Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 326,87 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü326,87 Kb.
#151625
  1   2   3
Abdulxatov Jamshidbek



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Informatika va aniq fanlar kafedrasi
Fizika va astronomiya yo’nalishi
2-kurs 1-guruh talabasi Abdulxatov Jamshidbekning

‘’ELEKTR VA MAGNETIZM’’ FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU: ELEKTR ZARYADLARNI OZARO TASIR QONUNI. KULON QONUNI. ZARYADLARNING CHIZIQLI HAJMIY SIRTIY ZICHLIKLARI


Kurs ishi bajardi Abdulxatov Jamshidbek Kurs ishi raxbari M.I O’rinboyev

Andijon 2023


Reja
1 Kirish
2 Asosiy qism
2.1 Elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri.
2.2 Kulon qonuni. Elektr miqdorining birliklari.
2.3 Zaryad taqsimoti
2.4 Zaryadlarning chiziqli hajmiy sirtiy zichliklari.
3 Xulosa
4 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Biz amalga oshirayotgan islohatlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Shavkat Miramonovich Mirziyoyev
Barchamizga ma’lumki, respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq.
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan “Ta’lim to’grisida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim .
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun – qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi qonunlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyati ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy – siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir . Bu dastur kadrlarni, yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan.
Mavjud ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko’tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
“Ta’lim tog’risidagi” qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblanadi.
Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlanishning asosi yaratiladi.
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir.
Shularda kelib chiqqan holda, kurs ishining maqsadi – elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri haqida tushunchalar olish va Kulon qonunini ba’tafsil ma’lomot berish hamda zaryadning zichliklari haqida organishlardan iborat qilib belgilandi.
Kurs ishiga kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
2.1 Elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri
Hozirgi vaqtda elektr hodisasi va qonunlarining turmushda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Òurli xil elektr mashina va asboblarning ishlashini tushunib olish uchun elektrning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlarini oz miqdorda bo‘lsa ham bilib olish zarur. Shuning uchun oldin ba’zi eng sodda elektr hodisalari bilan tanishib chiqamiz. Elektr hodisalari odamlarni tabiat mavjud bo‘lgandan buyon qiziqtirib keladi. Mo‘ynaga ishqalangan kahrabo tayoqchaning pat, qog‘oz, yengil buyum bo‘lakchasi va shunga o‘xshash yengil jismlarni o‘ziga tortishini miloddan avvalgi 640-550 yillarda yashagan yunon faylasufi Fales Miletskiy kuzatgan bo‘lib, bu hodisa mohiyati ochilmaganicha qolib ketdi va uzoq yillar davomida o‘rganilmadi.
XVI asrda ingliz olimi Gilbert Fales tajribalarini takrorladi va tajribalar asosida kahrabodan boshqa jismlar ham bir-biri bilan ishqalanganda yengil jismlarni o‘ziga tortishini aniqladi. Masalan, shisha tayoqchani shoyiga yoki kahrabo (ebonit) tayoqchani jun matoga ishqalab, so‘ng maydalab yirtilgan qog‘oz parchalariga yaqinlashtirilsa, qog‘oz parchalarining ularga tortilishi kuzatildi (1- rasm).
Bunday hodisalar XVII asr boshlarida elektr deb ataldi. Elektr so‘zi grekcha „elektron“ so‘zidan olingan bo‘lib, „kahrabo“ (ebonit) demakdir. Keyinchalik, ishqalanish natijasida yengil jismlarni o‘ziga tortadigan bo‘lib qolgan jismlarni elektrlangan jismlar yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Yuqorida keltirilgan tajribalardan ko‘rinadiki, barcha elektrlangan jismlar boshqa yengil jism larni o‘ziga tortar ekan. Endi shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada hosil bo‘lgan elektr zaryadi bilan mo‘ynaga ishqalangan ebonit tayoqchada hosil bo‘lgan elektr zaryadlari bir-biridan farq qiladimi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun quyidagi tajribalarga murojaat qilamiz. Ipak ipga osilgan zar qog‘ozdan yasalgan sharchaga zaryadlangan shisha tayoqchani tekkizsak (2- a rasm), sharcha zaryadlanadi. E ndi zaryadlangan shisha tayoqchani zaryadlangan sharchaga qayta yaqinlashtirsak, u tayoqchadan itariladi (2- b rasm). Agar zaryadlangan bu sharchaga zaryadlangan ebonit tayoqchani yaqinlashtirsak, sharcha tayoqchaga tortiladi (2- d rasm). Demak, jismlar zaryadlanganda ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lar ekan.
Nima sababdan shunday bo‘lishini aniqlash uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazamiz. Ipak iplarga osilgan ikkita sharchani zaryadlangan shisha tayoqchani tekkizish orqali zaryadlaylik. Shundan keyin zaryadlangan sharchalarni o‘zaro yaqinlashtirsak, ular bir-biridan qochadi (3- a rasm). Shu kabi sharchalarni zaryadlangan ebonit tayoqcha orqali zaryadlab, bir-biriga yaqinlashtirsak, bu holda ham sharchalar bir-biridan qochadi (3- b rasm). Agar sharchalardan birini zaryadlangan shisha tayoqcha bilan, ikkinchisini zaryadlangan ebonit tayoqcha bilan zaryadlab bir-biriga yaqinlashtirilsa, u holda sharchalarning bir-biriga tortilishini ko‘rish mumkin (3- d rasm). Bundan ko‘rinadiki, shisha va ebonit tayoqchalarda hosil bo‘lgan zaryadlarning tabiati turlicha bo‘lar ekan.

Demak, tajribalar tabiatda ikki tur elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, bir xil ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar o‘zaro itarilishini, turli ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar esa o‘zaro tortilishini ko‘rsatadi.
Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shishada hosil bo‘lgan elektr zaryadlarini musbat (+) ishorali zaryad deb, mo‘ynaga ishqalangan kahraboda hosil bo‘lgan elektr zaryadlarini manfiy (–) ishorali zaryad deb qabul qilingan. „Musbat zaryad“ va „manfiy zaryad“ tushunchalarini hamda ularni mos ravishda „+“ va „–“ ishoralar bilan belgilashni amerikalik fizik B. Franklin 1750- yilda birinchi marta o‘zining elektr hodisalar haqidagi „unitar nazariya“sida kiritgan. Òabiatda mavjud bo‘lgan barcha jismlarda har doim o‘zaro teng miqdorda musbat va manfiy zaryadlar bo‘lib, jismlar, odatda, elektr jihatdan neytral holatda bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda biz bilamizki, hamma jismlar atom yoki molekulalardan tashkil topgan. Atom esa musbat zaryadli yadrodan va manfiy zaryadli elektronlardan tarkib topgan neytral sistemadir. Agar atom tarkibidagi elektron biror usul bilan tashqaridan qo‘shimcha energiya ola olsa, u holda elektron yadro bilan bog‘lanishni uzib, o‘z atomini tark etishi va jism ichida o‘zini erkin zarradek tutishi, hatto jismdan tashqariga chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, jismlar bir-biriga ishqalanganda (bunda ishqalashning mexanik energiyasi jismlarning ichki energiyasiga aylanadi, binobarin, elektronlar qo‘shimcha energiyaga ega bo‘ladi) bunday elektronlarning biror qismi bir jismdan ikkinchi jismga o‘tishi mumkin. Demak, ishqalanish natijasida biridan ikkinchisiga elektronlar o‘tishi hisobiga birinchi jism musbat, ikkinchi jism esa manfiy zaryadlanadi. Agar bir jismdan ikkinchi jismga o‘tgan elektronlarning soni n ta bo‘lsa, u holda jismlarning har birining zaryadi q = ne bo‘ladi, bu yerda e - elektron zaryadi, uning qiymati e = 1,6 · C.
Umuman, jismlarni uch xil usul bilan zaryadlash mumkin. Birinchisi: jismlarni bir-biriga ishqalash yo‘li bilan zaryadlash. Bu holni yuqorida ko‘rib o‘tdik. Ikkinchisi: elektr o‘tkazuvchanlikdan foydalanib zaryadlash. Bunda zaryadlangan jismni zaryadlanishi lozim bo‘lgan jismga bevosita tekkiziladi (kontaktga keltiriladi). Bunda elektr o‘tkazuvchanlik tufayli zaryadli zarra (elektron)larning zaryadlangan jismdan zaryadlanmagan jismga o‘tishi natijasida keyingi jism zaryadlanib qoladi. Elektrofor mashina yordamida jismlarni zaryadlash bunga misol bo‘la oladi. Uchinchisi: ta’sir orqali zaryadlash yoki elektrostatik induksiya usuli.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan tajribalarda shoyiga ishqalangan shisha tayoqchadan elektronlar shoyiga o‘tishi tufayli shisha tayoqcha musbat, shoyi esa manfiy zaryadlanib qoladi; jun matoga ishqalangan ebonit tayoqchaga jun matodan elektronlar o‘tishi tufayli ebonit tayoqcha manfiy, jun mato esa musbat zaryadlanib qoladi, degan xulosaga kelamiz. Umuman olganda, bir-biriga ishqalangan ikki jismdan qaysi biri elektronlarini bersa, musbat, ortiqcha elektronlarni qabul qilib olsa, manfiy zaryadlanib qoladi.
Olingan jismlardagi qarama-qarshi ishorali zaryadlar miqdori teng bo‘lib, ular yo‘qolmaydi. Bu bir jismda bir xil ishorali zaryaddan qancha miqdorda kamaysa, ikkinchi jismda o‘shanday ishorali zaryaddan shuncha miqdorda ortadi, degan ma’noni anglatadi. Demak, jismlarda zaryadning umumiy miqdori o‘zgarmaydi. Bu zaryadning saqlanish qonuni deb ataladi. Ushbu qonun tashqaridan zaryadli zarralar kirmaydigan va tashqariga bunday zarralar chiqmaydigan jismlar to‘plami, ya’ni sistema uchun to‘g‘ridir. Bunday sistema yopiq sistema deb ataladi.
Yopiq sistemada barcha zarralar zaryadlarining algebraik yig‘indisi o‘zgarmasdir:

Zaryadlangan jismlarning bir-biridan itarilishida yoki tortilishida namoyon bo‘ladigan elektr zaryadlarining o‘zaro ta’sir kuchi elektr kuchlari deyiladi. Elektr kuchlari elektr zaryadlari tomonidan yuzaga keladi.
Jismlarning zaryadlanganligini aniqlashga imkon beruvchi asbob elektroskop deb ataladi. Elektroskopning ishlashi zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’siriga asoslangan.

(4- a rasmda) elektroskop keltirilgan bo‘lib, uning tuzilishi quyidagicha: metall gardish (1 )ga o‘rnatilgan plastmassa tiqin (2) orqali metall tayoqcha (3) o‘tkazilgan bo‘lib, tayoqchaning uchiga ikkita zar qog‘oz — yaproqchalar (4) yopishtirilgan, gardishning ikkala tomoni oyna bilan berkitilgan. Elektroskop qancha ko‘p zaryad bilan zaryadlansa, uning yaproqchalarining bir-birini itarish kuchi shuncha katta bo‘lib, ular shuncha kattaroq burchakka ochiladi. Demak, elektroskop yaproqchalari orasidagi burchakning kattaligiga qarab, uning zaryadi oshganligi yoki kamayganligi haqida fikr yuritish mumkin.
Agar zaryadlangan elektroskopga xuddi shunday ishorali elektr bilan zaryadlangan boshqa jism yaqinlashtirilsa, elektroskop yaproqchalari bir-biridan yanada uzoqlashadi (4- b rasm). Elektroskopga qarama-qarshi ishorali elektr bilan zaryadlangan jism yaqinlashtirilsa (4- d rasm), uning yaproqchalari orasidagi burchak kamayadi.
Elektroskopni birinchi marta rus olimi G.V. Rixman ixtiro etgan va ishlatgan.
2.2 Kulon qonuni. Elektr miqdorining birliklari.
Tinch holatdagi elektr zaryadlarining xossalarini o‘rganuvchi elektr bo‘limi elektrostatika deb ataladi. Zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi haqidagi qonun elektrostatikaning asosiy qonuni hisoblanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi zaryadlar orasidagi masofaga, zaryadlar miqdoriga, shuningdek, zaryadlangan jismlarning shakliga va o‘lchamlariga bog‘liq ekan. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’sir qonunini aniqlashda nuqtaviy zaryad deb ataluvchi zaryadlangan jismlardan foydalaniladi. O‘lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan kichik bo‘lgan zaryadlangan jismlar nuqtaviy zaryadlar deb ataladi.
Ikkita nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir qonunini 1785 - yilda fransuz fizigi Sh.Kulon tajribada aniqladi, shuning uchun bu qonun Kulon qonuni deb ataladi. Bu qonunni Kulon buralma tarozi yordamida o‘tkazgan o‘lchashlari asosida ochgan. Buralma tarozining tuzilishi (5- rasm) quyidagicha: katta silindrik shisha idish ichida ingichka elastik simga A shisha shayin osilgan. Shayinning bir uchiga a metall sharcha, ikkinchi uchiga c posangi mahkamlangan. Metall sterjenga mahkamlangan yana bir b metall sharcha tarozining qopqog‘iga qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan. Metall sharchalarga tashqaridan elektr zaryadlari berish mumkin.
Buralma tarozi zaryadlangan sharchalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchining zaryadlar kattaligiga va ular orasidagi masofaga bog‘liqligini o‘rganishga imkon beradi. Kulon sharchalardan birining zaryadini 2, 4 va hokazo karrali marta o‘zgartirishning oddiy usulini topdi, buning uchun u zaryadlangan sharchani zaryadlanmagan xuddi shunday boshqa sharchaga uladi. Bunda zaryad sharchalarda teng taqsimlanib, natijada tekshirilayotgan zaryad kattaligi 2 marta kamaygan va kuchning bu zaryadga mos yangi qiymati tajribada topilgan. Shu kabi zaryadlar orasidagi masofani o‘zgartirilganda ham unga bog‘liq holda ta’sir etuvchi kuchning qiymati o‘zgargan.
Agar zaryadlangan sharchani xuddi shunday kattalikdagi zaryadlanmagan sharchaga tekkizilsa, u holda birinchi sharchaning zaryadi ikkalasining o’rtasida teng taqsimlanadi, ya’ni zarchdlangan sharchaning zaryadi ikki baravar kamayadi. Xuddi shuningdek, 4,8 va hokazo marta kamaytirish mumkin. Shunday qilib, zaryad qiymatini bilmagan holda uni ma’lum marta kamaytirish mumkin. Mana shu yo’l bilan m sharcha zaryadi q1 ni o’zgartirmagan holda n sharcha zaryadi q2 ni o’zgartirib, bu sharchalar orasidagi F o’zaro ta’sir kuchi n sharchaning zaryadi q2 ga proporsional ravishda o’zgarishini ko’ramiz. Xuddi shuningdek, q2 ni va r ni o’zgarishsiz qoldirib, q1 ni o’zgartirib, F o’zaro ta’sir kuchi q1 ga to’g’ri proporsional ravishda o’zgarishini ko’ramiz. Bundan ko’rinib turibdiki, F o’zaro ta’sir kuchining kattaligi q1 q2 ko’paytmaga proporsional ekan. Shunday qilib, Kulon qonuni to’la ravishda shunday ta’riflanadi: ikkita q1 va q2 nuqtaviy zaryad 10 orasidagi F o’zaro ta’sir kuchi q1 va q2 zaryad kattaliklarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional hamda ular orasidagi r masofa kvadratiga teskari proporsionaldir:
S hunday qilib, tajribalar asosida topilgan Kulon qonuni quyidagicha ta’riflanadi: vakuumda joylashgan qo‘zg‘almas ikkita nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir kuchi (F) zaryad miqdorining ko‘paytmasiga (q1 ·q2 ) to‘g‘ri, ular orasidagi masofa (r) ning kvadratiga teskari proporsional bo‘lib, zaryadlar yotgan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi:
(1)
bunda k — formulaga kiruvchi kattaliklarning qanday birliklar sistemasida olinishiga bog‘liq bo‘lgan proporsionallik koeffitsiyenti.

  1. formulaga kiruvchi kattaliklarning birliklari SI da olinsa,


(2)
bo‘ladi. Bunda ε0-elektr doimiysi deb ataladigan va o‘lchamga ega fundamental fizik kattalik bo‘lib, uni vakuumning absolut dielektrik singdiruvchanligi deb ham yuritiladi. ε0 ning kattaligi quyidagiga teng:



Tajribalarning ko‘rsatishicha, zaryad miqdori va zaryadlar orasidagi masofa o‘zgarmagan holda ikkita nuqtaviy zaryadning vakuumdagi o‘zaro ta’sir kuchi Fv shu zaryadlarning biror muhitdagi o‘zaro ta’sir kuchi Fm ga teng bo‘lmas ekan.
Qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryadlarning vakuumdagi o‘zaro ta’sir kuchlarining biror muhitdagi o‘zaro ta’sir kuchlariga nisbati shu muhitning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi yoki kirituvchanligi deyiladi. Nisbiy dielektrik singdiruvchanlik ε (epsilon) harfi bilan belgilanadi va ta’rifga ko‘ra, quyidagicha ifodalanadi:

(3) formuladan ko‘rinadiki, ε o‘lchamsiz kattalik. Dielektrik singdiruvchanlik muhitning elektr xossalarini xarakterlaydigan kattalikdir.
Ba’zi moddalarning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi quyidagicha: kerosin uchun ε = 2, toza suv uchun ε = 81, parafin uchun ε = 2,2, sluda uchun ε = 6 ÷ 8, shisha uchun ε = 6 ÷ 10, havo uchun ε = 1,0006. (3) formuladan vakuum uchun ε = 1 ekanligi ravshan ko‘rinib turibdi.
Agar k proporsionallik koeffitsiyentining (2) ifodasini hisobga olsak, u holda SI da Kulon qonuni vakuum uchun

va muhit uchun

ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchlari teng va zaryadlar orqali o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lib, bir xil ishorali zaryadlar uchun itarishish (musbat) kuch, turli ishorali zaryadlar uchun tortishish (manfiy) kuch xarakteriga ega.
Kuch vektor kattalik ekanligini nazarda tutib, Kulon qonunini vektor ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

bu yerda r  — zaryadlar orqali o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalgan birlik vektor.
(6- rasmda)  bilan zaryad tomonidan zaryadga ta’sir etuvchi kuch,  bilan q2 zaryad tomonidan zaryadga ta’sir etuvchi kuch ifodalangan. Bunda va lar va zaryadlarni birlashtiruvchi radius-vektorlar.

SI da zaryad birligi qilib, q = I*t formulaga asosan, bir amper tok o‘tayotgan o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekundda o‘tadigan zaryad miqdori qabul qilingan. Zaryadning bu birligi Kulon sharafiga kulon (C) deb ataladi va u hosilaviy birlik hisoblanadi:

Masala: Tomonlari 20 sm dan bo‘lgan teng tomonli uchburchakning uchlariga havoda = = = 3,2· C zaryadlar joylashtirilgan. Zaryadlarning biriga qolgan ikkitasining ta’sir kuchini toping.
Berilgan:
AB = BC = CA = r = 20 sm = 0,2 m
ε = 1
= = = 3,2· C

Yüklə 326,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə