Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


 K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

4K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi
K.Marksning asosiy ilmiy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv 
sabablari to’g’risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) 
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko’rsatib berdi. 
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo’lgan jamoa. 
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy mulkchilikka 
asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli. 
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. 
K.Marks ta’limotiga ko’ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish ijtimoiy 
inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig’i portlaydi», eski ishlab 
chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy tizimning yangi iqtisodiy bazisi 
shakllanadi. 
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik munosabatlar 
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirsa, keyinchalik bu munosabatlar iqtisodiy o’sishning 
«kishaniga» aylanadi, zamon talabiga javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko’ra 
kapitalizm halokatga yuz tutadi. Chunki u o’zining ichki ziddiyatlarini yechishga 
qodir emas. 
Uningcha, kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni yecha oladigan, sanoat 
sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini beradigan yangi, ancha 
takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik 
va kambag’allikni stixiyali bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan 
bo’lsa, kelajakda bo’ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik 
asosida tashkil etilgan bo’lishi, yagona reja bo’yicha ishlashi kerak. Uning 
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja bo’yicha 
ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon tug’iladi». 
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kapitalizmning muqarrar halokati 
to’g’risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi sinflar o’rtasida 
daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida emas, balki bu tizimning 
to’la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va 
urishlarga bo’lgan moyilligi hisoblanadi. U, sotsializm va kommunizmni ijtimoiy 
jihatdan ideal hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb 
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir 
butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan 
batamom teng bo’lgan sinfsiz tuzum. 
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo’lgan qat’iy 
ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar nazariyasiga asoslanadi. 
U o’zini klassiklarning davomchisi hisoblagan holda, haqiqatan ham, iqtisodiy 


o’sish muammosi bilan, xususan, farovonlikning va daromadlarning o’sishi hamda 
daromadlarning mehnat, kapital va yer egalari o’rtasida, ya’ni sinflar o’rtasida 
taqsimlanish muammosi bilan shug’ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi 
markaziy g’oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o’tgan hamma jamiyatlar 
tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va 
plebey, pomeshchik va krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o’rtasida 
doim antagonizm bo’lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga 
qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda 
boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan 
tugadi». Markscha, o’zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik 
jamiyat ham istisno hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan 
sanoat ishchilari sinfi kapitalizm «go’rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning 
bashorati to’g’ri chiqmaganligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Kapitalizm yangi real 
hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlay oldi. 
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks ijodi 
U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanganligini bildiradi. 
Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
1.
Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga intiluvchi kishi 
sifatida ko’riladi.
2.
Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida ham, 
shuningdek, uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. 
3.
Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va 
renta to’g’risida to’liq ma’lumotga ega. 
4.
Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va kapital bir 
zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin. 
5.
Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. 
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi sonining 
ko’payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchi 
sonining kamayishiga olib keladi. 
6.
Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi. 
7.
Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslashuvchan bo’ladi (uning 
miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 
8.
Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jamg’arilishi hisoblanadi. 
9.
Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa davlatning haddan 
tashqari aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bunday sharoitda «ko’rinmas qo’l» 
resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi. 
10.
Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni yechib berishga, sanoat 
sivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi 
jamiyat keladi. 
Muhokama uchun savollar: 
1.
“Qiyosiy ustunlik” nazariyasining mohiyati nima? 
2.
K.Marksning bazis va ustqurma konsepsiyalarini qanday tushunasiz? 
3.
K.Marks “qiymat”, “qo’shimcha qiymat” kategoriyalarini qanday talqin
etadi? 
4.
K.Marks bo’yicha qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish mexanizmini 


ko’rsatib bering? 
5.
K.Marks absolyut renta deganda nimani tushunadi? 

Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə