Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə13/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'rmon sanoati

Gidroliz sanoati.

U oltingugurt kislotasi, yuqori dosim va harorat orqali yog‘och hujayralarini shakarlashtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Natijada hujayralar shakarsimon moddalarga ajralib, undan so‘ng bu moddalar achitilishi natijasida spirtga aylanadi.

Gidroliz sanoatida hosil qilinadigan qimmatli mahsulotlar qatoriga furfurol, oqislli (yem-xashakli) achitqi, metil spirit va skipidarni kiri-tish mumkin. Furfurol neft sanoatida qo‘llaniladi (moylarni saralab tozalashda), sintetik tolalar, plastmasa, kley mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Hududiy jihatdan gidroliz korxonalari yirik yog‘ochni arralash va qayta ishlash markazlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning chiqindilari gidroliz spirtini ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi hi-soblanadi.

Yog‘ochni kimyoviy usul bilan qayta ishlaydigan tarmoqlar esa un-dan ham ko‘p. Bu tarmoqlar selluloza ishlab chiqarish, gidroliz ishlab chiqarishni, shuningdek, termik qayta ishlash usullarini qamrab olgan majmualarni, ya’ni kanifol-skipidar va o‘rmon-kimyo sanoatini, yo - g‘och-tolali plitalarni ishlab chiqaradigan tarmoqlarni o‘z ichiga oladi ( kimyo-mexanik qayta ishlash ).

Yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tarmoqlari jadal rivojlanib bor-moqda. Ushbu tarmoqlar o‘rmon xomashyosini to‘liq qayta ishlash imkonini berib, xalq xo‘jaligiga juda ko‘p qimmatbaho mahsulotlar yetkazib beradi.Yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tarmoqlari,yog‘och-ni tayyorlash va uni mexanik qayta ishlash jarayonlarida yuzaga kela-

digan keng ko‘lamdagi chiqindilarni qayta ishlash imkoniyatini ken-gaytiradi.

Shu sababli bu tarmoqning eng muhim muammolari ishlab chiqarish tarkibini yanada takomillashtirish, kesilgan o‘rmon materiallari va kor-xona chiqindilaridan eng ko‘p foydalanishdan iborat. Bundagi asosiy yo‘nalish yog‘ochni kimyoviy-mexanik usulda qayta ishlash salmog‘i-ni oshirish bo‘lib qolmoqda. Bunday qayta ishlash yog‘och xomashyo-sidan ancha to‘la foydalanishga imkon beradi.

O‘rmon shunchaki yer yuzining daraxt bilan qoplangan qismi emas. Bu tirik organizmlarning ( o‘simlik, hayvonlar, qushlar, mox, qo‘ziqo-rin va lishayniklar hamda havo, tuproq va suv) murakkab o‘zaro aloqa-lari mavjud bo‘lgan hudud. Yer yuzidagi o‘rmonlarning maydoni 38 mln km ni tashkil qiladi. 7 % o‘rmon insonlar tomonidan barpo etilgan. O‘rmon o‘sishi uchun kamida yiliga 200 mm yog‘in yog‘ishi lozim.

O‘rmonga boy davlatlar: Rossiya – 809 mln ga, Braziliya – 520 mln ga, Kanada – 310 mln ga, AQSH – 304 mln ga, Xitoy – 207 mln ga teng. Rossiya taygalari sayyoramizning 15 % is gazini yutadi.

Yevroosiyo qit’asi o‘rmonlarining 65 % oxirgi 10 ming yil ichida yo‘q bo‘lib ketdi. 82 % kesilgan o‘rmon tabiiy yo‘l bilan va inson ish-tirokida tiklandi. Bundan tashqari har yili 95 mln daraxt kesilib, yo‘q bo‘ladi.

O‘rmon haroratining mavsumiy tebranishi yumshatadi, shamolning tezligini va kuchini pasaytiradi. O‘rmondagi havoning namligi 5-10% yuqori bo‘ladi. O‘rmonlar maydonining qisqarishi iqlimning kontinen-tal va quruq bo‘lishiga olib keladi.

Eman va qarag‘ay 500 yil, qarag‘ay 350 yil o‘sadi. Rossiya o‘rmon-laridagi eng qattiq daraxt Shmidt oq qayinihisoblanadi. Uning qobig‘i-ni o‘q bilan teshish va bolta bilan shopishning imkoniyati yo‘q.

Buyuk Britaniya – Yevropadagi o‘rmon bilan eeng kam ta’minlan-gan davlat hisoblanadi. Qirollik maydoning 6% o‘rmon bilan qoplan-gan.

Eng uzun daraxt AQSHda Kaliforniyadagi sekvoya daraxti bo‘lib, uzunligi 112 m gacha yetadi. Bitta daraxtni kesilishdan saqlab qolish uchun 80 kg chiqindi qog‘ozniqayta ishlash kerak bo‘ladi.

Rossiyada o‘rmonlar mamlakat hududining kata qismini qoplagan

bo‘lib, 809mln gektarga teng. Rossiya o‘rmonlari Kanada, AQSH,Fin-landiya, Shvetsiya va Norvegiyadagi o‘rmonlarni birga qo‘shib hisob-laganda ham ulardan ko‘p. Rossiyaning yog‘och zaxirasi 55,9 mlrd m3 ga teng bo‘lib, AQSH bilan Kanadaning yalpi o‘rmon resurslaridan 3,5 baravar kattadir. Dunyodagi ignabargli o‘rmonlar yog‘och zaxirasining yarmidan ortig‘i Rossiyadadir, bu o‘rmonlarning yog‘ochi bargli o‘r-monlar yog‘ochiga qaraganda qimmatbaho hisoblanadi.

Rossiyaning o‘rmon fondi ignabargli daraxtlarning ustun turishi (yal-pi o‘rmon fondining 9/10 qismi), yetilgan va kesish muddati o‘tayotgan o‘rmonlarning keng tarqalganligi ( tayga yog‘och zaxirasining 2/3 dan ortiq qismi ) hamda bu o‘rmonlarning hudud bo‘ylab birmuncha note-kis joylashganligi bilan xarakterlanadi.

Rossiyada kesilayotgan o‘rmonlar asosan Sibir, Uzoq Sharq,Ural va mamlakat Yevropa qismining shimoliy yarmida joylashgan. Ularning asosiy qismi tayga zonasi doirasida bo‘lib, qolganlari aralash o‘rmonlar bilan o‘rmon-dasht zonalaridir.

Mamlakt barcha o‘rmon resurlarining kata qismi sharqiy rayonlarda to‘plangan. Biroq mamlakatning Yevropa qismidagi o‘rmonlardan an-cha intensive foydalaniladi. Shu sababli o‘rmon yog‘ochini tayyorlash-ni to‘g‘ri rayonlashtirish va mamlakat Yevropa qismidagi o‘rmon boy-liklarini muhofaza qilish maqsadida kelgusida sero‘rmon rayonlari ko‘proq o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

XX asr industriyallashtirish yillari o‘rmon yog‘ochi tayyorlash qo‘l kuchi bilan qilinadigan mavsumiy kasbkorlikdan doimiy va malakali kadrlarga ega bo‘lgan va hozirgi texnika bilan jihozlangan ishlab chi-qarishga aylandi.

Foydalanishga yaroqli yog‘ochning asosiy iste’molchisi taxta tilish korxonalari bo‘lib, ular xomashyoga navbatdagi ishlov beruvchi bir bosqichni tashkil etadi. Standart uylar qurish, mebel, gugurt, fanera,yo-

g‘och tolali va yog‘och payraxa hamda yog‘och qirindili plitalar, taxta ishlab chiqarish keng rivojlangan.

O‘rmon yog’ochi tayyorlash hajmining ortishi va tuzilmasining o‘z-garishi bilan birga mamlakatlarning seo‘rmon rayonlariga tomon tobo-ra kirib bormoqda. Shimoliy va Volta-Viyalka rayonlari, Ural, Sibir va Uzoq Sharq jami materialbop yog‘ochning 3/5 qismidan ortigini yetka-

zib beradi. Natijada o‘rmon yog‘ochini temiryo‘lda tashish masofasi oshdi. Shu sababli yog‘ohc xomashyosini tayyorlash bilan undan sa-noatda foydalanish o‘rtasidagi zaruriy hududiy mutanosibliklarni belgi-lash jiddiy muammo bo‘lib qoldi.

Yog‘ochga mexanik ishlov berish korxonalari azaldan Belorussiya va Rossiyaning Yevropa qismidagi kam o‘rmon zonada ( Markaziy, Markaziy Qoratuproq, Donesk-Dneprbo‘yi rayonlari, Boltiqbo‘yi, Vol-gabo‘yi ) joylashgan bo‘lib, ular bu yerda jami tilingan yog‘och-taxta-ning deyarli yarmini beradi; bunda ular boshqa zonalardan keltirilgan xomashyodan ham ancha foydalanadi. Bu rayonlar tilingan yog‘och-taxtaga ham kata ehtiyoj sezadi, chunki ishlatiladigan tilingan yog‘och-taxtaning hajmi uni ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvatidan ancha og‘irdir.

Ko‘pgina sero‘rmon rayonlarda yog‘och-taxta tilishning hozirgi ko‘-lami barcha yog‘ochga ishlov berishga imkon bermaydi, shu sababli o‘rmon yog‘ochi iste’molchiga shu holida, ya’ni tinmasdan jo‘natiladi. Bu yerdan kam o‘rmon rayonlarga tilinadigan yog‘och keltiriladi.

Yog‘ochga mexanik ishlov berish korxonalarini joylashtirishda mah-sulot tayyorlash uchun mahsulotning ko‘p sarflanishi va chiqindining nihoyatda ko‘p chiqishi kabi texnik-iqtisodiy xususiyatlar ham hisobga olinadi. Binobarin, birinchidan, ishlab chiqarishni xomashyo manbala-riga yaqinlashtirish, ikkinchidan, yog‘ochga bir vaqtda to‘liq ishlov be-rish zarur.

Yog‘ochga mexanik ishlov beruvchi korxonalar xomashyo tarqalgan rayonlarda quyidagicha joylashtiriladi:


  • temiryo‘llar yog‘och oqiziladigan suv yo‘llarini kesib o‘tgan yoki bu yo‘llarga yaqin bo‘lgan joylarda, bu joylarga yog‘och suvda oqizib keltiriladi, tayyor mahsulot esa bu joylardan temiryo‘llarda jo‘natila-di;

  • dengizga borib quyiluvchi yog‘och oqiziladigankatta daryolarning etagida va quyilish joylarida;

  • yuk aylanmasi xarakteriga ko‘ra o‘rmon yog‘ochi tashuvchi temir-yo‘llarda;

  • xomashyo bazalaridan uzoqda yog‘och oqiziladigan yo‘llar bilan temiryo‘lar kesishgan yerdagi eng qulay transport-geografik o‘ringa

ega bo‘lgan punktlarda.

Asosiy vazifa – yog‘och tayyorlash sanoatini yanada rivojlantirish-dan, ya’ni atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda mamlaka Yevropa qismining o‘rmon resurslaridan to‘laroq foydalanish, o‘rmonlar yetish-tiradigan,yog‘och tayyorlaydigan va uni to‘liq qayta ishlaydigan kor-xonalar tashkil etishdan iborat. Umuman, selluloza-qog‘oz sanoatida daraxt xomashyosini to‘liq qayta ishlovchi korxonalarning roli ancha ortadi. Juda muhim muammolar – yog‘och zaxirasi bilan yog‘och tayyorlash hajmi va xomashyoni sanoatda ishlatish hajmi o‘rtasidagi hududiy nomutanosibliklni ( disproporsiyani) bartaraf etish, shuning-dek, o‘rmon sanoti majmualarini barpo qilish lozim.

O‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash va yog‘ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo‘linadi. Yog‘ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma’lum. Hunarmandlar yog‘ochga ishlov berib, undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. Yog‘ochsozliklar davomida takomillasha borib, undan yangi -yangi sanoat tarmoqlar vujudga keldi. Ayniqsa, yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog‘ochsozlikda tub ( inqilobiy) o‘zgarish yasaldi .

Mamlakatning yog‘och-taxta xomashyosiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 10 mln kub metrdan ortmoqda. Ammo yog‘och xomashyosi bo‘ladigan tabiy o‘rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois, har yil millionlab nihol ekiladi , «ko‘kalamzorlashtirish oyligi » o‘tkazi ladi . O‘rmonlar barpo etish va yog‘och boyliklardan oqilona foydalanish bilan maxsus o‘rmon xo‘jaliklar shug‘ullanadi . Respublikamizda 100 ga yaqin o‘rmon xo‘jaligi korxonalar , qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar bor.

O‘rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlk, kimyo sanoat , yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi . O‘z navbatida o‘rmon sanoat ham boshqa tarmoqlardan loklar, bo‘yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi xam katlar (qog‘oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog‘och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi . Boshqacha qilib aytganda, o‘rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir.

Mustaqillik yillarida Toshkent va Asakada duradgorlik buyumlari zavodlari, Toshkentdagi quyoshdan himoya uskunalar zavodida esa plastmassadan deraza romlar ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi . Toshkentda O‘zbekiston – Gretsiya qo‘shma korxonasi «O‘z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi .



Yog‘och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Yog‘ochlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida selluloza sanoati ham rivojlanmoqda.
Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə