I-bob. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy va madaniy boyliklar ma’naviyatimizni shakllantiradigan asosiy mezon



Yüklə 46,42 Kb.
səhifə2/5
tarix12.05.2022
ölçüsü46,42 Kb.
#86799
1   2   3   4   5
Manaviyatimizni shakllantiradigan asosiy mezonlar

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Albatta, har qaysi xalq va millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon – muqaddas dinimiz hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim.



Mavzuning maqsadi. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonnning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolalaning harakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.


Yüklə 46,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə