Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARI SIFATINI BAHOLASH



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.5. YER OSTI SUVLARI SIFATINI BAHOLASH
21.5.1. ICHIMLIK SUVLARGA BO‘LGAN TALAB
Yer osti suvlarining sifati ularning fizik xususiyatlariga va kimyoviy
tarkibiga bog‘liq. Toza ichimlik suvi rangsiz, tiniq, harorati 4—15°C,
qattiqligi 7 mg.ekv/l dan oshmasligi, o‘z tarkibida kasalliklarni keltirib
chiqaruvchi bakteriyalar bo‘lmasligi kerak. Suvlar sifatini baholash davlat
tomonidan joriy etilgan standartlar asosida amalga oshiriladi. Harakatdagi
standartlarga binoan ichimlik suvi tarkibidagi erigan moddalarning umu-
miy miqdori 105—110°C haroratda 1000 mg/l dan oshmasligi kerak.
Suv tarkibida ayrim elementlarning, jumladan qo‘rg‘oshinning miqdori
har litr suvda 0,1; mishyak — 0,05; ftor — 1,5; mis — 3; rux — 5;
temir — 0,3; fenol — 0,01 mg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Hozirgi
vaqtda juda ko‘p yer osti suv manbalarining organik ifloslanishi kuza-
tilmoqda. Bunday suvlarda ma’lum miqdorda ichak kasalliklari tayoq-
chalari mavjud bo‘lishi mumkin. Agar 100 sm
3
suvda bir ichak kasalligi
tayoqchasi bo‘lsa sof, 10 sm
3
da bo‘lsa qoniqarli, 1 sm
3
bo‘lsa, shubhali,
0,1 sm
3
suvda 1 tayoqcha bo‘lsa, sof toza bo‘lmagan, 0,01 sm
3
suvda 1
tayyoqcha bo‘lsa mutlaqo yaroqsiz deb baholanadi. Amaliyotda yer osti
suvlari ana shunday tayoqchalar bo‘lishi darajasi koli-titr
1
bilan
belgilanadi.

Ma’lum hajmdagi (1 l) suvda bo‘lgan ichak tayyoqchalarining miqdori. Agar 300
sm
3
suvda bitta tayyoqcha bo‘lsa, suvning ifloslanish ko‘rsatkichi 300 sm
3
koli-titr deb
yuritiladi.
19—M.Sh. Shermatov


2 9 0
Vodoprovod suvlarining 300 sm
3
miqdoriga 1 koli-titr to‘g‘ri kelishi
yoki har 1000 sm
3
suvdagi tayyoqchalar soni 2—3 tadan kam bo‘lishi
kerak. Agarda 300 sm
3
suvda 1 ichak tayyoqchasi uchrasa, suv xlorlanishi,
so‘ngra iste’molchiga berilishi mumkin. Shuningdek, yer osti suvlarida
azot birikmalari: nitrit-ion (
2
NO

), nitrat-ion (
3
NO

) va ammoniy-ion
(
4
NH

) ko‘p miqdorda bo‘lishi ham suvning ifloslanganligidan, unda
inson organizmi uchun zararli bakteriyalar mavjudligidan dalolat beradi.
Ichimlik suvi sifatida ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibida radioaktiv
elementlar, ularning izotoplari (Sr
90
, C) bo‘lishi juda xavfli hisoblanadi.
Ularni meoyoriy qiymati Davlat Bosh sanitariya inspeksiyasi tomonidan
belgilangan me’yordan oshmasligi lozim.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə