Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə12/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
Respublikasi

Estetik munosabat. Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik munosabati deb voqelik hodisalarini go‘zal yoki xunuk, yuksak yoki tuban, fojiali yoki kulgili, qahramonlik yoki qo‘rqoqlik deb baholash qobiliyatiga aytiladi. Estetik munosabat obyektiv va subyektiv tomonlardan tashkil topadi, ya’ni u subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi o‘ziga xos aloqalar shaklida namoyon bo‘ladi. Bunda estetik munosabatlarning obyektiv tomoni, aniqrog‘i, estetik obyektini insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish obyektiga aylangan, odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan voqelikning xilma-xil ko‘rinishlari tashkil etsa, estetik subyektini esa estetik his-tuyg‘u, kechinma, did va ideallarga ega bo‘lgan shaxs yoki guruh tashkil etadi.
Estetik ong. Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik ongi deb ularning voqelikni aks ettiruvchi his-tuyg‘u, kechinma, did va ideallari majmuiga aytiladi. Estetik ong estetik his-tuyg‘ular, estetik did, estetik orzu, estetik qarash va nazariyalardan tashkil topadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik his-tuyg‘ularini voqelikni idrok etish sharoitida hosil bo‘ladigan shodlik, hayratlanish, ajablanish, rohatlanish, lazzatlanish, ehtirom, zavq-shavq, nafrat kabi ehtiroslar, hissiyotlar, tushunchalar tashkil etadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik didi deganda ularning bevosita his-tuyg‘u bilan hodisalarning estetik qimmatini aniqlash, ya’ni go‘zallikni xunuklikdan, ulug‘vorlikni tubanlikdan, qahramonlikni qo‘rqoqlikdan, kulgililikni fojiaviylikdan farqlash qobiliyati tushuniladi. Shunga ko‘ra, kimda-kim go‘zallikdan zavqlansa, uning estetik didi yaxshi bo‘ladi va aksincha, go‘zallikka beparvo bo‘lsa yoki xunuklikdan lazzat olsa, uning estetik didi yomon bo‘ladi. Estetik did shaxsning mavjud voqelikdan qoniqishi yoki qoniqmasligidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik orzusi deganda esa, ularning nafaqat mavjud voqelikni in’ikos ettirishi, balki uning kelajagi to‘g‘risidagi tasavvurlari, umid va mayllari majmui tushuniladi.
Estetik nazariya obyektni butunicha qamrab oladigan prinsiplar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidan iborat bo‘lib, ular mantiqqa, muayyan falsafiy qarashlarga asoslangan bo‘ladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə