Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Hisobotning birinchi bobida



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Hisobotning birinchi bobida xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishi
mo‘ljallangan yoki imorat va inshootlar qurilishi lozim bo‘lgan hudud-
ni fizik-geografik, geomorfologik, geologik, tektonik, seysmik, gidrogeo-
logik va injener-geologik nuqtayi nazardan o‘rganilganlik darajasi va
tarixi adabiy va arxiv ma’lumotlari asosida qisqacha bayon etiladi.
Ikkinchi bobda hududning fizik-geografik sharoiti, ya’ni iqlimi, relyef
tuzilishi, gidrografiyasi (daryolari, ko‘l, kanallar va b.), iqtosodiyoti
to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Bu omillarni bo‘lg‘uvsi imorat va
inshootlarning mustahkamligi uchun ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida fikr-
mulohazalar aytilib o‘tiladi.
Uchinchi bobda asosiy e’tibor hududning geologo-tektonik rivojla-
nish tarixiga, geologik tuzilishiga, u yoki bu maydonda tarqalgan tog‘
jins turlariga, ularning yoshiga, qalinligiga, yotish holatlariga, seysmiklik
darajasiga qaratiladi. Ularni imorat va inshootlarning mustahkamligiga,
boqiyligiga ko‘rsatadigan ta’siri baholanadi.
Tortinchi bobda hududning geomorfologik tuzilishi batafsil yoritiladi.
Relyefning asosiy elementlari (daryo vodiylari, ularning o‘zan tuzilishi,
yon bag‘irlari, terrasalari, tiklik darajalari, mutlaq va nisbiy balandligi
va b.) to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bunda ularning geodinamik va
texnogen jarayon va hodisalar vujudga kelishi, rivojlanishidagi ahamiya-
tiga e’tibor qaratiladi.
Beshinchi bobda hududning gidrogeologik holati bayon etilib, yer
osti suvlarining paydo bo‘lish qonuniyatlari, harakat yo‘nalishi, oqish
chuqurligi, miqdori, kimyoviy tarkibi, fizik xossalari hamda ana shu
xossa va xususiyatlarning fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishi, tog‘
jinslari mustahkamligiga ta’siri batafsil yoritiladi.
Oltinchi bobda hududdagi mavjud tabiiy geodinamik va texnogen
jarayon va hodisalar (surilish, cho‘kish, karst, sel va b.), ularni vujudga
kelish, rivojlanish sabablari, tarqalish qonuniyatlari batafsil yoritiladi.
Imorat va inshootlarni qurish davrida va qurib bo‘lib ekspluatatsiya qilish
mobaynida yangitdan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni,
ayniqsa, ularning deformatsiyalanish darajalarini oldindan bashoratlash
natijalari keltiriladi. Ulardan qutilish yo‘llari, bartaraf etish chora-
tadbirlari belgilanadi.
Ettinchi bobda qurilish maydonlarini tashkil etuvchi tog‘ jinslari
qatlamlarida, burg‘i quduqlari, shurflar qazish yordamida olingan
namuna va monolitlarni laboratoriya sharoitida tekshirish natijalari, dala
sharoitda o‘tkazilgan tajriba-tadqiqot, statsionar tekshirish — monitoring
natijalarini hozirgi zamon matematik-statistik usullari yordamida har
tomonlama o‘rganish va tahlil etish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar
keltiriladi. Yer yuzasidan pastga (yer ostiga) qarab hamda absolut
balandlikning ortishi bilan tog‘ jinslarining mineralogik, kimyoviy tarkibi,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlarining o‘zgarish sabablari ko‘rsatiladi.
Ana shu ma’lumotlarni tahlil qilish asosida imorat va inshootlar zami-


3 0 4
ni hisoblangan tog‘ jinslarining, ularning poydevoriga va butun konst-
ruktiv holatiga ta’sir etish darajalari belgilanadi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə