Ijtimoiy pedagogika


I BOB Voyaga yetmagan o’smirlar xulqi



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə4/9
tarix13.05.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86962
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Дауенова Гулмира togri

I BOB Voyaga yetmagan o’smirlar xulqi

1.1 Voyaga yetmagan o’smirlar xulqi motivatsiyasi



Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz raxbarining tashabbusi va bevosita rahnamoligida voyaga etmaganlar va yoshlar tarbiyasi, ularning ma‘naviyatini yuksaltirish borasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. Mazkur isohotlarning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlar va yoshlarni kamol toptirish, iqtidorini to`la-to`kis ro`yobga chiqarsih uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratishhamda ularni kafolatlashdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 gacha bo`lgan yoshlar 10 million 360 ming nafari yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini tashkil etadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, 18 yoshgacha bo`lgan davrda insonning ongi, axloqi, ma‘naviy qiyofasi shakllanadi. Shu ma‘noda, mamlakatimizda voyaga etmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishga davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri sifatida jiddiy e‘tibor berilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta‘minlaydi. Xususan, O`zbekistonning yosh fuqarolari konstitutsiya va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklardan to`liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ularning yoshiga qarab bevosita yoki bilvosita cheklab qo`yishga yo`l qo`yilmaydi va bunday hatti-harakatlar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. Konstitutsiyamizning 45-moddasida voyaga etmaganlar huquqlari davlat himoyasida ekani belgilab qo`yilgan. Asosiy qonunimizning 64-moddasida esa ota-onalar o`z farzandlari voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekani, davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalari vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta‘minlashi bolalarga yo`naltirilgan xayriya faoliyatini rag`batlantirishi qayd etilgan. Konstitutsiyaning 65-moddasida farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat‘i nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinishi mustahkamlangan. ―Oilada xavas qilsa arziydigan muhitni yaratishda birinchi navbatda mahalla ta‘sirchan kuchga ega bo`lishi kerak. Ochiq aytadigan bo`lsak, hozirgi kunda bu unchalik sezilmayapti. Mahalla faqat oilalarda yaxshi muhitni yaratish bilan cheklanib qolmay, qaynona, qayotalar bilan ham mintazam ish olib borishi zarur‖, - deydi Prezidentimiz . Davlatimiz tashabbusi bilan bu boradagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mustaqillik davridagi tarixiy rivojlanishdan kelib chiqib, ularni shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki bosqich-1991-200-yillar mazkur bosqichda voyaga yetmaganlar va yoshlarni yagona mafkura asosida tarbiyalashga xizmat qiluvchi eski ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy asoslari tugatilib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning demokratik asoslari yaratildi. Ikkinchi bosqich – 2001 – 2007 – yilar. Mazkur bosqichda voyaga yetmaganlar o`rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas‘ul davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek, jamiyatimizning ijtimoiy-ma‘naviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida yoshlarning o`z o`rnini topishiga ko`maklashish, birinchi navbatda, qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan ta‘minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishi uchun imkoniyat yaratish, farzandlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu davrda voyaga etmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida yosh iste‘dodlar uchun ―Nihol‖ mukofoti , ―Kelajak ovozi‖ respublika tanlovi ta‘sis etildi, ―Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida‖gi Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi , shuningdek, ―O`zbekistonda bolalar faravonligini ta‘minlash bo`yicha Harakat dasturi‖ tasdiqlandi. Prezidentimiz; ―Ta‘limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr-qimmatini anglaudigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bol`gan insonlarni atbiyalash imkoniga ega bo`lamiz‖ deb ta‘kidlaganlaridek, bugungi kunda ―Ta‘lim to`g`risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ orqali shaxs tarbiyasiga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda . Kamolot‖ yoshlar ijtimoy harakatiga tayanish mazkur davlat tashkilotlari faoliyatining muhim yo`nalishi hisoblanadi. Shudan kelib chiqib, Adliya vazirligi voyaga etmaganlar va yoshlar masalalari bo`yicha quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda:

1) qonun ijodkorligi va huquqni qo`llash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta‘minlash;

2) insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlash, fuqarolik jamiyati institutlaini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;

3) davlat organlarining jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo`naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;

2 O`zbekiston Respublikasining Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni.

4) sud va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta‘minlashning samarali mexanizmini yaratish;

5) notarial, advokatura, FXDYO organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko`rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;

6) zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.



Bu sohada erishilgan yutuqlarni e‘tirof etgan holda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish sohasida quyidagilarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: - birinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo`yicha qabul qilingan hujjatlarni inventarizatsiyadan o`tkazib, ularning o`zaro muvofiqlashgan yagona bazasini shakllantirish, zamon talabidan kelib chiqib, ko`pgina yangi qonunlarni, xususan ―Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida‖gi Qonunning yangi taxririni qabul qilish; - ikkinchidan, O`zbekiston Prezidenti asarlarida voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo`yicha bildirilgan fikr-mulohazalar qonun hujjatlarida o`z ifodasini topishini monitoring qilish; - uchinchidan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 10 oktyabrdagi qaroriga asoslanib, yoshlar masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish; - to`rtinchidan, oyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining roli va ta‘sirini kuchaytirish; - beshinchidan, voyaga yetmaganlar huquqini buzgan shaxslar javobgarligini kuchaytirish; - oltinchidan, bu sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish; - ettinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishni qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o`rganish; - sakkizinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo`yicha doimiy ravishda jamoatchilik fikrini o`rganishni tashkil etish. Umuman, yoshlarga va voyaga yetmaganlarga ko`rsatilgan g`amxo`rlik ularning barkamolligini ta‘minlash bilan bir qatorda, Vatanimizning iqtisodiy, siyosiy, intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Voyaga etmaganlarda xulq og`ishi jarayoni shaxs xususiyatlari bilan tashqi muhit voqea-hodisalari o`rtasidagi murakkab bog`lanishli jarayon bo`lib hisoblanadi. Bu jarayonda o`smir shaxsi sub‘ekt sifatida tashqi muhit axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. Ob‘ekt sifatida esa tashqi muhit elementlari shaxsga ta‘sir etuvchi element sifatida ifodalanadi. Sub‘ekt va ob‘ekt o`rtasidagi o`zaro ta‘sirlar mutanosibligini ta‘minlash esa voyaga etmaganlarda xulq og`ishi kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi. O`smir shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shunday o`ziga xos imkoniyatlarga egaki, u ba‘zan shaxsning sog`lom munosabatlari va sog`lom turmush tarzini belgilasa, ba‘zan esa nosog`lom xulq-atvorning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu xususiyatlar o`smirlarda g`ayriqonuniy xulqatvor kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan psixologik-pedagogik jihatdan ta‘sirchan tadbirlarni ishlab chiqish zaruriyatini ko`rsatadi. Bu esa profilaktik tadbirlarni o`smirning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borishini taqazo qiladi. Voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish tadbirlari samaradorligi va ularning ta‘sirchanligi, eng avvalo, o`smir shaxsidagi ijobiy fazilatlar, ijtimoiy foydali ehtiyoj va qiziqishlarning shakllanganligiga bog`liq bo`ladi. Shu ma‘noda o`quv-tarbiyaviy tadbirlar va mashg`ulotlar voyaga etmaganlar jinoyatchiligini oldini olishning dastlabki profilaktikasi sifatida xizmat qilishi kerak. Tadqiqotlardan ma‘lum bo`lishicha, psixologlar va pedagoglar tomonidan moslashmagan xulqning oldini olishga qaratilhgan bir qator tavsiyalar, maslahatlar ishlab chiqilgan. Tadqiqotchi E.A.Gorshkova tarbiyasi qiyin o`smirlarning sinf jamoasi bilan bo`ladigan munosabatlarini sog`lomlashtirish voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik xulqining oldini olishda muhim omil sifatida o`rin tutadi, deb ta‘kidlaydi va quyidagi psixologik-pedagogik tavsiyalarni o`rtaga tashlaydi:

1. Tarbiyasi qiyin o`smirlarning sinf jamoasidagi o`rni va uning sinfdoshlar, atrofdagilar bilan bo`lgan munosabatlarini sog`lomlashtirish.

2. Tarbiyasi qiyin o`smirlarning shaxs xususiyatlarini har tomonlama o`rganish va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda ijobiy shaxs sifatlarini shakllantirishga erishish.

3. Tarbiyasi qiyin o`smirlarning sinf va maktab jamoasidan izolyatsiyalanishi (ajralib qolishlik) ning oldini olish tadbirlarini o`z vaqtida amalga oshirish.

4. Tarbiyasi qiyin o`smirlarni qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib sinfda va sinfdan tashqarida o`tkaziladigan tadbirlarga jalb qilish.

5. Sinf jamoasi a‘zolarida sog`lom psixologik munosabat hissini shakllantirish. 6. Sinf va maktab jamoasida tarbiyasi qiyin o`smirlarga nisbatan ijobiy va faol munosabat ruhini yuzaga keltirish.



7. Tarbiyasi qiyin bolalar va o`smirlarning ustun shaxs xislatlari, jismoniy barkamolligidan kelib chiqib, ulardan oqilona foydalanishni yo`lga qo`yish, ya‘ni sinfdan tashqari ishlarda ularga sardorlik, boshqaruvchilik ishlarini topshirish mumkin. Bu orqali o`smirda o`z-o`ziga nisbatan bo`lgan ishonchini orttirish, ijtimoiy voqea-hodisalarga nisbatan bo`lgan munosabatini o`zgartirishga erishish mumkin. Bulardan ko`rinadiki, shaxs xulqidagi ogishni tuzatishga harakat qilishda, eng avvalo, osmir shaxsiga, uning ijtimoiy muhitga nisbatan moslashishiga hamda o`smirning motivatsion ehtiyojlar sohasini o`zgartirishga, nosog`lom turmush tarzi va tarbiya muhitini sog`lomlashtirishga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda o`smirlardagi mavjud bo`lgan ijobiy sifat va xususiyatlariga tayangan holda ularda har tomonlama qiziqishni, birinchi navbatda, o`qishga, mehnatga, ijtimoiy foydali faoliyatga nisbatan bo`lgan qiziqishlarni rivojlantirish zarur bo`ladi. Xulq og`ishiga ega bo`lgan bolalar va o`smirlar o`rtasida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligi ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida o`zaro yaqinlik va sog`lom munosabatni o`rnatishga bog`liqdir. Shuning uchun o`qituvchining tarbiyasi og`ir o`smirga nisbatan berayotgan e‘tiborini , ularni o`zlariga yaqin olayotganligini va yordam bermoqchi bo`layotganligini o`smir har doim his qilib turishi muhim hisoblanadi. Bu o`smir xulqini sog`lomlashtirishga qo`yilgan ilk qadam bo`lib hisoblanadi. O`smirdagi moslashmagan xulqni tuzatishning keying sharti o`smir psixikasidagi o`zgarishni o`z vaqtida aniqlash va tibbiy, psixologik-pedagogik yordam ko`rsatish hisoblanadi. Bunda amaliyotchi psixologning xizmati kata bo`lishi lozim. Shu o`rinda ta‘kidlash joizki, uchastka militsiya xizmati tayanch punktlari qoshidagi profilaktika nozirlari zimmasiga voyaga etmaganlar bilan ishlash xizmatini yuklash yoki bo`lmasa voyaga etmaganlar bilan ishlash profilaktika nozirlari xizmatini har bir mahallada alohida joriy qilish, bizningcha maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, uchastka voyaga etmaganlar bilan ishlash nozirlarini psixologik-pedagogik, psixatrik boshlang`ich bilimlar bilan qurollantirish davr taqozosi hisoblanadi. Shuningdek, maktab, o`rta maxsus ta‘lim maskani faoliyatiga psixiatr shtat birligini joriy etish yoki bo`lmasa, maktab psixologi tibbiy-psixatrik bilimlar bilan qurollantirilishi yaxshi natija berishi mumkin. Bu masalani malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaro orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. O`smirlarda xulq og`ishi va jinoyatchilik xulqining oldini olishga qaratilgan o`quv-tarbiyaviy tadbirlar o`smirlarning oilaviy muhiti, tarbiyalanganlik darajasi vas hart-sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki, oila muhitini bilishlik o`smir shaxsi haqida, uning tarbiyalanganlik darajasi va turmush tarsi, ijobiy vasalbiy fazilatlari haqida ma‘lumotlarni beradi. Bu orqali xulq og`ishi va jinoyatchilik xulqining oldini olish ishlariga o`smir o`ilasi a‘zolarini ham jalb qilish mumkin bo`ladi. Oila, mahalla, maktab ta‘sirlarining o`zaro hamohangligi ko`zlangan natijalarni qo`lga kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulq og`ishiga ega bo`lgan bolalarga profilaktik ta‘sir ko`rsatishda o`smirning shaxs sifatida shakllanishi jarayonini, uning o`ziga xos xususiyatlarini, xarakter xislatlari va psixologiyasini hisobga olgan holda ish tutish yaxshi natija berishini unutmaslik lozim. Chunki amalga oshirilishi ko`zda tutilgan bir profilaktik tadbir ikkinchi bir o`smirda yaxshi natija bermasligi mumkin. Bu, o`z navbatida, xulq og`ishiga ega bo`lgan o`smir shaxsi, psixologiyasi va xarakter xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishini oldini olishning muhim shartlaridan yana biri-tarbiyaviy jarayonda maktab va oila hamkorligini to`g`ri yo`lga qo`yish hisoblanadi. Afsuski, bu masalani bugungi kunda talab darajasida deya olmaymiz. Shuning uchun ham bunday paytlarda ko`pincha oila va maktab hamkorligi, otaona va o`qituvchi o`rtasidagi o`zaro aloqaning uzilishi tufayli bolalar va o`smirlar tabiyasini, ayniqsa, ular xulqidagi o`zgarishlarni tuzatih ancha qiyin kechadi. O`qituvchi o`quvchi o`sib voyaga etayotgan oila muhitini, uning ahloqiy qiyofasini har doim ham bilavermaydi. Ba‘zan ayrim oqituvchilar bolalar va o`smirlar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarni ota-onalar bilan maslahatlashmay, ular haqida muayyan ma‘lumotlarga ega bo`lmay amalga oshiradilar. Bunday holatlarda tabiiy ravishda tarbiyaviy tadbirlarning olib borilishi ko`zda tutilgan profiklakrik choralarning ta‘sirchanlik darajasi pasayishiga sabab boladi. Oqibatda profilaktikadan ko`zlangan maqsadga erishilmay qolinadi. O`zbeklarning aksariyati o`zining shaxsiy faravonligi to`g`risida emas, balki oilasining, qarindosh urug`lari va yaqin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni birinchi o`ringa qo`yadi. Bu esa oliy darajada ma‘naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir . Ma‘lumki, oila muhitining sog`lomligi, ota-onalar va oiladagi boshqa a‘zolarning madaniy, aqliy, ma‘naviy va axloqiy jihatdan barkamolligi unda tarbiya olayotgan bolaga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ota-onalarning ilmuma‘rifatliligi bolalar va o`smirlarda g`ayriqonuniy xulqning oldini olishda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Ushbu holatni tadqiqotimizdan olingan natijalar ham ko`rsatib turibdi. Olingan natijlarga ko`ra, jinoyatchilik xulqiga ega bo`lgan bolalar va o`smirlar ota-onalarining ma‘lumotlilik va savodxonlik darajasi xulq og`ishiga ega bo`lmagan bolalar va o`smirlar ota-onalarinikiga qaraganda ancha past darajani ko`rsatadi. Ushbu holatdan kelib chiqib aytish mumkinki, ota-onalarning ma‘rifatlilik darajasi, aqliy, ma‘naviy va axloqiy barkamolligi bolalar va o`smirlar o`rtasidagi jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi oldini olishda muhim omil bo`lib hisoblanadi, bolalar va o`smirlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olishda qator psixologik-pedagogik masalalarga e‘tibor qaratish kutilgan natijani beradi.


Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə