Gumaniter fanlar


OʻZBEKISTONDA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK



Yüklə 45,85 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü45,85 Kb.
#105302
1   2   3   4   5
Gumaniter fanlar

3.OʻZBEKISTONDA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qaraldi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mahsuli sifatida bozor iqtisodiyotining samarali harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan institutsional asoslar, shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan bir qatorda, davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.
O’zbekistonda raqobat siyosati: Asosiy sanalar

  • 2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va O’zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;

  • 1992 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;

  • 1996 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi;

  • 2000 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo’mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;

  • 2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi akolatlar berildi.

  • 2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog’lom raqobat muhini yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi.

Iqtisodiyotda kechayotgan ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, monopoliyaga qarshi organlar institutlarini yanada mustahkamlash, 90 yillarda va 2000 yillarning boshlaridagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklarni takomillashtirish masadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qildindi:
1996 yil 27 dekabrda O’zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida” Qonuni qabul qilindi.
Yangi qonun qoidalari ikkita asosiy yo’nalishlar bo’yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lib, bular:
monopol mavqeini suiste’mol qilish ustidan nazorat o’rnatish va unga yo’l qo’ymaslik;
- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni yaratish;
- 1997 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida” Qonuni qabul qilindi;
- 1996 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonuni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasida raqobatni rivojlantirishga yo’naltirilgan asosiy islohotlar:
Ushbu jaryon uch bochqisda amalga oshirildi:
1-bosqich (1991-1999 yy.) Raqobat muhitini shakllantirish uchun bozor mexanizmlarini yaratish:
-1992 yil 2 iyulda – “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va O’zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
-1992 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
-1996 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi.
Shu yilda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2-bosqich (2000-2010 yy). Monopolist korxonalarni monopoliyadan chiqarish, bo’lib yuborish va qayta tashkil etish:
2000 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirli tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo’mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi.
2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi.
Qo’mitaga yangi nom berildi – O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi.
3-bosqich (2010 yildan boshlab) Moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni joriy etish.
2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va uning tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash funktsiyasi bekor qilindi.
2012 yil – ikkita davlat qo’mitasini qo’shilib ketishi orqali yana qisman o’zgarish bo’ldi.
2019 yilda “Raqobat to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi № PQ-4126-sonli “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi vazifa, funktsiya va vakolatlar berildi.
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi. Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘z faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir: monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
- davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan xoli qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni ta’minlash;
- raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;
- monopolistik faoliyatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi o‘z ustun, mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik, insofsiz raqobatga va iste’molchilar manfaatlari kamsitilishiga chek quyish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin Reyestr deb ataladi);
- ishda oshkoralikni ta’minlash, iqtisodiyotni monopoliyadan xoli qilish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
-monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
-tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish tug‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
-davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
-xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash va ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
- litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirishlar berish;
-tovar brzorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
-bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitaldagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning o‘ttiz besh foizdan ortig‘ini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning ta’sis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliyasanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashqil etish hollari bundan mustasno;
- bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yo‘llar bilan olishi.
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa yoxud ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish xaqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.
Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs ko‘rsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan so‘ng o‘n besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan xolda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi bo‘lganida, ya’ni:
- bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin bo‘lsa;
-uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatdan o‘zaro uzviy bog‘lanish bo‘lmaganida;
- bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.
V. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
19-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni to‘lash
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining o‘z tekshiruvlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos bo‘ladi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda jo‘natiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan ko‘rsatma ham xuddi shu muddatda jo‘natiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (ko‘rsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi bo‘lganlari taqdirda bunday qarorni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qo‘llashga doir qarorni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilin’an kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini ko‘zlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.

XULOSA
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimini belgilaydigan, monopoliya va raqobat o'rtasidagi munosabatni tavsiflovchi ilmiy iqtisodiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish quyidagi xulosalarga asos beradi:
1) Raqobat - (lotincha concurrere - to'qnashmoq) - mustaqil iqtisodiy sub'ektlarning cheklangan iqtisodiy resurslar uchun kurashi. Bu tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, eng yuqori foyda olish uchun eng yaxshi, iqtisodiy jihatdan qulay sharoitlar uchun raqobat;
2) mahsulotni farqlash darajasiga qarab raqobat bir hil, bir hil (farqlanmasdan) va heterojen, heterojen (farqlash bilan) ga bo'linadi;
3) raqobat sohaga erkin kirib borish darajasini hisobga olgan holda ochiq, yopiq va yarim yopiq bo'linadi;
4) Raqobatning uch turi mavjud: funktsional, o'ziga xos, ob'ektiv. Raqobat funktsiyalarining ro'yxati xilma-xil bo'lib, tartibga solish, tarqatish, innovatsiya, nazorat kabi funktsiyalarni ta'kidlash kerak;
5) raqobat mohiyati tovar ishlab chiqaruvchilarning kapital qo'yilmalarning eng foydali yo'nalishlari bo'yicha raqobatida, tayyor mahsulotlar bozorlarini, xomashyo manbalarini izlashda namoyon bo'ladi;
6) Nomukammal raqobatbardosh bozorlarda, yuqori raqobatbardoshlikdan farqli o'laroq, sotuvchilar o'z mahsulotlarini ishlab chiqarishni cheklash orqali narxlarini ko'tarishlari mumkin. Monopoliya - bu bitta sotuvchi mavjud bo'lgan va boshqalarga kirish imkoni bo'lmagan nomukammal raqobatning haddan tashqari holati;
7) Monopoliyalarning asosiy plyusi shundaki, ishlab chiqarish ko'lami xarajatlarni kamaytirishga va umuman resurslarni tejashga imkon beradi; monopolistik kompaniyalarning mahsulotlari yuqori sifatli bo'lib, bu ularga bozorda ustun mavqega ega bo'lishga imkon berdi.
Monopollashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan: himoyalangan bozorda faqat yirik firma tadqiqot va ishlanmalarni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun etarli mablag'ga ega. Asosiy ahvolga tushgan narsa shundaki, monopolistlar narxlarni oshirib yuborishga va ishlab chiqarishni kam ko'rsatishga intilishadi; ular haddan tashqari ko'p foyda olishadi, ular tavakkal qilishni istamaydilar;
8) Monopoliyaning sof, sun'iy, qonuniy kabi turlari mavjud. Monopol korxonalarning vujudga kelishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, yirik korxonaning kichik korxonaga nisbatan afzalliklarini anglashi bilan bog'liq.


Yüklə 45,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə