Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Mezosferada yuqoriga ko‘tarilish bilan harorat pasayib boradi. Havo oqimi bu qatlamda turbulent harakatga ega.  Termosfera



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Mezosferada yuqoriga ko‘tarilish bilan harorat pasayib boradi.
Havo oqimi bu qatlamda turbulent harakatga ega. 
Termosfera harorat-
ning yuqoriga qarab oshib borishi bilan ajralib turadi. Agar 90 km
balandlikda harorat 90°C ni tashkil qilsa, 400 km da 1000—2000° ga
o‘zgaradi (Zigel, 1988).


5 3
UCHINCHI QISM
4-BOB
TOG‘ JINSLARI
4.1. TOG‘ JINSLARI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Yer sharining qayeriga bormaylik, oyog‘imiz ostida goh sog‘-gil tup-
roqlarni, goh qumlarni, shag‘al, xarsang toshlarni, goh turli tarkib, xossa
va xususiyatlarga ega bo‘lgan qoya toshlarning guvohi bo‘lamiz. Bir
yerda ularning ustida paxtazorlar, bog‘-rog‘lar barq urib o‘sayotganini,
yashnayotganini ko‘rsak, ikkinchi bir yerda ularning ustida 1—100 hatto
bundan ham ko‘p qavatli imoratlar qad ko‘tarib turganini, suv ombor-
larini, katta-katta kanallarni, gidrotexnika inshootlarni, ko‘priklarni,
avtomobil, temir yo‘llarni, chuqurligi bir necha yuz metrga yetadigan
shaxtalarni, aerodromlarni, kosmodromlarni ko‘ramiz. Ana shu rizqi-
ro‘zimizning manbayi, u yoki bu inshootlarning zamini hisoblangan
sog‘ va gil tuproqlar, qumlar, shag‘al, xarsang toshlar, qoya toshlar
(granitlar, granodioritlar va b.) hammasi geologiya fanida birgalikda
tog‘ jinslari deb yuritiladi.
Bu jinslar o‘z tarkibiga ko‘ra 
monomineralli (bir mineralli) va
polimineralli (bir qancha mineralli) bo‘ladi. Monomineralli jinslarga
misol qilib ohaktoshni, dolomit, gips tog‘ jinslarini, polimineralli
jinslarga ega granit, granodiorit, gil, lyoss jinslarini ko‘rsatish mumkin.
Jumladan, faqat lyoss jinslari tarkibida 100 ga yaqin minerallar bo‘lib,
ulardan 60 tasi jins hosil qiluvchi klastogen minerallari bo‘lib hisoblanadi.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 
tog‘ jinslari deganda yer
qobig‘ining katta qismini tashkil etuvchi, bir va bir qancha minerallar-
dan tuzilgan, doimiy kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan ayrim-ayrim geologik
birikmalar tushuniladi.
Planetamizda tarqalgan hamma tog‘ jinslari o‘zining paydo bo‘li-
shiga, yotish holatlariga, mineralo-kimyoviy tarkibi, xossa va xususi-
yatlariga qarab uch asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Magmatik. 2. Cho‘kindi.
3. Metamorfik.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə