Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi 
T/r 
Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha 
guruhlanish mazmuni 
1. 
Xo‗jalik jarayonlari (ta'minot, ishlab chiqarish, sotish) kesimida. 
2. 
Korxona faoliyatini (ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarini boshqarish 
va h.k.) boshqarish turlari bo‗yicha 
3. 
Xo‗jalik jarayonlarini joriy boshqarish (strategik rejalashtirish, 
me'yorlashtirish, 
xarajatlarni 
hisobga 
olish 
va 
mahsulotni 
kal'kulyasiyalash) bosqichlari bo‗yicha 
4. 
Qarorlarning muddati va davriyligi (reja asosida, aniq vaqt tartibida) 
bo‗yicha 
5. 
Korxonaning tashkiliy tuzilishi darajasida (korxona miqyosida, 
mas'uliyat markazlari bo‗yicha) 
6. 
Mas'uliyat markazlari darajasi bo‗yicha (xarajat markazlari, daromad 
markazlari, foyda markazlari va investisiya markazlari) 
7. 
Boshqariladigan ob'ektlar turlari (xarajat tashuvchilari, faoliyat turlari va 
xarajatlarni hosil bo‗lish joylari) bo‗yicha 
Ushbu metodlar tarkibi ixtisoslikka oid adabiyotlarda turlicha izohlanmoqda 
(6-ilova). Olimlarning fikrlarini tadqiq etish natijasida tadqiqotda quyidagi ta'rif 
boshqaruv hisobining metodi mazmunini to‗liq ochib beradi degan fikrga kelindi: 
boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobining metodlaridan tashqari statistika, 
iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-matematik metodlar, kompleks iqtisodiy tahlilning eng 
asosiy bo‗limlaridan biri bo‗lgan parametrik tahlil, firmalararo taqqoslash, sifatli 
guruhlash, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining uslublari ham 
ishlatiladi. 


18 
Boshqaruv hisobining tashkiliy-uslubiy elementlaridan yana biri boshqaruv 
hisobining funksiyalari hisoblanadi. 
Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining 
funksiyalariga oid ko‗plab ta'riflar mavjud (7-ilova). Ushbu ta'riflar o‗rganilib, 
quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining funksiyalari mazmunini to‗liq ochib beradi 
degan xulosaga kelindi: «Boshqaruv hisobi funksiyalari korxona strategiyasi va 
istiqbolda rivojlanish yo‗nalishlarini aniqlash va mablag‗lardan foydalanishni 
iqtisodiy samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‗jalikni 
shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‗linma 
va mahsulot turlari bo‗yicha xarajatlar hamda moliyaviy natijalarni aniqlash; 
korxona va ichki bo‗linmalarni qo‗yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi 
faoliyat natijalarini tezkor nazorat qilish va baholash; korxona, bo‗limlar va 
mahsulot turlari kesimida faoliyat natijalarini tahlil qilishdan iboratdir». 
Olimlarning boshqaruv hisobi tamoyillari borasidagi tadqiqotlarni o‗rganish 
bu sohada ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda (8-ilova).
Tadqiqotchi A.Zakirovaning ushbu masala bo‗yicha bildirgan fikrlari 
bizningcha, sanoat korxonalari uchun ham taalluqlidir, ya'ni mazkur masalani 
tadqiq etishda sanoati tarmog‗i ishlab chiqarishini o‗ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. Shunga ko‗ra sanoati korxonalarining boshqaruv hisobi 
umumqabul qilingan tamoyillardan tashqari quyidagi tamoyillarga asoslanishi 
lozim:
- maqsadlar va faoliyat natijalarini muvofiqlashtirish; 
- turli boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‗yicha prognozlashtirish, 
rejalashtirish, tashkil qilish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil etish va tartibga 
solish kabi ishlarni bir vaqtda bajarish
- korxona tashkiliy tuzilishining boshqaruv vazifalarini yechilishiga qarab 
faoliyat ko‗rsatish sharoitini o‗zgarishiga mos holda barqarorligi; 
- hal qilinishi lozim bo‗lgan boshqaruv vazifalariga qarab, faoliyat 
sharoitlarini doimiy o‗zgarishiga qaramasdan, korxonaning tashkiliy tuzilishining 
barqarorligi;


19 
Ob'ek-
ti 
Pred-
meti 
Vazifa-
lari 
Tamo-
yillari 
Funk-
siyalari 
Maqsad-
lari 
Metod-
lari 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə