Ijtimoiy-gumanitar fanlar


b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari; v)



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə2/11
tarix19.08.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#120705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1407742069 58094

b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari;
v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar);
g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar);
d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.
1. Kishilik jamiyatining rivojlanishidagi dastlabki mehnat taqsimotlarining sodir bo‘lishi natural xo‘jalikning yemirilishi va tovar xo‘jaligining shakllanish jarayonini shakllantirdi.
Tovar xo‘jaligining shakllanishi qiymatning oddiy shaklini paydo bo‘lishiga olib keldi va keyinchalik qiymatning umumiy va pul shakllarini vujudga kelishi bilan davom etdi. Ishlab chiqarish jarayonining evolyutsion tarixiy taraqqiyoti natijasida obyektiv iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki moliyaviy munosabatlar ham shakllana boshladi.
Moliya tushunchasining mazmuni “pul to‘lovi”, “daromad” “to‘lov” degan polisemantik harakterdagi ma’nolarga ega bo‘lib dastlab XIII-XV asrlarda italiyada paydo bo‘lgan.
Moliya dastlab har qanday pul to‘lovlarini anglatgan bo‘lib, keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim elementlaridan biriga aylanib qoldi.
Ammo har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. Shuning uchun ham moliya va pul o‘rtasida o‘zaro bo\liqlik bilan birgalikda ularni solishtirib bo‘lmaydigan farqli tomonlari ham mavjuddir.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə