Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

XALQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI
VA HAR BIR BOSQICHDA BAJARILADIGAN INJENER-GEOLOGIK
QIDIRUV ISHLARI (Adabiy ma’lumotlar asosida tuzildi)


2 9 4
22.1. XALQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI LOYIHALASH
BOSQICHLARI VA INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT
ISHLARINI O‘TKAZISH
Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash uch bosqichda olib boriladi
(22.1-sxema). Har bir bosqichda esa ma’lum turdagi va hajmdagi injener-
geologik ishlari bajariladi (22.1-jadval).
Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash bosqichi aslida loyiha oldi
bosqich hisoblanib, xalq xo‘jaligi oboektlari uchun eng qulay joy tanlash,
ularni joylashtirish va qurishning texnik-ekonomik nuqtayi nazardan
mumkinligini isbotlash va texnik loyiha uchun zarur bo‘lgan dastlabki
ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Bu bosqichda rekognosirovka
injener-geologik tekshiruv ishlari o‘tkazilib, eng avvalo u yoki bu xalq
xo‘jaligi obyektini qurish mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy va injener-
geologik sharoiti to‘g‘risidagi arxiv va boshqa mavjud ma’lumotlar
yig‘iladi va yangi o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalari bilan to‘ldirila-
di. Hududning xalq xo‘jaligini rivojlanishidagi mavqe va ahamiyati
baholanib chiqiladi. Mavjud va o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini har to-
monlama o‘rganish, tahlil etish asosida gidrotexnik inshootlar majmua-
siga kiruvchi obyektlarni qurish navbati, daryo vodiylaridan energetik
maqsadlarda foydalanish yo‘llari, avtomobil va temir yo‘l qurlishlarida
yo‘l trassalarini yo‘nalishi, shaharlar qurilishlarida shahar rivojlanishi-
ning general rejasi, grajdan va sanoat qurilishida ularni qurish navbati
va hokazalar ishlab chiqiladi.
Xalq xo‘jaligi obyektlarini texnik-loyihalash bosqichi ularni bunyod
etishning eng asosiy bosqichi bo‘lib, tanlangan maydonlarda inshootlarni
joylashtirish va qurish, shu bosqichida o‘tkazilgan qidiruv-tadqiqot ishlari
natijalariga asoslangan holatda amalga oshiriladi. Loyihani tuzishda xalq
xo‘jaligi obyektlari joylashtirilishi lozim bo‘lgan maydonlar chegarasiga
ba’zi bir o‘zgartirishlar, aniqliklar kiritiladi, imorat va inshootlar turlarini,
konstruksiyasi va parametrlarini hisobga olgan holda, ularning mustah-
kamlik darajalari baholanadi, qurilish muddati, ekspluatatsiya qilish
sharoiti aniqlanadi. Umuman olganda, loyihalashning bu bosqichida
xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ishlatish jarayonida, ularning mus-
tahkamligi, boqiyligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan hamma ma’lu-
motlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar har tomonlama isbotlangan
holda taqdim etiladi.
Loyihalashning ish chizmalari bosqichida injener-geologik tadqiqot
ishlari aynan inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonlarda olib boriladi.
Bunda maxsus qidiruv, tajriba, laboratoriya tadqiqot ishlariga asosiy
e’tibor qaratilgan bo‘lib, har bir qurilayotgan imorat va inshootning
poydevor osti qismini tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibi, fizik-
mexanik xossa va xususiyatlari mukammal ravishda o‘rganiladi. Olingan
natijalar imorat va inshootlardan poydevor va poydevor osti jins
qatlamlariga tushadigan og‘rilikni aniqlashga va ana shu og‘irlikning


2 9 5
2
2
.1
-
ja
d
v
a
l

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə