lgan. 
Mamlakatimizning M.Volovich, V.Podol'skiy kabi ko‗plab boshqaruvni 
avtomatlashtirish sohasi mutaxassislari asarlari ERP-tizimi va elektron tijorat 
rivojlangan hozirgi davrda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijda qo‗llanilayotgan 
boshqaruv hisobining uchdan ikki qismi nafaqat mamlakatimiz mutaxassislari 


30 
uchun tanish bo‗lgan, balki ulardan iqtisodiyotda keng va samarali foydalanilib 
kelingan. 
Boshqacha qilib aytganda, sobiq Ittifoq davrida boshqaruv hisobi genezisini 
belgilab beruvchi tarkibiy qismlar mavjud bo‗lgan. 
Shunday qilib, sobiq Ittifoqda hali bozor munosabatlari amal qilmagan 
davrda boshqaruv hisobi genezisining nazariy va uslubiy asoslari yaratilgan. 
Boshqaruv hisobining O‗zbekistonda mustaqillik yillaridagi rivojlanishi 
masalasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, bu boradagi o‗rganishlar quyidagi bosqichlarni 
ajratib ko‗rsatishga imkon bermoqda: 
dastlabki bosqich (1990–2010 yillar) – bu davrda boshqaruv hisobiga oid 
bilimlar bir tizimga solindi va xalqaro tajribaga asoslanib, xorijiy sarmoya 
ishtirokidagi korxonalarda qo‗llanila boshlandi; 
keyingi bosqich (2010 yildan–hozirga kungacha bo‗lgan davr) – ushbu davrda 
mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi keng joriy etila boshlandi. 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, 
boshqaruv hisobi o‗zining tarixiy taraqqiyot yo‗lida shakllangan va ilmiy-uslubiy 
asoslarga ega tizim hisoblanadi. U sanoatning rivojlanishi, ishlab chiqarish 
sharoitlarining o‗zgarishi va tez sur'atlarda o‗sishi hamda bozor munosabatlarining 
rivojlanishi natijasida paydo bo‗lgan. Bu holat uning boshqaruv qarorlari qabul 
qilishning asosiy vositasi sifatida yuzaga kelishiga olib kelgan. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə