Geologiya-qidruv va kon-metallurgiya


orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligining oldini olish va epidemivaga qarshi kurash chora-tadbirlari



Yüklə 2,05 Mb.
səhifə7/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#116250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
diplom Bunyod (4)

2.2 orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligining oldini olish va epidemivaga qarshi kurash chora-tadbirlari
Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi dunуо miqyosidagi juda katta va doimo o’sib (ko’payib) borayotgan sotsial iqtisodiy va demografik muammodir. Uni to’g’ri anglash kasallikning ayrim holda olingan shaxslar va umumiy ravishda jamiyatga ko’rsatayotgan ta’sirini muammoning iqtisodiy va sotsial ko’rsatkichlarga. Jamiyatdagi insonlarning huquqiy va ma’naviy etika me’yorlariga bog’liqligini tushunib yetish bu kasallikka qarshi kurashishda katta yordam beradi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining profilaktikasini umuman 3 ta darajaga ajratish mumkin. Ya’ni kasallikning birlamchi ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi.
Birlamchi profilaktika. O’z ichiga sog’lom odamlarning ushbu kasallikni yuqtirib olishining oldini olishga qaratilgan. Malumki. Kasallik jinsiy aloqalar orqali parenteral yo’l bilan va vertikal yuqadi. Demak. Barcha sayi harakatlar shu holatlarni inobatga olib bajarilishi lozim. Bularga nikohdan tashqari jinsiy aloqalarga yoi qo’ymaslik. jinsiy savodxonlikni oshirish prezervativlardan foydalanish. Yoshlar orasida tarbiyaviv ishlarni olib borish fohisha bozlikka. Besoqolbozlikka qarshi kurash va boshqalar kiradi.
Ikkilamchi profilaktika. Bu kasallikni yuqtirib olgan bemorning hay ot kechirish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Buning uchun bemorlar huquqini himoya qilish. Ularga konsultatsiyalar berish. Ularning kamsitilishiua yo’l qo’ymaslik. Hayotini (turmush tarzini) o’zgartirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish kabilar kiradi. Shuningdek. Ikkilamchi profilaktika kasallik yuqish xavfi yuqoribo’lgan jamoatda (masalan tibbiyot xodimlari orasida bemorning yaqin qarindoshlari orasida) kasallikning yuqishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Uchlamchi profilaktika. Bemorlar orasida kasallikning salbiy oqibatini iloji boricha kamavtirish ularning umrini iloji boricha uzaytirish ikkilamchi va opportunistik infeksiyalarga qarshi profilaktik davo o’tkazish. Ularning immunitet tizimini ushlab turish bo’yicha konsultatsiya berish va boshqalardan iborat.
Odam immunitet tanqisligi virusini yuqishining oldini olish va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini. Sog’lom turmush tarzini aholi o’rtasida ayniqsa yoshlar orasida targ’ib qilishdan boshlash zarur.
Shuningdek, kasallikni jinsiy aloqa yo’li orqali, undan tashqari virusni zararlangan qon va qon mahsulotlari orqali hamda teri butunligi buzilishi bilan olib boriladigan barcha muolajalarda yuqishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o’tkazilishi lozim.
Kasallik virusining yuqishini oldini olishda muhim tadbirlardan biri kasallikni insonlarda o’z vaqtida aniqlashdir. Shuning uchun aholining ayrim guruhlari orasida epidemiologik nazorat o’rnatiladi. Belgilangan guruhlar orasida testgacha konsultatsiya o’tkaziladi. Ularning roziligi bilan odam immunitet tanqisligi virusi kasalligiga laboratoriva tekshiruvi uchun qon olinadi. Tekshirilishi lozim bo’lgan guruhlar o’zbekiston respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadigan «Aholini OITSga tekshirish qoida va me’yorlari»da belgilab beriladi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga chalingan odam Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromidan vafot etadi. OIVga chalingan odam Orttirilgan immunitet virusiga chalinganidan o’lmaydi. Orttirilgan immunitet virusi faqat immunitetni pasaytirganda va shu tariqa orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligini keltirib chiqarganda jiddiy hisoblanadi. U uyqu holatida ekan, uning mavjudligini ko’rsatmaydi, ko’rib turganimizdek, orttirilgan immunitet virusi bilan kasallanmagan odam, virusga chalingandan keyingi birinchi oyda, grippga o’xshash klinik ko’rinishga ega, ammo isitma, bosh og’rig’iga qadar engil alomatlar bilan kasallanishi mumkin. Mushaklardagi noqulaylik, shundan so’ng, odam 10 yildan ko’proq vaqt davomida tanasida orttirilgan immunitet virusi borligi bilan bog’liq hech qanday sog’liq muammosiga duch kela olmaydi
Ammo, agar uning kengayishi to’xtatilmasa orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi paydo bo’ladi. O’sha paytga kelib, alomatlar allaqachon jiddiy: doimiy isitma, tungi terlash, surunkali diareya, juda katta vazn yo’qotish, juda zaiflik, terida toshmalar va toshmalar bu haqda gapirmasa ham bo’ladi. odam ikkilamchi infektsiyalar yoki kasalliklardan o’lish xavfi yuqorisil, meningit, nevrologik kasalliklar, parazitar infektsiyalar, pnevmoniya, buyrak kasalliklari va kaposi sarkomasi eng ko’p uchraydi.
Agar odamda orttirilgan immunitet virusi infektsiyasi aniqlansa, bunga vaqt bor antiretrovirus davolash samarali va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligining boshlanishini oldini oladi. Ammo agar sizda allaqachon kasallik bo’lsa, davolanishning iloji yo’q. Aytganimizdek, Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi surunkali halokatli kasallikdir. Seropozitiv bo’lish surunkali, lekin bu o’lik emas va bundan tashqari, virusni yashirin holatda saqlash mumkin, chunki ular uni o’ldirmasa ham, uning ko’payishiga to’sqinlik qiladi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligiga laboratoriva tekshiruvi ishlarida ayniqsa. Aholining bu kasallikni yuqish xavfi yuqori bo’lgan tabaqalariga alohida e’tibor qaratilmog’i lozim. Bu ishga lozim bo’lgan taqdirda aholining barcha qatlami yordamida giyohvandlar betartib jinsiy aloqa qiluvchi «yengil oyoq» shaxslar aniqlanib. Ular to’liq laboratoriya tekshiruvidan o’tishiga erishmoq lozim.
Odam immunitet tanqisligi virusi kasalligining oldini olishda yana muhim ahamiyat kasb etadigan masala aholi o’rtasida o’tkaziladigan tibbiy targ’ibotdir.

12-rasm lab o’zgarishi
Tibbiyot xodimlari aholining barcha qatlamlari bilan uchrashuvlarda yosh yigit-qizlar bilan maktab. Litsey kollej institut va boshqa joylarda subbat o’tkazilayotganda odam immunitet tanqisligi virusi kasalligining yuqish yo’lari bilan batafsil tanishtirish va undan saqlanish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va himoya vositalaridan foydalanishni o’rgatish kabi ishlarni olib borishlari lozim. Yuqish xavfi tug’ilgan hollarida murojaat qilgan shaxslarga. Odam immunitet tanqisligi virusi kasalligi va jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shaxslarga. Giyohvandlarga tibbiy yordam ko’rsatayotgan vaqtda mehroqibat ko’rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ularga bog’liq o’tkaziladigan barcha chora-tadbirlarni konfidensial holatda o’tkazilishi lozim. Ushbu shaxslarni kasallikni tarqatish xavfini kamaytirish maqsadida kerakli vositalar bilan (prezervativ), bir marotaba ishlatiladigan shpris va igna zararsizlantiruvchi moddalr) ta’minoti masalasi bilan shug’ullanish zarur. Shu bilan birga jinsiy aloqa muammosi va yuqtirishi mumkin bo’lgan xavflarni tahlil va muhokama qilish jarayonida ular bilan muntazam targ’ibot ishini olib borish. Xulq-atvorini yurish-turishini va boshqa nojo’ya xatti-harakatlarini o’zgartirishga chaqirish kerak.
Ayollarning jinsiy aloqa masalasida turmushga chiqish oila qurish, bola ko’rishda boshqalar bilan teng huquqqa ega ekanligini cheklamaslikka intilish zarur. Kasailik o’chog’ida o’tkaziladigan chora-tadbirlar epidemiologik tekshiruv ishlarini olib boorish. Kasalxona ichi infeksiyasi sifatida oldini olish orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligi virusini tibbiy muolajalar orqali yuqishiga yo’l qo’ymaslik uchun barcha davolash-profilaktika muassasalarida mumkin. Bir marotaba ishlatiladigan shprislar. Asbob anjomlardan foydalanish tavsiya etiladi, tibbiy va laboratoriya asbob anjomlarni zarasizlantirish. Sterillashdan avvalgi tozalash va sterillash tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi virusini yuqtirib olganlar soni keskin ko’payib borayotganligini inobatga olib tibbiyot xodimlari har bir murojaat qilgan bemorlarga nisbiy ravishda orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining virusini tashib yuruvchi deb qarashlari kerak.
Shunga binoan, tibbiy yordamning barcha javhalarida orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi virusini boshqa bemorlarga va tibbiyot xodimlariga yuqishining oldini olish chora-tadbirlariga qat’iy amal qilish lozim. Buning uchun shprislar. ignalar laboratoriya va boshqa tibbiy asbob-anjomlar sterillanmasdan qayta ishlatilishi man etiladi.
Mabodo shpris igna va boshqa tibbiy asboblarni sterillanmasdan qayta ishlatilganda bironta shaxsni kasallanganligi aniqlansa tibbiyot xodim qonun oldida javobgarlikka tortiladi. Juda ham dolzarb masala orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi virusi bilan zararlangan qonni bemorlarga quyib yubormaslik chora-tadbirlarini ko’rib va amaldagi qoidalarga har bir tibbiy xodim rioya qilmog’i lozim.
Qon tayyorlashda quvidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi
- donorlar qonini har qon topshirganda ortirilgan immumtet virusiga tekshirish:
- donorlar har qon topshirishga kelganda tibbiy ko’rikdan o’tkazish va epidemiologik anamnez to’plash:
- pasporti bo’lmmagan qon topshiruvchilardan qon olmaslik:
- donorlardan ortirilgan immumtet virusiga qon olinganda sanitariya-gigiyenik dezinfeksion,va epidemivaga qarshi rejimlarga qat’iy rioya qilish:
- ortirilgan immumtet virusiga tekshirilgan natijasi manfiy qonlarni alohida muzlatgichda saqlash;
- ifa musbat shaxslarning viloyat (shahar) bo’yicha yagona qon topshiruvchilik kartotekasini yuritish:
- qonni faqat hayotiy zarurat tug’ilgandagina quyish;
- qon va qon mahsulotlari quyilganlik to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni kasallik tarixiga to’liq yozib borish
Quyidagi shaxslar qon topshirmchi (donor) bo’lishi mukin emas:
Odam immunitet tanqisligi virusi kasalligiga chalingan shaxslar bilan jinsiy aloqada bo’lgan shaxslar (jinsiy sherik) va 1 ta shprisdan umumiy foydalangan giyohvandlar (parenteral sherik);
- surunkali gepatit va virusli gepatitni barcha turlariga chalinganlar va santigen tashuvchilar;
- tuberkulyoz malyariya tanosil va gemofiliya kasailigi bilan kasallangan shaxslar yashash joyi noaniqlar;
- pala-partish va notanish shaxslar bilan jinsiy aloqa qiluvchilar (jinsiy aloqa qiiish bilan savdo qiluvchilar erkak erkak bilan jinsiy aloqa qiluvchilar);
- qon va qon mahsulotlarini qabul qilganlar;
- igna bilan tanasiga giyohvand moddani qabul qiluvchi shaxslar;
- jazo hukmini o’tayotganlar :
- chet el fuqarolari donor qonida doimiy donor yoki beminnat qon topshiruvchi boiishidan qat’i nazar SPID diagnostik laboratoriyasida ifa musbat natija olinsa zudlik bilan qon quyish stansiyasiga yoki bo’limiga hamda tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga xabar beriladi. Ifa musbat natija haqidagi xabarni laboratoriya mudiri yoki vrach laborant telefon orqali beradi so’ngra tahlil uchun yuborilgan maxsus shakldagi yo’lanmaning nusxasiga javobi yozib yuboriladi. Ifa musbat natijali qon yaroqsiz deb topiladi va zudlik bilan 3 kishidan iborat komissiva ishtirokida zararsizlantirib yo’q qilinadi.

13-rasm orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bilan kasalangan bemorlar
Immunitet tanqisligi virusiga chalingan bemor davolanishga murojaat qilmasdan 5 yildan 10 yilgacha yashashi mumkin. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bilan kasallanganlar uchun sehrli vaktsina hali topilmagan ammo olimlar uning ixtirosi ustida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Virusning ko’payishini oldini oladigan kasallikni to’xtatadigan odam immunitet tanqisligi virusining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga o’tishiga yo’l qo’ymaydigan dorilar allaqachon mavjud. Dori-darmonlarni ishlatadigan bemorlarning ahvoli qoniqarli va ular ishlashi mumkin. Shifokorlar ularning umr ko’rish darajasi sezilarli darajada oshishiga ishonishadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə