Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Asosiy mexanizmlarni o'rganish



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə28/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Asosiy mexanizmlarni o'rganish.
Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok www.ziyouz.com kutubxonasi etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasawurlar shakllanayotganligiga bog'liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o'rganish zaruriyatini vujudga keltiradi. Kishilaming birbirini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo'lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi. Dastlab, bu atama J. Bruner tomonidan 1947-yilda ishlatilgan bo'lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama ijtimoiy obyektlami, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin: o'z guruhiga mansub individni, boshqa guruhga mansub individni, o'zining guruhini, o'zga guruhni. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin: o'z individini, o'zga guruh individini, o'zini, o'zga guruhni. Muloqot jarayonida insonlar bir-birini idrok etar ekan, bunda attraksiya (o'ziga jalb etish) jarayoni yuz berishi, ya’ni idrok etilayotgan kishiga nisbatan «yoqtirish hissi» paydo bo'lishi mumkin. Attraksiya subyektning persepsiya obyektiga nisbatan bo'lgan emotsional munosabati sifatida shakllanadi. Muloqot ishtirokchilari o'z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg'ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxs boshqa odamlarning tashqi qiyofasi, ulaming fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ularga qo'llanadigan kommunikativ vositalar orqali o'zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ulaming qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to'g'ri keladi. X Taniqli psixolog S.L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ulaming xulq-atvoriga qarab mo'ljal olamiz. Negaki, biz ulaming tashqi ma’lumotlari mohiyatini go'yo «o'qib», ya’ni «mag'zini chaqib» chiqamiz, shu yo'sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo'lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o'qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo'ladi.» (Rubinshteyn S.L. Prinsipы i puti razvitiya psixologii. M. RSFSR. PFA nashr. 180-bet). Muloqotning perseptiv jihati — kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Birbirini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir: www.ziyouz.com Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə