Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-MAVZU: SHAXSLARARO O’ZARO TA’SIR NAZARIYASI



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə30/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

11-MAVZU: SHAXSLARARO O’ZARO TA’SIR NAZARIYASI
Asosiy savollar
1.Shaxslararo o’zaro ta'sir nazariyalari: o’zaro ta'sir almashinuv sifatida.
2.simvolik interaksionizm ( D.Mid). etnometodologiya.
3.F.Bernning tranzakt analizi.


Tayanch so’z va iboralar: almashuv nazariyasi, ramziy interaksionizm, – psixoanalitik nazariya, to‘yish – ochlik, nosimmetrik, transakt tahlil,


SHaxslararo o‘zaro ta’sir nazariyalari: o‘zaro ta’sir almashinuv sifatida
Shaxslararo o‘zaro ta’sirning bir qancha nazariyalari mavjud:
– almashuv nazariyasi (J.Xomans,P.Blau);
– ramziy interaksionizm nazariyasi (Dj. Mid, T. Blumer);
– taassurotlarni boshqarish nazariyasi (E. Gofman);
– psixoanalitik nazariya (E. Freyd) va boshqalar.
Almashuv nazariyasi ijtimoiy xulq-atvorni bir-biri bilan moddiy va nomoddiy uzluksiz ruhiy bixeviorizmga asoslangan almashuv jarayonida bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’siri deb biladi. Bixeviorizmga binoan inson-ning xatti-harakati quyidagi asosiy qonunga bo‘ysunadi: shaxsning ijtimo-iy faoliyati qanchalik ko‘p taqdirlansa, u shu faoliyatni shunchalik ko‘p amalga oshirishga harakat qiladi. Agar shaxs boshqa bir shaxs bilan bo‘la-digan o‘zaro ta’sirdan o‘ziga ijobiy natija kutsa, u kontakt (aloqa)ni davom ettiradi, kutilgan natijaga erishmasa, aloqani to‘xtatadi. Kontakt muayyan sarf-xarajatlar bilan kechadi. Agar odam aloqadan xarajatdan ko‘ra ko‘p-roq ijobiy natijaga erishsa, munosabatlar barqaror bo‘ladi (M.Doych).
Qadriyat vaziyati shaxs uchun ma’lum bir natijaga erishish qanchalik qimmatli bo‘lsa, natijaga erishishga shunchalik ko‘p intilishini ko‘rsatadi.
“To‘yish – ochlik” vaziyati insonning o‘tmishda qanchalik ko‘p taq-dirlansa, uning yana taqdirlanishi shunchalik kam qiymatga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.
“Agressiya va qo‘llab-quvvatlash” vaziyatiga ko‘ra inson o‘zi kut-gan mukofotni olmasa yoki jazolansa (kutilmaganda), u agressivligini na-moyon qiladi, bunday xatti-harakat natijasi shu shaxs uchun qimmatlidir. Shunday qilib, ijtimoiy aloqa quyidagilar asosida o‘rnatiladi va qo‘llab-quvvatlanadi:
1) agar ijtimoiy aloqa shaxsiy maqsadga muvofiqlikka mos bo‘lsa va sarflangan harakat taqdirlanishdan ortiq bo‘lmasa;
2) o‘zaro bitimga kelish mumkin bo‘lsa hamda to‘lov mezoni va ij-timoiy o‘zaro ta’sir barcha ishtirokchilarining taqdirlanishi birligi ta’min-langanda. Tomonlardan birining manfaatlari tazyiq ostiga olinganda, u bu aloqalarni qaytadan ko‘rib chiqishga intiladi, ularni yangidan tartibga so-lishga harakat qiladi, natijada nizolar uchun asos paydo bo‘ladi.
Ushbu vaziyatlar kishilarniig o‘zaro ta’siri o‘zaro foydali va simmetrik bo‘lgandagi xatti-harakatini tushuntirish uchun qo‘l keladi, lekin bu naza-riya orqali hokimiyat, zo‘rlik, ijtimoiy tengsizlikni tushuntirish qiyin.
Nosimmetrik munosabatlarni tushuntirish uchun Xomans eng kam manfaat tamoyilini ilgari suradi. Unga ko‘ra, eng kam manfaatdor bo‘l-gan shaxs vaziyatning boshqa ishtirokchilariga almashuv (aloqa) shart-larini bajarishga majburlashi mumkin. Natijada hukmronlik vujudga keladi. Chunki bir kishi aloqada bosh-qalarni ko‘proq taqdirlash imkoniga ega. Xomans bunday munosabatlarni aloqaning nosimmetrik ko‘rinishi deydi.
Nizolar – ijtimoiy faoliyatning keng tarqalgan shaklidir. Nizolar aso-sida odamlarning bir-biri bilan kelisha olmasligi, ziddiyatlar, shuningdek, talab, manfaat, maqsadlari turlicha bo‘lgan kurashuvchi tomonlarning mavjudligi yotadi. Bunda bir tomonning maqsadlari boshqalarning o‘z maqsadiga erishishiga xalaqit beradi, ya’ni raqobat nizoli vaziyatning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Nizolarni yuzaga keltiruvchi kuchlar – bu alohida shaxs emas, balki ko‘pchilikni birlashtirgan ijtimoiy guruhlardir. Hokimiyatini amalga oshi-rish bilan bog‘liq ijtimoiy guruhlarning manfaatlari o‘rtasidagi angla-shil-movchiliklar shu ma’noda siyosiy tusga ega bo‘lishi ham mumkin. Bu kabi yirik guruhlar birlamchi (bevosita ishtirokchilari), ikkilamchi (keyinchalik aralashuvi) va uchlamchi (bartaraf etish tarafdorlari) bo‘lishlari mumkin. Ijtimoiy nizolar yuzaga chiqishidan oldin ko‘pincha yashirin tarzda kecha-digan nizo vaziyati bo‘lib, u biror-bir tashqi voqea, ta’sir orqali ochiq tusga kirishi mumkin. Ba’zan qonunning buzilishi shu narsaga sabab bo‘ladi.
Umuman olganda, ijtimoiy nizolar turli shakllarda kechadi. Masalan, manfaatlar nizolari jamiyatdagi mavjud milliy daromadni taqsimlash, so-liqning hajmi, ijtimoiy ta’minot kabi muammolar yuzasidan kelib chiqadi. Qadriyatlar nizolari esa, jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida, ba’zan av-lodlar o‘rtasida kelib chiqadigan ko‘ngilsizliklardir. O‘z-o‘zini belgilash ni-zolari shaxs o‘zini yashab turgan jamiyati va davlati bilan emas, balki biror-bir alohida, ajrim holdagi (etnik, diniy va h.k.) bilan ko‘proq tarzda mujas-samlashtirishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, mamlakatimizda faoli-yati oshkor bo‘lib qolgan ba’zi bir diniy ekstremistik to‘da a’zolari o‘zlarini O‘zbekiston davlati, o‘zbek jamiyati bilan emas, qandaydir “xalifalik”, “amirlik” bilan mujassamlashtirib yurishgan ekan. El-yurt qadrini bilmagan bunday kimsalar endi sharmisor bo‘lib, tavba-tazarru qilishmoqda.
Siyosiy nizolar shunisi bilan farq qiladiki, ular ayrim olingan guruhlar, toifalar o‘rtasidagi emas, balki siyosiy hokimiyat subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi anglashilmovchiliklardir. Ular aslida siyosiy munosabat-larning shunday holatiki, bunda turli tomonlar va kuchlar hokimiyat uchun nokonstitutsiyaviy asosda kurash olib boradilar. Shu o‘rinda demokratiya me’yorlari siyosiy nizolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Nizolar quyidagi turlarga bo‘linadi: kognitiv (kishilarning nuqtayi na-zari kurashi) shaxslararo, shaxslar va guruhlararo ijtimoiy nizo (turli ij-timoiy hamjamiyatlar – sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institutlar to‘qnashuvi) ga o‘sib o‘tishi mumkin.
Nizolar realistik va norealistik bo‘lishi mumkin. Realistik nizolar aniq natijalarga erishishga qaratilgan bo‘lib, ular ishtirokchilarning ba’zi bir noto‘g‘ri talablari yoki muayyan imtiyozlarning nohaq taqsimlanishi va resurslarning cheklanishi (hokimiyat, boylik, hudud) bilan vujudga keladi
Norealistik nizolar to‘planib qolgan salbiy emotsiya, xafagarchilik, dushmanlikning ifodalanishidir, bunda kuchli nizoli o‘zaro ta’sir natijaga erishish vositasi emas, balki yolg‘iz maqsad bo‘lib qoladi.
Nizolar quyidagi guruhga ham ajraladi:
*destruktiv nizo samarali o‘zaro ta’sirni izdan chiqarib, ikki tomonga zarar keltiradi;
*konstruktiv nizo ziddiyatlarni aniqlash, ularni hal qilish, ilgari harakat qilish, rivojlanishga turtki bo‘ladi.
A.Kozerning fikricha, nizo faqat ijobiy yoki faqat salbiy oqibatga ega bo‘lmaydi, balki bir paytning o‘zida ham salbiy, ham ijobiy oqibatga ega bo‘lishi mumkin. Nizo ijtimoiy o‘zaro ta’sir shakli sifatida ijtimoiy struk-turani shakllantirish, standartlashtirish va qo‘llab-quvvatlash vositasi hi-soblanadi.
Arastu, Gobbs, Gegel, Veber, Darendorf kabi mutafakkir va siyosat-chilarning ko‘plab asarlarida nizolar me’yordan chetga og‘ish emas, balki ijtimoiy munosabatlar me’yori, jamiyatning normal holati deb ta’riflanadi.
Nizolar nazariyasi nizoni ijtimoiy rivojlanish manbayi, ijtimoiy dunyoni o‘zaro kurashayotgan jang maydoni deb qaraydi.
Hokimiyat egalari uni saqlab qolishga, boshqalar esa vaziyatni o‘zgar-tirishga intiladi. Darendorfning fikricha, rollar tarkibi ayni bir paytning o‘zida ham hamkor, ham nizoli manfaatlarni keltirib chiqaradi.
Sotsiolog Jon Reks ijtimoiy tartib taqsimoti ustidan nazorat o‘rnatuvchi ayrim guruhlarning shaxsiy hokimiyatini himoya qilishning ongli natijasi, degan xulosaga keladi.
Har qanday ijtimoiy tizim resurslarni cheklash bilan to‘qnashadi va ularni taqsimlash mexanizmiga ega bo‘ladi:
– iqtisodiy taqsimot;
– hokimiyat munosabatlari iqtisodiy taqsimot tizimidagi har qanday tartibsizlikning oldini oladi;
– qadriyatlar hokimiyat taqsimotining qonuniyligini himoya qiladi;
– diniy e’tiqod va marosimlar qadriyatlarga qat’iy bo‘ysunish mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Integratsiya va ijtimoiy tartib taqsimot jarayonining natijasi hisob-lanadi.



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə