Geologiya-qidruv va kon-metallurgiya


I-BOB ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT VA UNING TARQALISHI



Yüklə 2,05 Mb.
səhifə3/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#116250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
diplom Bunyod (4)

I-BOB ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT VA UNING TARQALISHI
1.1. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi qisqacha tarixi belgilari va tasnifi
O’tgan asrning 70-yiIlari oxirida, yana ham aniqrog’i 1978-yilning 1-kvartalida AQSHdagi bir qator tadqiqotchilar, gomoseksualist erkaklar orasida pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan pnevmoniya (PP) va Kaposhi sarkomasi (KS) kabi kasalliklarning nihoyatda ko’payib, guruh-guruh bo’lib uchrayotganiga ahamiyat qaratdilar
Bregmon D. I.; Scler R. М.; Yloos A. R. Bacchetti, P. Gorman, Osmend D. Ilgarilari Kaposhi sarkomasi (KS) kasalligi AQSHda 10 mln kishiga 2-6 bemorni tashkil qilar edi. Shuningdek, bu kasallik, asosan, keksalarda uchrab, uzoq vaqt davom etar, vaqti-vaqti bilan remissiyaga uchrar. Toshmalar ko’pincha qo’l va oyoqlarda paydo bolar edi. Gomo seksualistlarda uchrayotgan Kaposhi sarkomasi esa asosan, yosh va o’rta yoshli kishilarda. 20-45 yoshlar orasida kuzatilib, o’ta agressiv kechar, toshma elementlari boshda, badanda. og’iz shilliq qavatlarida paydo bo’lar, tezda yaraga aylanib metastazlar berar edi. Bu bemorlarda bir vaqtning o’zida xuddi shunday toshma elementlari oshqozonda. o’pkada va boshqa ichki a’zolarda aniqlanar edi. Ko’pincha kasallikka tez fursatda ikkilamchi yiringli infeksiyalar qo’shilib. qisqa vaqt ichida o’limga olib kelar edi. Bunday xastalikka giriftor bo’lgan gomoseksualist bemorlarni tekshirish natijasida. ularning barchasining immun tizimida shu paytgaqadar kuzatilmagan o’ziga xos o’zgarishlar aniqlandi. Kaposhi sarkomasining bu yangi shakli AQSHning yirik shaharlari Los-Anjelos, San-Fransisko. Nyu-York va boshqalarda ko’chkisimon ravishda tez tarqala boshladi va keyinchalik boshqa shaharlarda ham kuzatildi.
Pnevmosistali pnevmoniya shartli patogen hisoblangan bir hujayrali organizm-pnevmosistalar (pneumocystis carini) tomonidan chaqiriladi. Pnevmosistalar o’pka alveolalarida saprofit holida yashaydi ular faqat immunitet o’ta pasayib ketgan bemorlardagin kasallik chaqiradi. Bunday pnevmoniyalar masalan.
Biror ichki a’zo transplantatsiya qilib ko’chirib o’tkazilgan bemorlarda uchrar edi. Chunki ular transplantatning ко’chib (ajralib) ketishini oldini olish maqsadida immunitet tizimini keskin pasaytiruvchi immunitet odepressantlar qabul qilaredi. Shuningdek. Bunday pnevmoniy aleykemianing ayrim shakli (limfoley ko’z) bilan xastalangan bemorlarda. Immunitet tizimining tug’ma yetishmovchiligida kuzatilar edi. Ammo у uqorida sanab o’tilgan holatlarda (bemorlarda) pnevmosistali pnevmoniya unchalik og’ir shaklda o’tmas edi.

1-rasm virusning cd4 hujayrasiga kirish mexanizmi
Nyu-york kasalxonasi xodimi bu kuzatilgan kasalliklarning barchasi bir xil umumiy tabi- atga ega degan xulosaga keldilar va tibbiyotda ilgari kuzatilmagan yangi sindrom paydo bo’lganligini. Klinik jihatdan uning to’xtovsiz zo’rayib boruvchi har qanday infeksiyalar va o’smalar bilan namoyon bo’lishini hamda immunitet tizimi tomonidan immunitet itetning ayniqsa hujayra immunitet itetining (sd4) chuqur shikastlanishi bilan kechishini e’tirof etdilar. Shundan keyin kasalliklarni nazorat qilish markazi tibbiyotda yangi tushuneha bo’lgan. Ingliz tilida acquired (immynodeficiency syndrome) ya’ni orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) deb nomlangan yangi nozologik birlikni amaliyotga kiritdilar.
1981- yil 1-iyundan e’tiboran mamlakat miqyosida bu kasallikni aniqlash va qayd qilish tizimini joriy qildi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bilan xastalangan birinchi bemorlar bomib kaliforniva shtatining markazi bo’lgan san-fransisko shahridagi pnevmosistali pnevmoniyaga duchor bo’lgan va vrachlar nazorati ostida turgan 5 ta gomoseksualist bemor qayd qilindi. Tez fursat ichida shunga o’xshash bemorlar aqshdan boshqa mamlakatlarda g’arbiy yevropada. Afrikada. Lotin amerikasida avstraliyada ham aniqlana boshlandi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bilan og’rigan bemorlarni qayd qila boshladi va har haftalik epidemiologik byulletenda yangidan aniqlangan bemorlar haqida axborot berib bordi dastlabki paytlarda yuqoridagi bemorlardagi immunitet yetish movchiligi fenomenini gomoseksualist erkaklarning seksual xulqidagi o’ziga xoslik bilan izohlamoqchi bo’ldilar. To’g’ri ichakka tushgan sperma suyuqligi bu shaxslarda immunitet tanqisligi chaqirishi shak-shubhasiz isbotlandi. Limfotsitlarning tanlab zararlanishi ni begona spenna bilan birga limfotsitlar ham tushishi oqibatida qonda ularga qarshi autoantitanachalar paydo bo’lishi bilan izohladi. Bundan tashqari. Gomoseksualistlar tomonidan to’g’ri ichak tonusini pasaytirish va orgazmni kuchaytirish maqsadida qabul qilinadigan amilnitrit va butilnitrit kabi preparatlar ham immunitet depressiv ta’sir qilishi aniqlandi

2-rasm orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi belgisi og’iz boshlig’ida
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromidagi atopik ko’rinishlar. Immunitet tanqisligi holati ortib borgani sari allergik reaksiyalarga terining moyilligi kuchaya boradi. Ayniqsa atopiya alomatlari bor bemorlarda bu kuchli namoyon bo’ladi bronxial astma vazomotor-allergik rinit pichanga harorat. Atopik dermatit. Bu bemorlarda atopik kasalliklarning avj olishi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining prodromal davridayoq kuzatilishi mumkin. Bularda medikamentoz toksikodermiya ham ko’p uchraydi. Kseroderma terining quruqlashuvi. Asosan. Diareya bilan og’rigan yoki malabsorbsiva sindromiga uchragan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bemorlarda kuzatiladi. Kasallangan terining quruqlashuvi ayniqsa yuzda va kaftda ko’proq bilinadi.
Ayniqsa. O’mrov suyagi usti sohasida kamroq hollarda quloq suprasida kaftlar va tovonlarda uchraydi. Biroz bilinuvchi diffuz eritema fonida paydo bo’ladi bunday amilnitrit va butilnitrit qabul qiluvchi narkomanlarda kuzatiladi. Ko’pincha ko’krak qafasidajuda tig’iz (zich) joylashgan teleangiektaziyalar kuatilib. Ular ikkala yelka oralig’ini butunlay qamrab olishi mumkin.
Reyter kasalligi ko’pincha uchla simptomi: artrit uretrit (yoki servitsit). Konyunk tivit yoki uveit bir vaqtning o’zida namoyon boladi. Ular bilan birgalikda sirtsinar balanit. Og’iz shilliq pardasining og’riqsiz yaralari. Kaft va tovon keratodermiyasi yuzaga chiqadi.
Giperalgezik psevdotromboflebitik sindrom orttirilgan immunitet tanqisligi sindrominig noodaliy namoyon bo’lishi hisoblanadi. Klinik manzarasi tromboilebitni eslatadi. Oyoqlarda shish va og’riq kuzatiladi teri osti venalari ustida og’riqli tarang tortilgan tajlar kuzatiladi. Ularning ustida teri eritemaga uchragan zichlashgan. Harorat yuqori ko’tarilib. 39.5°Cga yetadi. Chuqur venalar tromboflebiti aniqlanmaydi (ya’ni bu yerda tromboflebit kasailigi yo’q). Jarayon 1^4 haftadan keyin regressga uchraydi qariyb barcha bemorlarda enteropatiya kuzatiladi. Bo’g’imlarda juda rivojlangan destruktiv o’zgarishlar kuzatiladi. Davolash yaxshi samara bermaydi.
Terminal bosqich kasallikning terminal bosqichida. Ya’ni sof orttirilgan immunitet tanqisligi sindromida. Asosan. Biror a’zoning zararlanishi ustuvor bo’ladi va unga qarab har xil shakllarga bo’linadi. O’pka shaklida pnevmoniya alomatlari boshqa kasalliklardan ustuvor bo’ladi. Pnevmoniyalar 57 % hollarda pnevmosistalar 43 % hollarda esa sitomegaloviruslar tomonidan chaqirilgan bo’lishi mumkin. Shuningdek. Ko’pchilik hollarda mikobakteriyalar asosan. Sil tayoqchalari kriptokoklar, Koksidioidoz, aspergillalar gistoplazmalar. Toksoplazmalar legionellalar oddiy uchuq virusi kabi qo’zg’atuvchilar ham topiladi

3-rasm tanadagi o’zgarishlar
Limfoidli interstitsial pnevmoniya asosan. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bosqichida bolalarda uchraydi. Bolalarda asta-sekin progressi valanuvchi hansirash. Quruq yo’tal haroratning ko’tarilishi va tana vaznining pasayishi kuzatiladi.
Adenopatiya gepatosplenomegali kandidoz orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining eng ko’p uchravdigan gastrointestinal manifest shaklidir uning klinik shakllari:
- oral;
- oroeozofagial;
- oroeozofagogastral;
- oroeozofagogastrointestinal odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasida oral kandidoz aniqlangandan 2 yil o’tgach 50 % bemorlarda OITSning barcha alomatlari namoyon boiadi qizilo’ngach kandidozi aniqlangandan keyin esa bemorlar faqat 6 oygacha yashaydi.
Gistoplazmoz immunitet tanqisligi rivojlanganda dissem inatsiyalangan tus oladi va 75 % hollarda oitni ham zararlaydi.
Kriptosporidioz orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bosqichida og’ir tus oladi. Tana harorati yuqori ko’tariladi tobora kuchayib boruvchi diareya kuzatiladi juda ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotiladi. Bemorlar keskin ozib ketadilar.
Bundan tashqari kriptosporidiyalar o’t pufagini o’t yo’llarini ham zararlashi mumkin.
Auskultatsivada o’pkaning pastki sohalarida nam xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda o’pkada ikki tomonlama pastki bo’laklarning interstitsial yoki retikulonodular infiltrati o’pkaning surati differensiatsiya qilinmaydi. O’pka tomirlari kengaygan.
Strukturasi buzilgan qonning tahlilida gipergammaglobulinemiya va limfotsitoz aniqlanadi. Katta yoshli bemorlarda lip tashxisini qo’yish o’ta mushkul. Klinik belgilari nospetsifik shuningdek kam uchraydi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi demensiya kompleksi odam immunitet tanqisligi virusi tomonidan chaqirilgan o’tkir ensefalit. Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasining kechki bosqichlarida kelib chiqadigan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi demensiyaning sababidir.
Har xil mualliflar bo’yicha 1/3-1/2 nafar bemorlarda kuzatiladi. 1/4 nafar bemorlarda esa odk orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining boshqa belgilaridan avval namoyon bo’ladi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromida uchraydigan polimorf nevrologik alomatlarning xilma-xilligi ularni yana ko’pgina boshqa kasalliklar bilan differensiatsiya qilish zarurligi diagnostikani juda qiyinlashtiradi va zamonaviy tekshiruv usullaridan. Mrteg. Ptsr. Ifa. Orqa miya suyuqligini tekshirish psixologik testlash va boshqa ko’plab usullardan foydalanishni taqozo etadi. Shuni ta’kidlash kerakki odam immunitet tanqisligi virusi ensefalit o’limning sababi bo’lgan hollar protsentda olinganda unchalik ko’p bo’lmasa ham boshqa sabablar bilan o’lgan bemorlarning barchasida odam immunitet tanqisligi virusi ensefalitiga xos o’zgarishlar aniqlangan.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə