Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə6/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'rmon sanoati

Daraxt arralash – jahon o‘rmon sanoatining boshqa tarmoqlari orasida mexanik qayta ishlash bo’yicha birinchi o‘rinda turadigan sanoatdir. Daraxt arralash sanoatining mahsulotlariga taxtalar,bo‘laklar, shpallar va boshqa arralash mahsulotlarini kiritish mumkin bo‘lib, ular daraxtni ko‘ndalang arralash natijasida hosil qilinadi. To‘sinlarni arra-lash natijasida taxta materiallarining chiqishi o‘rtacha 65-70%ni tashkil etadi ( qurilish va mebel sanoati uchun qismlarning chiqishi undan ham kam va 1 m3 to‘sindan 0,2-0,3 m3ni tashkil etadi ). Qolgan yog‘ochlar chiqindiga ( gorbil, reyka, opilkalar ) aylanadi. Bunday chiqindilardan kimyoviy va kimyoviy mexanik qayta ishlash uchun xomashyo sifatida foydalanish mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda, yog‘ochni to‘liq qayta ishlash va yog‘och tayyorlash rayonlariga maksimal ravishda yaqinlashtirish maqsadida yog‘och arralash sanoatining texnologik xususiyatlarini boshqa ishlab chiqarishlarning texnologiyalari ( gidroliz, selluloza, yog‘och tolali plitalar ishlab chiqarish ) bilan kombinatsiyalanshuvini talab etadi. O‘rmon sanoati hududi jihatdan keng joylashganligi bilan tavsiflanadi. Uning alohida korxonalari dunyoning barcha rayonlari va sanoat markazlarida joylashgan, jumlaadan, o‘z xomashyo bazasiga ega

bo‘lmagan. Bunday korxonalarni uzoqdan tashib ketiriladigan xomshyo bilan ta’minlash o‘rmon sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorli-gini pasaytiradi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yomonlashuviga olib keladi. O‘rmon sanoati korxonalari bir qismining bunday nooqilona joylashuvi tarixiy sharoitlar ta’sirida shakllangan.

Ular asosan yirik daryolarning quyi oqimida yoki bunday daryolar temiryo‘llar bilan kesishgan joyda joylashgan. Daraxt arralash zavodla-rining bunday joylashuvi, xomshyoni yetkazish uchun suv yo‘llari bilan, tayyor mahsulotlarni bozorga yetkazishda temiryo‘l bilan ta’min-laydi.




Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə