Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


ENG ASOSIY MAGMATIK TOG‘ JINSLARI



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

ENG ASOSIY MAGMATIK TOG‘ JINSLARI
(mavjud manbalar asosida tuzilgan)
SiO
2
va Na
2
O+K
2

miqdoriga qarab 
guruhlanishi 
Intruziv 
Effuziv 



1. Nordon 
65—75 va 6—8 
Granit 
Granodiorit 
Liporit (kvarsli porfir) 
2. O‘rta 
52—65 va 1—4 
Diorit 
Sienit 
Andezit (andezitli porfir) 
Traxit (traxitli porfir) 
3. Asosiy 
45—52 va 1—4 
Gabbro 
Labradorit 
Bazalt (bazaltli porfir) 
Diabaz 
4. Ultra asosiy 
35—45 va 0—1 
Peredotit 
Pirokoanit 
Dunit 
Pikrit 
Kimberlit 
5. Ishqoriy* 
8—20 
Nefelinli 
Sienit 
Oratklazli porfir 
Fonolit 
* Ishqoriy metall oksidlari — Na
2
O+K
2
O ning miqdori SiO
2
ning miqdori bo‘yicha
o‘rta, qisman nordon jinslarga to‘g‘ri keladi (Zaridze, 1988).
4.2.1 INTRUZIV TOG‘ JINSLARINING
ENG ASOSIY VAKILLARI
Granitlar asosan kvars (35—45), dala shpati (60—70) hamda qis-
man sluda va rogovaya obmanka (3—4%) minerallaridan tashkil top-
gan intruziv tog‘ jinsidir. Granitlarni tashkil qilib turgan minerallar to‘liq
kristallangan yirik, o‘rta, mayda donalardan iborat bo‘lib, unda mineral
donalari tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Ular oq, qizg‘ish, kulrang, ko‘kish
tusda bo‘lib, bu ranglarni hosil qilishda minerallarning turi va miqdori
asosiy o‘rinni egallaydi. Mustahkamlik darajasi tog‘ jinslarini tashkil
qilib turgan minerallarning turiga, nurash jarayoniga, tektonik yoriq-
larning mavjudligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Granodioritlar tarkibida plagioklaz (70—90%), ortaklaz-mikroklin
(10—13%), kvars (15—35%) bo‘lgan intruziv tog‘ jinsidir. Mustahkam-
ligi, hajm og‘irligi, g‘ovakligi hamda boshqa xossa va xususiyatlari
jinsning tarqalgan hududlarini fizik, tektonik sharoitiga qarab o‘zgarishi
mumkin.
Dioritlar plagioklaz, dala shpati (50—70%), rogovaya obmanka (30—
50%), qoramtir minerallardan va sludalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Bu jinsda kvars ko‘p miqdorda bo‘lsa, kvarsli diorit deb nomlanadi.
Dioritlar granitli batalitlarni chekka qismlarida yirik bo‘lmagan shtok,
intruziv tomirlar holatida uchraydi.


5 7
Siyenitlar tarkibida kvars mineralining bo‘lmasligi, plagioklaz (0—
20%) bo‘lishi, asosan ortoklaz va mikroklin minerallaridan tuzilganligi
bilan xarakterlidir. Siyenitlar dayka va shtok holatida uchraydi.
Gabbrolar boshqa intruziv jinslaridan asosan qora rangli dala shpat-
laridan (plagioklaz va pirokenlardan) tashkil topganligi, tarkibida kvars,
sluda minerallari bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Bu jinslar o‘z strukturasi
1
va teksturasi
2
bilan granit, diorit, siyenitga o‘xshash bo‘lsa-da o‘ta mo‘rt-
dir. Tabiatda yirik lakkolit, shtok, dayka holatida uchraydi. Tarkibida
aksessor minerallardan apatit, ilmenit, magnetit, ba’zan xromit uchraydi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə