Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

22.3. GIDROTEXNIK INSHOOTLARNI LOYIHALASH
VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
Gidrotexnik inshootlar (to‘g‘onlar, suv omborlari, ularni tashkil
etuvchi qismlari va h.k.) nihoyatda murakkab injenerlik inshootlari
hisoblanadi. Shuning uchun ularni loyihalash va qurish maqsadlarida
o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlari nihoyatda yuqori saviya
va talab darajasida o‘tkaziladi. Chunki bu inshootlar qad ko‘targan hudud
maydonining fizik-geografik, injener-geologik sharoiti o‘zgarishiga katta
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yer osti suvlarining sathi ko‘tariladi, surilish,
cho‘kish, qulash, karst bo‘shliqlarining qayta rivojlanishi, tog‘ jinslari
qatlamlarining deformatsiyalanishi, ba’zan texnogen seysmiklikni vujudga
kelish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Gidrotexnik inshootlari uchun tuziladigan loyihalar ham ma’lum
bosqichlarda olib boriladi (22.1-jadval). Bular 
loyihaoldi va loyihalash
bosqichlaridan iborat. Loyihaoldi bosqichida, eng avvalo, adabiy, arxiv
va qo‘shimcha bajarilgan injener-geologik tekshirish natijalari asosida
gidrotexnik inshoot qurilishi lozim bo‘lgan daryo vodiysining va uning
ayrim qismlarining inshoot uchun qanchalik loyiq ekanligini isbotlovchi


3 0 0
sxemasini tuzishda hamda tanlangan maydonni birinchi navbatdagi
inshootni qurish uchun loyiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligini isbotlashdan iborat.
Loyihalashning navbatdagi bosqichlarida bajarilishi lozim bo‘lgan
qidiruv ishlari ham xalq xo‘jaligining boshqa obyektlarini loyihalash
bosqichlarida bajariladigan qidiruv ishlari kabi bajariladi (22.1- jadval).
Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, asosiy bajariladigan ish turlariga
dala sharoitida olib boriladigan injener-geologik syomka, tajriba-tadqiqot
ishlari, laboratoriya sharoitida amalga oshiriladigan ishlar va olingan
barcha natijalarni tahlil etish, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish,
chizmalar, sxemalar chizish, jadvallar tuzish ishlari yokiy xonada baja-
riladigan ishlar kiradi.
Injener-geologik syomka ishlari jarayonida gidrotexnik inshootlar
quriladigan va ularning tarmoqlari o‘rin oladigan maydonlarda tarqalgan
tog‘ jinslari, ular tashkil etuvchi qatlamlarining yotish holatlari, qalinligi,
tarqalishi, burg‘i quduqlari, shurflar shtolnyalar qazish yordamida
sinchiklab o‘rganiladi, tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkaziladi, kerak bo‘lgan
holatlarda statsionar kuzatish ishlari (monitoring) tashkil etiladi. Jins
qatlamlaridan laboratoriya sharoitida o‘rganish uchun namunalar va mo-
nolitlar olinadi. Shuningdek, asosiy e’tibor yer osti suvlariga, ularning
paydo bo‘lish sharoitiga, tabiiy va texnogen, geodinamik jarayonlar-
ning mavjudligiga, tarqalish, joylashish, vujudga kelish, o‘zgarish qonu-
niyatlariga e’tibor beriladi. Ko‘rilgan hamma holatlar chizmalar, rasm-
lar, sxemalar, kesmalar yordamida aks ettirilib boriladi.
Qurilishi loyihalashtirilayogan gidrotexnik inshootning xalq xo‘jaligi-
dagi ahamiyatiga, muhimlik darajasiga hamda inshoot qurilishi lozim
bo‘lgan hududning injener-geologik sharoitining oddiy yoki murakkab-
ligiga qarab injener-geologik syomka ishlarining masshtabi (22.2- jadval),
syomka jarayonida har bir km
2
maydonda joylashtirilishi va qazilishi
lozim bo‘lgan tog‘ qazilmalarining (shurf, burg‘i quduqlari va h.k.) soni,
ular oralig‘idagi masofalari ham turlicha bo‘ladi.
Yuqoridagi tartibdagi loyihalash bosqichlari va har bir bosqichda
bajarilishi lozim bo‘lgan injener-geologik qidiruv ishlari xalq xo‘jaligining
boshqa obyektlarini jumladan, shaharlar, yo‘llar, ko‘priklar, metropoliten
va b. qurilish, hamda yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonlarida ham
qo‘llanilishi mumkin. Faqat har bir obyektni qanday hududga, qanday
injener-geologik sharoitga ega bo‘lgan maydonga joylashtirilishiga, adabiy
va arxiv ma’lumotlarining mavjudlik darajalariga qarab, obyektning xalq
xo‘jaligidagi tutgan o‘rniga qarab loyihalash va injener-geologik tekshiruv
ishlari bir, ikki, uch bosqichda olib borilishi, ba’zan bosqichlar birlash-
tirilib olib borilishi ham mumkin.
Har bir loyihalash bosqichida olib borilgan injener-geologik tadqiqot
ishlarining natijalari ma’lum hajmdagi hisobot ko‘rinishida yozilib,
kerakli buyurtmachi tashkilotlarga topshiriladi.


3 0 1
23-BOB

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə