H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Kolloidlarning sedimentatsiyasi



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə17/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Kolloidlarning sedimentatsiyasi. Kolloid zarrachalar tabiati qanday
bo’lishdan qat’iy nazar og’irlik kuchi ta’siri ostida eritma tagiga cho’kadi va bu 



34


hodisa sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya tufayli kolloid eritmaning
konsentratsiyasi o’zgaradi. Lekin eritmada Broun harakatining mavjudligi 
sedimentatsiyaga qarshilik ko’rsatadi. Kolloid zarrachaning o’lchami qancha
kichik bo’lsa, Broun harakatining ta’siri shuncha katta bo’ladi. Shu sababli kolloid 
eritmalarda sedimentatsiya nihoyatda sust boradi. Lekin kolloid zarrachalarga
markazdan qochuvchi kuch ta’sir ettirish bilan sedimentatsiyani kuchaytirish 
mumkin. Shu maqsad uchun dastlab 1913 yilda A.V.Dumanskiy tomonidan
sentrifuga qo’llanildi. So’ngra 1923 yilda Svedberg sedimentatsiyani nihoyatda 
tezlashtiradigan juda kuchli ul’trasentrifugadan foydalanishni taklif qildi. Bunday
sentrifugada gidrofob kolloid zarrachalargina emas, balki oqsillar va yuqori 
molekulyar moddalarning molekulalari ham cho’kadi. Sedimentatsiya tezligini
o’lchash orqali kolloid zarrachalarning molekulyar massasini topish mumkin. 
Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushqoqligi va zichligi orasidagi
bog’lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 


q

d

D

r

V




)

(
9


2

2
(VI) 


bu yerda r-zarracha radiusi, η-dispersion muhitning qovushqoqligi, D-
zarracha moddasining zichligi, d-dispersion muhit zichligi, q-og’irlik kuchi 
tezlanishi.
Sedimentatsiya tezligining dispersion muhit qovushqoqligiga teskari 
proporsionalligi formuladan ko’rinib turibdi. Bir xil dispersion muhitda bo’lgan
turli modda eritmalarining sedimentatsiya tezligi o’sha dispers fazaning radiusi 
kvadratiga, dispers faza va dispersion muhit moddalarning zichliklari ayirmasiga
to’g’ri proporsionaldir. Avval yirik zarrachalar, undan keyin esa mayda zarrachalar 
cho’kadi. Albatta D>d bo’lgan hollardagina cho’kish kuzatiladi. Agar D
aksincha dispers faza suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi. 
Sedimentatssiya tezligini aniqlash uchun N.A.Figurovskiyning sedimentator
deb ataladigan asbobidan foydalaniladi (.-rasm). 



35


.-rasm. Figurovskiy asbobi (sedimentator).
1-kvarsdan yasalgan shayn; 2-shisha ip; 3-tarozi pallachasi. 
Bu usulning mohiyati shundaki, suspenziya ichiga joylashgan pallachaga (t)
vaqt ichida cho’kkan modda massasi(m) aniqlanadi. 
Tajriba natijalarini grafik orqali ham ifodalash mumkin. Buning uchun
absissalar o’qiga vaqtni, ordinata o’qiga modda massasini qo’yib sedimentatsion 
diagrammasi hosil qilinadi (.-rasm).

.-rasm. Sedimentatsion diagramma. 


Sedimentatsiya diagrammasining chiziqlari turli suspenziyalar uchun
turlicha bo’ladi. Bu chiziqlardan foydalanib, suspenziyadagi zarrachalarning 
o’rtacha radiuslarini aniqlash mumkin. Shuningdek, agar sistema polidispers
bo’lsa, sedimentatsiya diagrammasidan foydalanib, suspenziyalarning qancha foizi 
qanday disperslikka ega ekanligini hamda suspenziya fraksiyalarining nisbiy
miqdorlarini aniqlay olamiz (.-rasm). 



36


.-rasm. Polidispers suspenziyaning sedimentatsion diagrammasi. 

Dispers sistemalarning sifatini tekshirishda odatda kimyoviy analizdan


tashqari disperslik darajasi va konsentratsiyani aniqlash uchun maxsus usullar 
qo’llaniladi. Suspenziya zarrachalarining o’lchamlarini aniqlash uchun

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə