Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Planetamiz harorati. Yer yuzida vujudga keladigan hodisa, jarayon-
larning rivojlanishida yerning ustki va ostki qismlaridagi issiqlik
energiyasi katta rol o‘ynaydi. Issiqlik energiyasi asosan ikkita manba —
Quyosh energiyasi va yerning ichki qismlaridagi uran, radiy, toriy, kaliy
kabi elementlardan ajraladigan issiqlik tufayli paydo bo‘ladi. Quyosh
energiyasi ta’siri yer yuzining tuzilishiga, yerning ustki qobig‘ini tashkil
etuvchi mineral jins qatlamlarining issiqlikni yutish va qaytarish xusu-
siyatlariga, o‘simlik dunyosining tarqalishiga, planetamizdagi suv man-
balari — gidrosferaga, havo massasining oqimiga bog‘liq bo‘lib, yer yuzi-
ning turli qismlarida turlichadir. Masalan: dengiz sathidan asta-sekin
4—M.Sh. Shermatov


5 0
pasttekislikka, so‘ngra baland tog‘larga ko‘tarilib borsak, havo harorati-
ning o‘zgarib borishini ko‘ramiz. Agar Toshkentda — dengiz sathidan
479 m balandlikda o‘rtacha yillik harorat 13,5°C bo‘lsa, Chimyonda —
1438 m balandlikda 8,12°C, Angren platosida (yassi tog‘ida) — 2280 m
balandlikda 4,3°C dir. Issiqlikning ikkinchi turi ham yer qobig‘i
qatlamlarini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari tarkibi, xossa-xususiyatlari,
yotish holatlariga, gidrogeologik sharoitiga, radioktiv elementlarning tog‘
jinsi tarkibidagi miqdoriga qarab, turlicha bo‘lishi mumkin.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yer
sathidan pastga qarab haroratning ma’lum darajada o‘zgarib borish
zonalari ajratilgan. Bular: 1. Mavsumiy o‘zgarish zonasi; 2. Doimiy
haroratli zona; 3. Yer yuzasi haroratiga bog‘liq bo‘lmagan zona.
Mavsumiy o‘zgarish zonasi yer sathidan 2—15 m gacha, doimiy haro-
ratli zona 15—35 m gacha va yer yuzasining haroratiga bog‘liq bo‘lma-
gan zonaning chuqurligi planetamizning turli chekkalarida turlichaligi
bilan xarakterlidir. Masalan: Parij observatoriyasi maydonida 23 metr
chuqurlikda 100 yil mobaynida harorat doimo 
+
11,83°C, Moskvada
1882-yildan buyon 20 m chuqurlikda 
+
4,2°C (Islomov, Shorahmedov,
1971), Toshkent atrofi hududida 25—30 m chuqurlikda harorat o‘zgar-
maydi (Mavlonov, 1985).
Umuman, doimiy haroratli zonadan boshlab yer qa’riga kirib bor-
gan sari, harorat o‘rtacha har 33 m da 1°C oshib borishi kuzatilgan.
Haroratning bunday oshib borishini geotermik bosqich, deb yuritiladi.
AQSH hududida bu bosqich 33 bilan 45 metr o‘rtasida (ya’ni har
33 va 45 m chuqurlikda harorat 1°C ga oshib borishi), g‘arbiy Yevropada
25 bilan 36 m, Toshkent oldi hududida 25—30 m (Mavlonov, 1985)
orasida o‘zgarishi mumkin. Professor O. K. Langening ma’lumotiga
ko‘ra, Shimoliy Kaspiy bo‘yida parmalangan quduq chuqurlashgan sari
harorat quyidagicha oshib borgan: 500 m chuqurlikda 42,2°, 1000 m da
52,2°, 1500 m da 69,9° 2000 m da 80,5°, 2500 m da 94,4°, 3000 m da
108,3°.
Yer qobig‘ini (litosferani) yana bir qancha tashqi qobiqlar: gidro-
sfera, biosfera, atmosfera o‘rab turgan bo‘lib, ular Yerning ustida va
ichki qismlarida vujudga keladigan hodisa hamda jarayonlar sodir
bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə