Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.4. YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA
VA XUSUSIYATLARI
Yer osti suvlarning eng asosiy fizik xossa va xususiyatlari bo‘lib,
ularning tiniqligi, rangi, ta’mi, hidi, zichligi va harorati hisoblanadi.
Tiniqligi. Yer osti suvlarining tiniqligi ularda mavjud organik, kolloid
va mexanik qo‘shimchalarning bor-yo‘qligiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq.
Tabiiy tiniq suvda bunday qo‘shimchalar bo‘lmaydi yoki juda oz
miqdorda bo‘lishi mumkin. Qo‘shimchalar miqdorini oddiy ko‘z bilan,
lupa yoki mikroskop ostida ko‘rib baholash mumkin. Yer osti suvlari
tarkibida yuqoridagi qo‘shimchalar bo‘lishi uni loyqa, quyqumli bo‘li-
shiga olib keladi. Shuning uchun bunday suvlardan foydalanishda ni-
hoyatda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Chunki ayniqsa organik qo‘shilmalarga
boy suvlar serquyqumli bo‘ladi. Ularning organik moddalarga boy ekanlik
darajalari organik birikmalarni oksidlash uchun sarf bo‘ladigan kislorodni
yoki kaliy marganes oksidi (KMnO
4
) miqdori bilan baholanadi. 21 mg
organik birikmali suvni oksidlash uchun 1 mg O
2
yoki 4 mg KMnO
4
kerak bo‘ladi. Ichimlik suvlarda oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan KMnO
4
ning miqdori 10 mg/l dan oshmasligi zarur (Sedenko, 1979).
Rangi. Toza ichimlik suvi rangsiz bo‘ladi. Yer osti suvi rangining
o‘zgarishi uning tarkibida u yoki bu qo‘shimchalar mavjudligidan dalolat
beradi. Agarda suvning rangi sarg‘ish, qo‘ng‘ir tusda bo‘lsa, uning
tarkibida qo‘shimcha holatdagi temir, organik birikmalar borligidan,
ko‘kish, zangori (havorang) rang esa suvda oltingugurtning miqdori
balandligidan dalolat beradi. Gumus miqdori, marganes elementining
ko‘pligi esa suvga qoramtir tus beradi. Suvning rangi amaliyotda mavjud
bo‘lgan rang etalonlari yordamida baholanadi.
Ta’mi. Yer osti suvlarining ta’mi ham ularning tarkibida mavjud
bo‘lgan mineral moddalarga, gaz va boshqa qo‘shimchalarga bog‘liq.
Suv tarkibida NaCl miqdori har bir litriga 500 mg dan kam bo‘lsa
chuchuk, 500—600 mg dan oshiq bo‘lsa, sho‘rtang ta’m beradi. Shu-
ningdek, MgSO
4
ning me’yoridan oshiqligi — achchiq, organik moddalar
bo‘lishi — chuchuk, Ca(HCO
3
)
2
, Mg(CHO
3
)
2
tuzlarining bo‘lishi yoqimli
ta’m beradi.
Hidi. Toza ichimlik tabiiy suvning hidi bo‘lmaydi. Faqat ba’zi mineral
suv manbalari — buloq suvlari yoki o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lgan tog‘
jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarining ta’mi bo‘ladi.
Bunga sabab yer osti suvlarida oltingugurtning u yoki bu darajada erigan


2 8 7
holatda bo‘lishi hisoblanadi. Yer osti suv manbalariga har xil chiqindi
mahsulotlari eritmalarining sizib o‘tishi ham suvga ma’lum darajada
hid berishi mumkin.
Harorati. Yer osti suvlarining harorati suvli tog‘ jins qatlamlarining
yotish chuqurligiga, suv tarkibidagi tuz va gazlarning turlariga, ularning
miqdoriga, geografik o‘rniga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan,
Toshkentoldi, Farg‘ona mineral suv havzasidagi neogen, paleogen,
yuqori bo‘r, paleozoy davri jins qatlamlaridan yer sathiga oqib chiquvchi
suvning harorati 34—43°C dan 65—72°C oralig‘ida o‘zgarishi ma’lum.
Olimlarning ma’lumotiga qaraganda respublikamiz yer osti suvlarining
harorati chuqurlikning har 100 metr pastga qarab oshishi bilan 2,05—
4,5°C dan 7—8°C miqdorida oshishi aniqlangan. Bu holatni hisobga
olinadigan bo‘lsa, yer osti suvlarining harorati 2000—5000 m chuqurlikda
50—150°C, 7000—8000 m chuqurlikda 200—250°C ga borishi mumkin
(B. A. Beder, A. S. Xasanov va b, 1971).
G. B. Bogomolovning ma’lumotlariga ko‘ra yer osti suvlari tarkibi-
dagi NaCl tuzi miqdorining oshishi bilan hamda O
2
, H
2
S gazlar
miqdorining kamayishi bilan uning harorati 25°C dan 100°C ga oshadi
(21.5-jadval).
21.5-jadval

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə