Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


TEXNIK MAQSADLAR UCHUN ISHLATILADIGAN



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.5.2. TEXNIK MAQSADLAR UCHUN ISHLATILADIGAN
YER OSTI SUVLARIGA BO‘LGAN TALAB
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarida, jumladan
qog‘oz, to‘qimachilik, ko‘nchilik, konserva ishlab chiqarish sanoatida,
isitish shoxobchalarini suv bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jaligida,
qurilish sohalarida yer osti suvlaridan keng foydalaniladi.
Sanoatda ishlatiladigan yer osti suvlari tiniq, rangsiz, ta’msiz va
yumshoq bo‘lishi kerak.
Bug‘ qozonlari uchun ishlatiladigan yer osti suvari tarkibidagi quruq
qoldiqning miqdori 300 mg/l dan, N
2
O
5
ning miqdori 50 mg/l dan, Cl
ning miqdori 200 mg/l dan oshmasligi, agressiv (karbonat angidrid,
oltingugurt) kislotalari bo‘lmasligi, qattiqlik darajasi qiyin tozalanadigan
qozonlar uchun 1,8, yengil tozalanadigan qozonlar uchun 3 mg.ekv/l
dan kam bo‘lishi lozim. Karbonat angidrid va oltingugurtli suvlar yuqori
yemirish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli suv tarqatish shoxobchalarida
karbonat angidrid suvlar uchun — cho‘yan, oltingugurtli suvlar uchun
asbestsement quvurlari ishlatiladi.
Karbonat angidridli va serovodordli yer osti suvlari imorat va
inshootlar zaminini tashkil etuvchi betonni yemirishi va ularning
mustahkamligiga putur yetkazishi ham mumkin. Ularning turiga va ta’sir
etish darajalariga qarab, sulfat va karbonat angidrid agressivligi yuz
beradi. Sulfat agressivlik yer osti suvlari tarkibidagi 
2
4
SO

ning miqdori
250 mg/l dan ko‘p, Cl
-
ning miqdori 1000—6000 mg/l oralig‘ida bo‘lgan
holatlarida sodir bo‘ladi. Beton uchun ishlatilgan sementni tarkibida
sulfat ionlari bo‘lganligi hamda yer osti suvining sulfatliligi tufayli
betonda kristallashish jarayoni vujudga keladi, ya’ni aluminiyning
oltingugurt-kalsiyli tuzlari bilan yangi birikmalari — gips CaSO
4
•2H
2
O
hosil bo‘ladi. Birikmalar hajmini 2—3 barobarga oshishi yuz beradi.
Bu holat o‘z navbatida betonning mustahkamligiga putur yetkazadi va
parchalanishiga, yemirilishiga sababchi bo‘ladi.


2 9 1
Karbonat angidridli agressivlik betonning asosini tashkil qilib turuvchi
CaCO
3
ning suvda erishi va yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Ma’lumki, tabiiy yer osti suvlarida erkin karbonat angidrid kislotasi va
HCO
3
ning ionlari (
2
3
CO

) bo‘ladi. Erkin holatda bo‘lgan karbonat
angidrid kislotasining bir qismi sement massasini tashkil etuvchi CaCO
3
ni eritishga va boshqa bir qismi suvdagi bikarbonat kalsiyning saqlanib
qolishini ta’minlaydi. Agar suv tarkibida erkin karbonat angidrid kislo-
tasining miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, sement tarkibidagi CaCO
3
ning
shunchalik ko‘p erishiga va betonning buzilishiga sababchi bo‘ladi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə