Germaniyadagi tarixiy maktab Reja



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

zarur ish vaqtida
») o’z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat 
mobaynida («
qo’shimcha ish vaqtida
») esa qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha 
qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo’shimcha qiymatni haq to’lamasdan o’zlashtirib 
oladi. K.Marks bo’yicha, kapitalist tomonidan qo’shimcha qiymatning o’zlashtirib 
olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o’zi ishlab chiqqan 
«formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya’ni ekspluatatsiya 
me’yorini ko’rsatib berdi. Qo’shimcha qiymatning ishchi kuchi qiymatiga - 
o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbatini (mashinalar va xom ashyoda ifodalangan 
doimiy kapital esa o’z qiymatini faqat yangi mahsulotga o’tkazishi mumkin, lekin 
qo’shimcha qiymat yaratmaydi) u 
qo’shimcha qiymat me’yori
deb atadi. Uning 
yozishicha, «qo’shimcha qiymat me’yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki 
ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir». 
Qo’shimcha qiymat me’yori yangidan yaratilgan qiymatning kapitalist bilan 
yollanma mehnat o’rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish kunining qancha 
qismida ishchi o’zi uchun va qancha qismida kapitalist uchun ishlashini ko’rsatib 
beradi. 
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o’z ishchi kuchi 
qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo’shimcha ish vaqti»da esa qo’shimcha qiymat 
yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ishlaydi: kapitalist qo’shimcha ish vaqtini 
uzaytirishga harakat qiladi. Unga erishishning ikki yo’li mavjud: ish kunini
uzaytirish va zarur ish vaqtini qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo’li bilan 
olinadigan qo’shimcha qiymatni K.Marks 
«absolyut qo’shimcha qiymat»
deb atadi. 
«Absolyut qo’shimcha qiymat hosil qilish, – deb yozadi u, – ish kunini ishchi faqat 
o’z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan chegaradan nariga 
uzaytirishdan va bu qo’shimcha mehnatni kapitalning o’zlashtirib olishdan iborat». 
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo’shimcha ish vaqtini 
uzaytirish yo’li bilan olinadigan qo’shimcha qiymatni K.Marks 
“nisbiy qo’shimcha 
qiymat”
deb atadi. Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki, ya’ni qiymat 
qonuniga xilof ish qilmaslik uchun, ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi 
uchun kapitalist ishchi kuchi qiymatiga nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga 
zarur ish vaqtini qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil 
etish va samarali texnika va texnologiyani qo’llash tufayli mehnat unumdorligini 
oshirish yo’li bilan bunga erishish mumkin. 
Kapitalist o’z foydasini ko’paytirish maqsadida fan va texnika yutuqlaridan 
ishlab chiqarishda ko’proq foydalanishga harakat qiladi. Ayrim kapitalistlar 
tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini amaliyotda qo’llash o’rtacha ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foydani ko’paytirish 
imkonini 
beradi. 
Bu 
yerda 
«
ortiqcha 
qo’shimcha
qiymat
» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar 
tomonidan ham yangiliklarning ishlab chiqarishda qo’llanilishi natijasida bozor 
bahosi pasayadi va ortiqcha qo’shimcha qiymat yo’q bo’lib ketadi. Demak, 


qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni 
qo’llashga undaydi. 
Ish haqi. 
K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o’xshab, 
mehnat uchun to’lanadigan haq deb emas, balki 
ishchi kuchi uchun to’lanadigan haq 
deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning 
oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish 
haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, u, o’z navbatida, ishlab 
chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli 
ro’y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, negaki 
texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. 
Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o’rtasidagi 
munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda 
sotiladi.
Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi, 
bunda «haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o’lchash mumkin bo’lgan) ish 
haqiga aloqasi bo’lmaydi, «haq to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin 
emas, negaki bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash 
yuzasidan tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki 
mehnat jarayoni tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining qiymatini 
ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda mehnat, shu 
jumladan, qo’shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa, uning 
nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan o’lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum 
muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib 
qoladi. 
K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi 
kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va natijada ishchilarning 
kambag’allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Lekin tajriba bunday 
qarashlarning mutloq noto’g’ri ekanligini ko’rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat 
texnologiyalar darajasini takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki 
ijtimoiy masalalar bo’yicha ham katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. 

Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə