Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

INJENER-GEOLOGIK SHAROIT MURAKKABLIGIGA QARAB
TEKSHIRISH NUQTALARINING SONIY QIYMATLARI O‘ZGARISHI
(A. F. Frolov, I. V. Korotkixlardan, 1990)
Tadqiqot ishlari masshtablariga qarab 1 km
2
maydonga to‘g‘ri kelgan 
tekshirish nuqtalarining soni 
Injener-geologik 
sharoitining 
murakkablik 
darajalari 
1 : 25000 
1 : 10000 
1 : 5000 
1 : 2000 
1 : 1000 
I (oddiy) 
6(2)*
700
25(9)
350
50(25)
200
200(100)
100
600(300)
60
II (o‘rtacha) 
9(3)
600
30(11)
300
70(35)
170
350(175)
75
1150(575)
40
III (murakkab) 
12(4)
500
40(16)
250
100(50)
140
500(250)
75
1500(750)
35
* Qavs ichida tog‘ qazilmalarining (shurf, burg‘i qudug‘i) soni, suratida — miqdori,
maxrajida — ular orasidagi masofa, m keltirilgan.


2 9 8
Sanoat obyektlarini injener-geologik sharoiti murakkab bo‘lgan may-
donlarga joylashtirish lozim bo‘lgan tadqdirda tekshirish ishlari 1:5000 dan
yirik masshtablarda olib boriladi. Shurf, burg‘i quduqlarining chuqurligi
50 m dan ham oshiq bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda geofizik usullar,
ayniqsa elektrorazvedka usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul tog‘ jins qatlamlari,
ularning tuzilishi, korrozion xususiyatlari, namligi, zichligi, yer osti suv-
larining chuqurligi to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olinishiga va natijada
qazilishi lozim bo‘lgan shurf va burg‘i quduqlarini ratsional ravishda joy-
lashtirishga, dala tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joylarni
belgilashga, laboratoriya tadqiqot ishlari uchun olinadigan monolit va
namunalarning kerakli miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Qurilish maydonida mukammal ravishda o‘tkazilgan dala-qidiruv,
tajriba-tadqiqot, laboratoriya tekshiruv ishlari natijalari har tomonlama
o‘rganiladi, injener-geologik sharoit komponentlarining har biri (yer sath
tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari, yer osti
suvlari, ularning tarkibi, rejimi, mavjud fizik-geologik va texnogen jara-
yonlar) olingan va arxiv ma’lumotlarini tahlil qilish, qiyoslash asosida
baholanadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqariladi, ana shu injener-
geologik komponentlarning qurilish ishlari olib borish va qurilish tuga-
gandan keyingi davrda, ya’ni imorat va inshootlardan foydalanish davrida
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlar to‘g‘risida, ularni
keltirib chiqaradigan oqibatlari to‘g‘risida miqdoriy prognoz beriladi
(bashorat qilinadi), ularni bartaraf etish chora va tadbirlari belgilanadi.
Bajarilgan va olingan tadqiqot natijalari xona sharoitida jamlanib
qurilish maydonining injener- geologik sharoiti to‘g‘ risida mukammal
hisobot tuziladi. H isobotga asosiy natijaviy ma’ lumot holatida qurilish
maydonining «I njener-geologik sharoiti» va «I njener-geologik rayonlash-
tirish» xaritalari hamda chizmalar, sxemalar, laboratoriya va dala tajriba-
tadqiqot ishlari natijalari jadvallar holatida keltiriladi. Shuningdek, hiso-
botda qo‘ yilgan masalalarni bajarilish darajasi, bajarish usullari va
bajarilgan ishlarning hajmi to‘ g‘ risida ma’ lumotlar beriladi. Shu bilan
injener- geologik loyihalashning ikkinchi bosqichi 
texnik loyiha qismida
lozim bo‘lgan hamma ishlar bajariladi.
Ayrim imoratlar va inshootlarni joylashtirish uchun bajariladigan
tadqiqot ishlari. Loyihalashning bu bosqichida o‘tkaziladigan tekshirish
ishlari aynan imorat va inshootlarning bo‘lguvchi zaminini — poydevor
tag qismining injener-geologik sharoitini o‘rganishga qaratiladi. Ularning
tabiiy zaminini tanlash yuqorida ko‘rsatilgandek, loyihalashning texnik
topshiriq bosqichida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida amalga
oshiriladi. Ma’lumki, imorat va inshootlardan tushadigan og‘irlik, eng
avvalo, ularning poydevoriga, so‘ngra poydevor orqali tog‘ jins qatlam-
lariga beriladi. Shuning uchun bu bosqichda bo‘lajak poydevor osti jins-
larining fizik-mexanik xususiyatlarini yanada mukammalroq o‘rganish-
ga asosiy e’tibor qaratiladi. Olingan natijalar:


2 9 9
1. Imorat va inshootlarning konstruksiyasiga kerakli o‘zgartishlar
kiritishga.
2. Poydevori turini, o‘lchamini va yotqizilish chuqurligini aniqlashga.
3. Tog‘ jins qatlamlariga tushadigan og‘irlikni aniqlashga.
4. Imorat va inshootlarning og‘irligi natijasida poydevor osti tog‘
jinslarining deformatsiyalanish darajalarini bashorat qilishga.
5. Imorat va inshootlarni qurish jarayonida antiseysmik chora va
tadbirlarni ko‘rishga imkon beradi.
Poydevor osti jinslarini o‘rganish maqsadida qaziladigan shurf va
burg‘i quduqlarining soni, ularning bir-birlariga nisbatan oraliq masofa-
lari injener-geologik sharoitni murakkablik darajasiga qarab belgilanadi.
Agar injener-geologik sharoit oddiy bo‘lsa, ularning oralig‘idagi masofa
50—100 m, o‘rtacha bo‘lsa, 30—50 m, murakkab bo‘lsa 20—30 m etib
belgilanadi. Kerak bo‘lgan taqdirda tajriba-tadqiqot ishlari bajariladi.
Poydevor osti jinslar deformatsiyalanish modulining qiymati 50 kg/sm
2
dan kam bo‘lgan taqdirda, bunday qatlamlar poydevor ostidan olib
tashlanishi tavsiya etiladi.
Loyihalashning bu bosqichida olib boriladigan qidiruv ish natijalari
asosan har xil hisoblashlar, chizmalar, sxemalar ko‘rinishida beriladi.
Imorat va inshootlarning konstruksiyasi, poydevori va joylashtirish
holatlariga joylash tuzatishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lib, amaliyotda
bu bosqich loyihalashning ish chizmalari bosqichi asosini tashkil etadi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə