I bob. Qadimgi xitoy geografik joylashuvi


Qadimgi Xitoyda ilk davrlar: Shan (In) va Chjou davlat birlashmalari



Yüklə 59,56 Kb.
səhifə3/5
tarix23.05.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#112263
1   2   3   4   5
QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI

1.2. Qadimgi Xitoyda ilk davrlar: Shan (In) va Chjou davlat birlashmalari.
Yilnomalar bilan yaqin bog`langan eng avvalo, «Shan-shu» («Shiszin»-qo‘shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so‘zlari mavjud.
Bizgacha yetib kelgan «Shan-shu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avvalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo‘ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o‘rin tutadi. Ana shunday asarlardan biri Sima Syanning (er. avv. 105-90 yillar) «Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti to‘g`risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er.avv. 206 yil) sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi bo‘lgan. Xitoy tarixini arxeologik o`rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. avv. III asr) topilgan. An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunligi; - Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga boglab o‘ta qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda Yapon olimlari boshlab berdilar.
Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o‘rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarini shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»»ni tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero «Qadimgi Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi. AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish» xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQShda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo‘lgan olimlar o‘rganadi.
Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to‘gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. VI-V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. 6 Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida qo‘yidagi davrlashtirishni ko‘rish mumkin: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. avv. II ming yillik ) 2. Er. avv. VIII-III asrlarda qadimgi Xitoy 3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar) 4. Qadimgi Xitoy I-III asrlarda. Shan (in) davlati (miloddan avvalgi xviii-xii asrlar). Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi sivilizatsiyaning dastlabki o`choqlari miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa boshlagan.
Bu vaqtga kelib in qabilalarining urug`chilik guruhlari ko`chmanchilik hayot tarzidan o`troq dehqonchilikka o`ta boshlagan edi. In qabilalari ichida mehnat taqsimotining paydo bo`lishi va rivojlanishi hamda urug`chilik aloqalarining yemirilishi oqibatida jamiyatda urug` aristokratiyasining boshqaruvchi tabaqasi: hukmdor - van va uning yaqinlari, qarindoshlari, chinovniklari, qabila boshliqlari hamda oddiy qabiladoshlar, shuningdek, odatda qullarga aylanadigan begonalar - boshqa qabilaga mansub kishilar ajralib chiqqan. Xitoy an‘analarida aytilishicha, qadimgi Xitoyda davlat miloddan avvalgi XVIII asrda sya qabilasining shan qabilasi tomonidan bosib olinishi natijasida tashkil topgan. O`sha vaqtda shan qabilasi boshlig`i Chen Tan degan kishi davlatga asos solib, unga hukmdor qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atagan. Keyinchalik, Shan sulolasi qulagandan so`ng bu davlat In degan nom bilan yuritila boshlangan. Shu sababli qadimgi Xitoy tarixining birinchi davri ikkita: Shan va In degan nomga ega. Chen Tan birinchi xitoy podshosi (vani) bo`lgan.7 Xitoyda dastlabki primitiv davlat - Shan (In) davlatining tashkil topishi, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, yerlarni sug`orish, daryo toshqinlarining halokatli oqibatlarini tugatish, hududlarni himoya qilish zaruriyatidan kelib chiqqan. Qolaversa, endilikda ibtidoiy jamoa tuzumi organlari bosib olingan xalqni boshqarish uchun yaramay qolgan edi. Shu maqsadda maxsus davlat apparati tashkil etilgan.
Bu, birinchidan, qabila boshlig`ining In podsholigining ilohiylashtirilgan hukmdori - talaygina hokimiyatga ega bo`lgan vanga aylanishida, ikkinchidan, ko`p sonli boshqaruvchilardan, harbiy boshliqlardan, kohinlardan va butun jamoa ommasiga qarama-qarshi turuvchi boshqa kishilardan iborat ma‘muriy apparatining tashkil etilishida namoyon bo`lgan. In davrida podsho - vanga butun yerlarning oliy egasi deb qarash amalda rasmiylashtirilgan. Bu esa asosan vanning yerdagi xudo sifatida tasavvur etilishidan kelib chiqqan. Shunday qilib, Xitoyda davlatning tashkil topish xususiyati shunda ediki, bu yerda ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tish jarayoni bir xalqning boshqasi tomonidan bo`ysundirilishi natijasida tezlashgan. Lekin bu davlatning tashkil topishida asosiy sabab bo`lmagan. Xitoyda davlat boshqa xalqlarda bo`lgani singari jamiyatning ichki taraqqiyot mahsuli sifatida xo`jalikning va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi oqibatida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning paydo bo`lishi va urug`doshlik tuzumining yemirilishi natijasida tashkil topgan.
Xitoy xronologiyasiga ko‘ra bu davr odatda miloddan avvalgi XVIII — XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Xitoy Shan qabila boshlig‘i Pan Gen miloddan avvalgi taxminan 1400 yillarda qabilasini Anyanga olib kelib, Xuanxe daryosi bo‘yida „Katta Shan shahri“ni qurdirib, davlat hamda sulolasini o‘z nomi bilan ataydi. Miloddan avvalgi 1124-yilda Vey daryosi havzasida yashagan Chjou qabilalari Shan shohligining so‘nggi poytaxtini vayron qilib, davlatni "In" deb nomlaganlar. Bu davr tarixini o‘rganishda Xenan viloyatining Syaotun qishlog‘i yaqinidan topilgan buyumlar katta ahamiyatga ega. Bunda Shan-In davriga oid yodgorliklar, saroy, ibodatxona, to‘rt burchak shaklida qurilgan ko‘pgina uy qoldiqlari topilgan. 300 maqbara, bular orasida bahaybat va serhasham shoh sag‘anasi ham topilgan (4 ta). Maqbaralar o‘sha davrda sinflarga bo‘linish mavjud bo‘lganligini tasavvur qilish imkonini beradi. Shan-In davri madaniyatini Xitoyning azaliy tub aholisi yaratib, ular qadim zamonlardan bo‘yon shu yerda yashab kelganlar va Shimoliy Xitoy hududida neolit davrining madaniy yutuqlarini saqlab kelgan deb faraz qilish uchun yetarlicha asos bor.
Madaniy yodgorliklar, sanʼat asarlari, qadimgi yozuvlar, jumladan, qadimgi Xitoy klassik adabiyoti asarlarining suyak va bronza idishlariga bitilgan namunalari Shan-In davrining xo‘jalik, ijtimoiy va davlat tuzumini, garchi umumiy tarzda bo‘lsa ham, tasvirlab beradi. Afsuski, eng qadimgi Shan-In yozuv parchalari o‘sha davrdagi davlat tuzilishi to‘g‘risida faqat umumiy tarzda xulosa qilish imkonini beradi. Bu davrda Xitoyda yer davlat qo‘lida markazlashib, hokimiyat ham shu asosda tashkil topgan. "Qo‘shiqlar kitobi" da barcha yerlar shohga tegishli ekanligi aytiladi. Davlat mamlakatning asosiy boyligiga va xo‘jalik asosi — yerga tayanib"markazlashgan ko‘rinish" ola borgan. Din hukmdor mavqyeini mustahkamlashga xizmat qilgan. Shoh buyuk shaxs, ulug‘ zot deb ko‘rsatilib, xudoga tenglashtirilgan. Afsonalarda sulolalar asoschisi hukmdor atalgan. Rivoyatlarga ko‘ra Se avlodidan bo‘lgan Chen Tan Sya sulolasining so‘nggi shohini ag‘darib, In sulolasiga asos solgan. Eng qadimgi quldorlik jamiyati tashkil topish davrida shoh ayni vaqtda kohin ham hisoblangan. Asta-sekin amaldorlar sinfi yuzaga kelib, bular qatoriga dastlabki urug‘ zodagonlari, so‘ngra quldorlar vakillari kirgan. "Shoh (van)" so‘zini anglatgan ibora In davri yozuvlarida ko‘p uchraydi. Xitoy tarixchisi Majo so‘ziga ko‘ra, iyeroglif belgilarda "van" va "szu" (nasab) alomatlarining qur’a yozuvlaridagi arxaik shakllarining aynan biriga o‘xshaydi. Baʼzi yozuvlarda urushlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xitoy shohlari Xitoyning gullab yashnagan yerlari, dehqonchilik qiladigan serunum o‘lkalarini qo‘riqlab, ko‘chmanchi qabilalar bilan hamisha urushganlar.
Xitoy shohlari ayniqsa Shan-In davlatiga tez-tez hujum qilgan g‘arbiy tog‘liklarga qarshi qattiq kurashgan. In davri yozuvlarida jang aravalari va otliq qo‘shinlar tilga olinadi. Anyandagi qazishmalar qo‘shinlar bronza qurollar bilan qurollanganidan dalolat beradi. In davlatining sinfiy xususiyati qo‘shinlar tuzilishida ko‘rinadi. Piyodalar oddiy dehqonlardan, jang aravalari egalari esa zodagonlar bo‘lgan. Ko‘chmanchilar bilan bo‘lgan urushlar In davlatini zaiflashtiradi, natijada jangovar Chjou qabilalari In shohligini tugatib, yangi Chjou shohligini barpo etadilar.
Shan (In) podsholigi jamoa-urug`doshlik tuzumidan sinfiy jamiyatga o`tish bosqichida turgan. Uni sof ma‘nodagi quldorlik davlati va jamiyati deb hisoblash unchalik to`g`ri emas. Unda quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan. Dunyoviy aslzodalarga podshoga yaqinligiga va egallab turgan lavozimiga qarab ma‘lum imtiyozlar va unvonlar berilgan. Shuningdek, yer egaligi miqdoriga va qullarning soniga qarab ham ijtimoiy mavqe belgilangan. Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan. Urushlarda asir olish; qarz uchun qul qilib sotish; ba‘zi jinoyatlar uchun qulga aylantirish; bo`ysundirilgan xalqdan o`lpon sifatida qul olish kabilar qulchilik manbai hisoblangan. Qullar hayvonlarga tenglashtirilgan. Ular oilasiga, mol-mulkiga ega bo`lmaganlar. Aholining asosiy qismini erkin jamaochilar tashkil etgan. In davlatida jamoa juda katta rol o`ynagan. Jamoa yerlaridan foydalanish "quduqli maydonlar" tizimi bo`yicha tashkil etilgan. Barcha yerlar ikkita toifaga: jamoat maydonlari va xususiy maydonlarga bo`lingan. Jamoat yerlariga butun jamoa tomonidan birgalikda ishlov berilgan. Undan keladigan butun hosil jamoa oqsoqoliga kelib tushgan va oxir oqibatda podshoga jo`natilgan.
Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka uchragan. In davlati kuchsizlangach, u tomondan bo`ysundirilgan qabilalar, jumladan, chjou qabilasi ham unga itoat etmay qo`ygan. Chjou qabilasi rahbarligida qator qabilalar birlashib, In davlatiga qarshi kurash boshlab yuborganlar. Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati qulagan, uning o`rniga Chjou podsholigi tashkil topgan. Chjou davlati(miloddan avvalgi xi-iii asrlar). Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); "urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga bo`linadi.8 G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib, uning poytaxti Xao shahri bo`lgan. G`arbiy Chjou podsholigi hukmdorlari davrida ular atrofdagi qabilalar, xususan junlar bilan urush olib borganlar. In podsholigini bosib olgan chjou qabilalari inlar qo`lga kiritgan xo`jalik, harbiy va moddiy madaniyat sohasidagi yutuqlarni o`zlashtirganlar. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan.
Ijtimoiy tuzum. Jamiyatda quldorlar aristokratiyasi hukmron mavqega ega bo`lgan. Quldorlar aristokratiyasiga nasliy va harbiy chjou oqsuyaklari, in quldorlik aristokratiyasining bir qismi (bosqinchilik urushlari natijasida ko`chib kelib o`rnashganlar) kirgan. Barcha yerlarning egasi ilgarigidek podsho (van) hisoblangan. Podsho yerlarni tasarruf qilgan: xohlasa in‘om qilgan, xohlasa qaytarib olgan. Yirik yer egaligi rivojlanib borgan. Quldorlar aristokratiyasi o`zlariga tegishli yerlarni erkin tasarruf qilganlar. Mavjud ma‘lumotlarga qaraganda, yerni sotish, ijaraga berish, garovga qo`yish mumkin bo`lgan. Bu davrda garchi yerga egalik qilishda podsho irodasiga bog`liqlik rasman saqlanib qolgan bo`lsada, egalikdagi yerlarni xususiy mulkka aylantirishga moyillik paydo bo`lgan. Keyinchalik, chjou podsholarining hokimiyati zaiflashishi bilan yirik quldorlarning yerga egalik huquqining yerga xususiy mulkchilik huquqiga aylanishi sodir bo`lgan.
G`arbiy Chjou podsholigi davrida jamoalarning yerdan foydalanish tartibi ilgarigidek katta o`rin tutgan. Yuqorida eslab o`tilgan "quduqli maydonlar" tizimi saqlanib qolgan. Umuman dehqonlar (nunfu) arang kun kechirgan. Ularning ko`pchiligi yersiz ijarachilarga aylangan. Jamiyatning eng quyi qismini qullar tashkil etgan. Ularning soni harbiy asirlar, tinch aholini bosib olish, davlat jinoyatchilari hisobiga ko`paygan. Ayniqsa xususiy qullarning soni ortgan. Qul mehnatidan xo`jalikning turli sohalarida va og`ir, iflos ishlarda keng foydalanilgan. Davlat tuzumi. Oliy hokimiyat nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan podsho (van) qo`lida bo`lgan. Chjou podsholigida saroy boshqaruv tizimi mavjud bo`lgan. Saroy xizmatchilari bir vaqtda mansabdor shaxslar ham hisoblanganlar. Bu vaqtda turli vazifalarni amalga oshiradigan ko`p sonli chinovniklar mavjud edi. Bularning ichida vanning ot-ulovini yurituvchi chi-novnik, mirza (kotib), podsholik arxivi boshlig`i, xazinabon, marosimlarning o`tkazilishini kuzatib turuvchi chinovnik va boshqalar muhim o`rin tutgan. Davlat apparati vanga yaqin shaxsiy xizmatchilardan, ba‘zan esa ishonchli qullardan tashkil etilgan. Davlat apparatiga oliy martabali amaldor (syan) boshchilik qilgan. Syan ma‘muriy apparat boshlig`i va mamlakatni boshqarishda podsho (van)ning yaqin yordamchisi bo`lgan. Oliy chinovniklar (dafu) uchta: katta, o`rta va kichik darajalarga bo`lingan. Rivoyatlarga qaraganda, podsho Chen van (1115-1079 yillar) davlat apparatini tashkil etish va mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirgan. Podshoning asosiy maslahatchilari "uchta gun": "buyuk murabbiy", "buyuk ustoz" va "buyuk homiy" hisoblangan (syan aynan shularning ichidan tayinlangan). Bundan tashqari, davlatda muhim rol o`ynagan uchta boshqaruvchi bo`lib, ulardan biri diniy marosimlarni yuritgan, boshqasi jamoat ishlari mahkamasiga boshchilik qilgan (uning ixtiyorida yer fondi va sug`orish tizimi bo`lgan), uchinchisi harbiy mahkamani boshqargan. G`arbiy Chjou podsholigida kohinlar va folbinlar ham muhim o`rin tutgan. Oliy kohin va buyuk folbin degan mansablar mavjud edi.
Armiya asosan urushlar vaqtida yig`iladigan xalq qo`shinlaridan va uncha katta bo`lmagan doimiy xizmatdagi otradlardan iborat edi. Xitoy qo`shinlarining asosini jangovar arava, otliq qo`shin va piyodalar tashkil etgan. Jang aravasi o`sha davrda qo`shinda eng asosiy hujum qiluvchi kuch edi. Jang aravasida haydovchi, kamonboz va nayzabardordan iborat uch kishi bo`lgan. Chjou podsholigi davrida markazlashgan davlat tashkil etilmagan edi. Van faqat poytaxt viloyatini bevosita boshqarib turgan. Mamlakatning boshqa hududlari vorislik huquqiga ega bo`lgan knazlar - chjuxoular tomonidan idora etilgan. Bu davrda beshta toifa: gun, xou, bo, szi, inan deb nomlanadigan knazlik unvonlarining bosqichma-bosqich bo`ysunishiga asoslanadigan tizimi batamom rasmiylashgan. Quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo`ysunishi tartibi (iyerarxiya) qat‘iy o`rnatilgan. Hukmdorlar o`z hududlarini Chjou podshosining qo`lidan olganlar va ma‘lum muddatda saroyda xizmatda bo`lishlari lozim edi. Demak, ular podshoga qaram bo`lganlar. Knazlik hududi urug`-qabila bo`linishi asosida tashkil topgan ancha kichikroq ma‘muriy birliklarga bo`lingan. Eng quyi zvenodagi ma‘muriy-hududiy birlik qishloq jamoasi hisoblangan. Ma‘lumotlarga qaraganda, turli knazliklarda qishloq, jamoalarining tuzilishi har xil bo`lgan. Bularning ichida eng ko`p tarqalgani quyidagicha bo`lgan: beshta oila qo`shni jamoa - linni tashkil etgan, beshta shunday jamoalar qishloq - li, to`rtta li szu "klani" (urug` jamoasi)ni, beshta szu guruhni - danni, beshta dan okrug - chjouni tashkil etgan, beshta chjou syanni tashkil etgan. Syan tepasida uning boshqaruvchisi - sin turgan. Eng quyi ma‘muriy mansab qishloq jamoasi oqsoqoli bo`lgan. Miloddan avvalgi IX asrda markaziy hokimiyatning tobe knazliklar hukmdorlari bilan aloqalari zaiflashgan. Knazliklarning hukmdorlari saroyga kelmay qo`yganlar, o`lponlar jo`natmaydigan bo`lib qolganlar. Katta yer-mulkka ega bo`lgan nufuzli kishilar, viloyat hokimlari podsholarga itoat etmay qo`yganlar.
Ekspluatatsiyaning kuchayishi xalq ommasining noroziligini keltirib chiqargan. Ko`chmanchi junlar bilan olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar ham g`arbiy Chjou davlatining yemirilishiga o`z hissasini qo`shgan. Mamlakat bir qancha mustaqil davlatlarga bo`linib ketgan. Miloddan avvalgi 770 yilda podsholik poytaxti Xaodan Loyanga ko`chirilgan. Shundan keyin Sharqiy Chjou podsholigi davri boshlangan. Sharqiy Chjou podsholigi davri mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida yirik o`zgarishlar bilan xarakterlanadi. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi ijtimoiy hayotda savdogarlar rolining o`sishiga sabab bo`lgan. Quldor zodagonlar o`zlarining merosiy urug`chilik yer egaliklaridan mahrum bo`lganlar, bunday yerlar harbiy boshliqlar, xizmatchi kishilar, savdogarlar qo`liga o`tgan. Bu urug` aristokratiyasining merosiy yer eagiligining zaiflashishiga va quldorlarning yerga nisbatan xususiy mulkchilikning mustahkamlanishiga olib kelgan. Xizmatchi zodagonlar qo`lida anchagina yer egaliklari to`plangan.
Bunday sharoitlarda yerga nisbatan jamoa mulkchiligining yemirilishi va xususiy mulkchilikning o`rnatilishi, yirik yer egaligining tashkil etilishi jarayoni yanada jadallashgan. Bu vaqtda eski tipdagi jamoa yer egaligi ("quduqli maydonlar" tizimi) buzila borgan. Jamoa yer egaligiga qarshi qaratilgan zarbalardan biri - yer solig`ining joriy qilinishi bo`lgan. Dehqonlar jamoa maydonlarida ishlash o`rniga o`z yerlaridan soliq to`lashlari lozim bo`lgan. Bularning hammasi Xitoyda miloddan avvalgi so`nggi asrlarda jamiyat rivojidagi ikkita qaramaqarshi oqimning kurashida namoyon bo`lgan. Bu vaqtda bir tomondan, ijarachi dehqonlarni, yollanma ishchilarni, qullarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan yirik yer egaligi rivojlangan bo`lsa, ikkinchi tomondan, bevosita davlatga bo`ysunadigan qaram dehqonlarning keng ommasi shakllanib borgan. Oldinda olg`a borish mumkin bo`lgan ikkita yo`l turar edi. Bulardan birinchisi - yerga nisbatan yirik xususiy mulkchilikning g`alabasi orqali tarqoqlikka, o`zaro urushlarga olib boradigan yo`l bo`lsa, ikkinchisi - yerga nisbatan davlat mulkchiligini mustahkamlash orqali yagona markazlashgan davlatni tashkil etishga olib boradigan yo`l edi. Xitoy rivojlanishning keyingi yo`lidan yurgan. Bunda miloddan avvalgi IV asrda kuchayib ketgan Sin podsholigi muhim o`rin tutgan. U miloddan avvalgi 221 yilda boshqa podsholiklar bilan kurashda g`olib chiqadi va mamlakatni birlashtirish uchun uzoq davom etgan kurashni nihoyasiga yetkazib, yagona Sin podsholigiga asos soladi.

Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə