Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Gidrosfera. Gidrosfra planetamizdagi suv havzalarini (ko‘llarni,
daryolarni, yer osti suvlarini, dengiz va okeanlarni) birlashtirib turadi.
Bu suv qobig‘ining o‘rtacha qalinligi 3,5—3,7 km bo‘lib, yer yuzining
70,8% ini (361 mln km
2
) tashkil etadi. Gidrosfera o‘zining hozirgi
vaqtdagi tutgan o‘rniga qarab, turli fizik va kimyoviy xossalarga egadir.
Faqat dengiz suvlaridagina 30 dan ortiq kimyoviy elementlar bo‘lib,
ular tuz va boshqa birikmalar holatida uchraydi. Mutaxassislarning hisob-


5 1
lashlaricha, agar dengiz va okeanlar suvi tarkibidagi tuzlar cho‘ktirilsa,
butun okean tubi 60 metr qalinlikdagi tuz qatlami bilan qoplanar ekan.
Biosfera. Olimlarning uzoq vaqt olib borgan tadqiqotlar natijasida
hozirgi vaqtda planetamizda bir milliondan ortiq hayvonot turlari va
500 mingdan ortiq o‘simlik turlari borligi aniqlangan. Hayvonot va
o‘simliklar dunyosining turlari Yerning uzoq geologik tarixiy taraqqiyoti
davomida Yer iqlimining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda bo‘lgan. Shu
bilan birga hayvonot va o‘simliklar dunyosi mavjud tog‘ jinslarining
hosil bo‘lishida katta geologik ish bajarishgan. Tog‘ jinslarini paydo
qiluvchi hayvonot dunyosi foraminiferalarni, sapropelitlarni, ko‘mir,
torf hosil qiluvchi o‘simliklarni ko‘rsatish mumkin. Tog‘ jinslarining
tarkibi va xossa-xususiyatlarini o‘zgartirishda ko‘zga ko‘rinmaydigan
3.4-rasm. Yer atmosferasining tuzilishi (F.Yu.Zigeldan, 1988):
1 dengiz sathi; 2 — troposfera; 3 — tropopauza; 4
 — stratosfera;
5
 stratopauza; 6 mezosfera; 7 — mezopauza; 8 — termosfera;
9 — ionizatsiyaning asosiy maksimumi; 10
  ekzosfera; 1 — ionosfera.


5 2
organizmlar — mikroorganizmlarning ahamiyati juda ham katta. Ba’zi
mikrobiologlarning aniqlashlaricha, 1 g tog‘ jinsi tarkibidagi mikroor-
ganizmlarning soni 18—25 mingdan oshib ketishi aniqlangan. Bu esa,
tog‘ jinslarining nurashida yetakchi kuch ekanligidan dalolat beradi.
Atmosfera. Yerning yuqori qobig‘ida bo‘ladigan yoki bo‘layotgan
hodisa va jarayonlar atmosfera bilan, atmosferadagi bo‘layotgan hodisa
va jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Atmosfera Yerni o‘rab ol-
gan havo sferasi bo‘lib, bu sferaning qalinligi 1000—1500 km ga boradi.
Taxminan shu balandlikdan keyin atmosfera kosmik fazoga o‘ta
boshlaydi. Atmosferaning yerga yaqin qismida 73,084 protsent azot,
20,246 protsent kislorod, 0,934 protsentga yaqin argon, 0,033 protsentga
yaqin karbonat angidrid gazi va 0,033 protsent boshqa: neon, geliy, suv
bug‘i kabi turli gazlar bo‘lib, bu gazlar bilan yer qobig‘ining ustidagi
cho‘kindi tog‘ jinslarning hosil bo‘lish jarayonida uzluksiz almashinish
jarayoni bo‘lib turadi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, yer qobig‘idagi
ikkinchi bir hodisa hamda jarayonlarning kelib chiqishida, rivojlanishida
katta geologik kuch bo‘lib hisoblanadi.
Atmosferani haroratning pastdan — yer sathidan yuqoriga o‘zgarib
borishiga qarab troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera qat-
lamlariga ajratiladi (3.4-rasm). 
Troposfera yer yuzasiga yaqin qatlam
bo‘lib, balandlik tomon bu qatlamda harorat har kilometrga 6,5°C ga
kamayib boradi. Ob-havoning o‘zgarish jarayoni shu yerda yuz beradi.
Stratosfera 50—55 km balandlikkacha bo‘lgan fazo bo‘shlig‘ini egallaydi.
Uning pastki qismida harorat birmuncha bir xil bo‘lsa-da, 25 km dan
keyin 0—10°Cga pasayib boradi. Bu harorat fasllar mobaynida o‘zgarib
turadi. 

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə