Ijtimoiy pedagogika


II BOB Voyaga yetmagan huquqbuzarlarini oldini olish yo’llari



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə8/9
tarix13.05.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86962
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Дауенова Гулмира togri

II BOB Voyaga yetmagan huquqbuzarlarini oldini olish yo’llari

2.1 Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus o‘quv tarbiyaviy muassasa

Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda (o’smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa yoki shartli hukm etilgan bo’lsa) o’tkazilsa yoki maxsus o’quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog’atga yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi. Balog’atga yetmaganlar uchun koloniyalarda tarbiyalash jarayoni «kattalar» koloniyalaridan ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, ta’sir ko’rsatish pozitiv choralari qo’llaniladi, bu imtiyozlar sonini ancha oshiradi va jazo choralarini ancha kamaytiradi. o’smirlar bilan ishlashda umumta’lim va professional tayyorgarlikdan iborat o’quv-tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va mehnat bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat tarbiyasining samaraliligini oshirish o’smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko’pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda o’qigarlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb ta’riflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o’qituvchilarni haqoratlaganlar. SHuning uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan hukm etilgan o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. o’z faniga qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo’lish va qo’yilgan maqsadga erishishda qat’iy, tirishqoq bo’lish – mana shular bu turdagi balog’atga yetmaganlar bilan ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir. Hukm etilganlarning bilim olishga, mehnatga munosabatlarini o’zgartirish, tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan, texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bajargan ishlariga haq to’lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o’smirlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini oshiradi. Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumta’lim o’qitish kiradi. Umumta’lim o’qitish balog’atga yetmaganlarga ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida alohida rol o’ynaydi. CHunki tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumta’lim maktabida hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar umumta’lim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo’yicha taqsimlash ularning bilim darajalaridan kelib chiqib «bo’lim-sinf» printsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o’qitish faqatgina maktabdan bo’sh vaqtida amalga oshirilishi mumkin. Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o’qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o’zaro aloqalari juda muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, lektsiya, munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi. Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar keng qo’llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o’qishdan va ishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo’yilgan bo’ladi. SHuning uchun, ular rasmiy ko’rinishda bo’lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm etilganlar uchun bo’sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. CHora-tadbirlar o’smirlarda hayotga qiziqish uyg’otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak. Hukm etilganlarning qarindoshlari bilan ijtimoiy-foydali aloqalardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’ladi, ular tarbiyaviy ishlar jarayonini faollashtiradi, ilgari yaratilgan jamoatchilik tartib qoidalariga zid hayot tarzi va hulqini buzishga imkon beradi. Hukm etilgan balog’atga yetmaganlarga tuzatuvchi ta’sir ko’rsatishlar samaraliligi umumiy kriteriylar bo’yicha belgilanadi. Bu kriteriylar ma’lum tuzatish daradalariga asoslangan bo’ladi: «tuzatish yo’liga kirdi», «tuzatish yo’lidan aniq bormoqda». Bu tushunchalar o’rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma tuzatish koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks ettirmaydi. Demak, tuzatish ta’sir ko’rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko’rsatkich ozod etilgandan so’ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi. Balog’atga yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish ta’sir ko’rsatishi amaliyotida jazo turlarini qo’llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo’lishi mumkin, bu usul Yevropa mamlakatlarida keng qo’llaniladi. SHartli ravishda hukm etish haqida gapirsak jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo’llanilgan o’smirlarni aniq nazorat qilish kerak bo’ladi. Bu talab bajarilmaganda o’smirlar o’z holiga tashlab qo’yilgan bo’ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi. Balog’atga yetmaganlar huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish mumkin. Penitentsiar1 tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir bo’lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari kerak.

Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus o’quv tarbiyaviy muassasalarini quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin:
Maxsus ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari;

  • Maxsus ixtisoslashtirilgan kasbiy ta’lim muassasalari;

  • Rivojlanishdan ortda qolgan, og’ishga uchragan (psixik rivojlanishda kechikishga uchragan, aqliy qoloqlikning yengil shakllariga ega bo’lgan) va ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etgan o’smirlar uchun maxsus (korreksion) kasiy ta’lim muassasalari.

Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan ishlashning bunday tajribalarida odatda o’g’il bolalar va qizlar uchun alohida muassasalar yaratiladi. Ammo, muvofiq, yetarli shart-sharoitlar mavjudlik holatida o’g’il bolalar va qizlarni birgalikda o’qitish va qayta tarbiyalash uchun aralash muassasalar ham tashkil etilishi mumkin. Muassasalar ochiq va yopiq turda bo’lishi mumkin. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalarining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: ularning psixologik, tibbiy va ijtimoiy realitatsiyasini ta’minlash, xulqini korreksiyalash, jamiyatga moslashuvini ta’minlash, shuningdek, ularning boshlang’ich, umumiy o’rta va kasbiy ta’lim olishlari uchun sharoitlar yaratish. Ochiq turdagi muassasalar profilaktik funksiyalarni bajaradi va quyidagi toifadagi bolalar va o’smirlar uchun yaratiladi:

  • Qat’iy, barqaror huququzar (deviant) xulqqa ega bo’lgan;

  • Psixologik zo’rlik, zo’ravonlikning har qanday turiga duchor bo’lgan;

  • Umumta’lim muassasalariga borishdan bosh tortgan, ota-onasi bilan muomala, muloqotda muammolarga duch kelayotgan.

Ochiq turdagi muassasalar davlat, nodavlat va munitsipial shakllarda bo’lishi mumkin. Yopiq turdagi muassasalar delikvent xulqqa ega, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etgan, ta’lim berilishi va tarbiyalanishi uchun maxsus sharoitlar va alohida pedagogik yondashuv talab etiladigan voyaga yetmaganlar uchun tashkil etilishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarini oldini olishda, profilaktika ishlari maxsus o’quv – tarbiya muassasalaridan foydalanish – ichki ishlar organlari faoliyatining alohida sohasi hisoblanadi. Bunday muassasalarning asosiy vazifasi xulqni korreksiyalash, umumta’lim va kasbiy ta’limni to’laqonli qamrab ola olgan pedagogik metodlarni qo’llash orqali ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, ta’lim berish va ularni mehnatga jalb etish hisoblanadi. Ushbu muassasalarda ommaviy-madaniy va sport ishlarini tashkil etish va o’tkazish alohida parvarish, ta’minlash tartibini talab etadi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni maxsus o’quv-tarbiyaviy muassasalarga yo’naltirishning eng asosiy shartlaridan biri ularni doimiy yashah joyidagi muvofiq darajadagi ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olinishi hisoblanadi. Bu vazifalarni IIVlarning voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olish bo’yicha bo’limlar bajarishadi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni maxsus-ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiyaviy muassasalarga yo’naltirish zarurati tug’ilsa, IIV organlari xodimlari bunday bola uchun maxsus yo’llanma rasmiylashtiradi va uni voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Komissiyaga va ularning huquqlarini muhofaza etuvchi maxsus idoralarga yo’llashadi (tuman yoki shahar). Komissiya arizani ko’rib chiqadi, Komissiya arizani ko’rib chiqadi va voyaga yetmagan huquqbuzarni maxsus o’quv-tarbiyaviy muassasaga yo’naltirish bo’yicha qaror qabul qiladi (11-14 yoshdagilar uchun –maxsus maktablar, 14-18 yoshdagilar uchun – maxsus kasiy ta’lim muassasalari) va ularga maxsus yo’llanma rasmiylashtiriladi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni maxsus o’quv-tarbiya muassasalariga yo’naltirish voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinchalik hibsda saqlash bo’limlari orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini yaratish maqsadga muvofiq voyaga yetmagan qonunbuzarlarning turli toifalari:

- turli xil profilaktik ro’yxatga olingan voyaga yetmaganlar uchun buzilishi va qiziqishlariga anomaliya;

- noqonuniy harakatlar uchun ro’yxatdan o’tgan voyaga yetmaganlar uchun jinoyat ishini qo’zg’atish yoki tugatishni rad yetish to’g’risida qarorlar qabul qilindi;

- giyohvandlik vositalaridan foydalanganlik uchun ro’yxatdan o’tgan voyaga yetmaganlar uchun va zaharli moddalar;

- huquqbuzarliklar uchun ro’yxatdan o’tgan va yega bo’lgan voyaga yetmaganlar uchun aqliy rivojlanishdagi anomaliyalar.

Bundan tashqari, o’z vaqtida imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish uchun voyaga yetmagan huquqbuzarlarni maxsus muassasalarga yuborish yo’li bilan izolyatsiyalash ta’lim muassasalari tibbiyot muassasalari ro’yxatini ko’rib chiqish kerak.



2.2 Voyaga yetmagan jazoga hukm qilinganlarning yosh bilan bog'liq o‘ziga xosliklari hamda tarbiyaviy muassasalarda joylashuvi

Jinoyat kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan mahrum etishga hukm etilganlar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan balog’atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o’taydilar. Yoshi ko’p jihatdan insonning jismoniy holatini, uning xulqini, qiziqishlarini, hayotdagi imkoniyatlarini belgilashi hammaga ma’lum. Jazoni o’tash davrida ham yoshi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ular tarbiyalash jarayonini tashkil etishda, hukm etilganlar jamoalarini tuzishda va boshqalarda hisobga olinadi. Balog’atga yetmagan jazolanuvchi – bu o’smirdir. o’smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, kuch-quvvati, faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. o’smirning qattiq emotsionalligi, ta’sirchan, yengiltakligi intizomni buzish sababi bo’lishi mumkin. Balog’atgaetmagan jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda ta’sirchan bo’ladilar. Ko’pchilik o’smirlar o’zlariga tanqidiy ko’z bilan qaramaydilar. Bu ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u hulqini ijtimoiy boshqarish samarasini pasaytiradi. Bular ularda ijtimoiy foydali ko’rsatmalar, qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. SHu bilan bir vaqtda ma’naviy beqarorligi, «oson va chiroyli» hayot kechirishga intilishi, madaniylik darajasi pastligi xulqini ma’naviy o’zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-axloqsizlik harakatlardan ular osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o’tishlariga olib keladi. Bu yoshdagi o’smirning hulqi va faoliyatiga o’zicha baho berishi ta’sir ko’rsatadi, u ko’pchilik hollarda yoki oshirib yuborilgan yoki pasaytirilgan bo’ladi. o’ziga yuqori baho berishda o’smir o’zini hammadan ustun deb hisoblaydi, boshqalar orasida ajralib turishni istaydi. Bunday jazolanuvchilar koloniya xodimlarining maslahatlariga kam quloq soladilar, tarbiyachilarga kinoyali munosabatda bo’ladilar, ularda ma’naviy o’zini takomillashtirishga istak uyg’onishga intilishga e’tiborsizlik bilan qaraydilar. o’zini baholashi past bo’lgan jazolanuvchilar o’zlarida ishonchsizlikni his etadilar, qo’rqadilar, boshqalardan yomon ko’rinadilar. Buning oqibatida ular boshqalar ta’siri ostida qoladilar. Balog’atga yetmagan jazolanuvchilarda bu yoshda irodasi va irodaviy sifatlari shakllanishi jarayoni boradi. Bu davr davomida tarbiyalanuvchilar o’zlarini shaxs sifatida, kuchli va irodali shaxslarni namuna qilib olib o’zlarini tarbiyalashga qodir ekaliklarini anglab yetadilar. Ammo tashqi ko’rinishi ularda ko’pincha qilgan ishlari ma’naviy mazmunini to’sib qo’yadi. Buning natijasida ma’naviy namuna sifatida ularda jinoyatchilik romantikasi ishqivozlari o’rin oladi. Ko’pchilik balog’atga yetmagan jazolanuvchilar uchun dunyoqarashlari qarama-qarshiliklari xosdir. Ularning qarashlari va ishonchlari mantiqsiz va qarama-qarshidir. Jazolanuvchilarning o’zlari bu mantiqsizlikni, tartibsizlikni kamchilik deb tushunadilar. Bunday o’smirlarni qarama-qarshilikka ishontirish va ularda to’g’ri xulq qoidalarini tarbiyalash oson bo’ladi, lekin pedagogik va ijtimoiy ancha qarovsiz jazolanuvchi balog’atga yetmaganlar guruhlari bor. Ular mantiqiy tartib bilan va asoslab o’z qarashlarini himoya qilishlari mumkin. Bunday turdagi o’smirlar bilan ishlash ancha qiyin. Sotsiologik tekshirishlar ko’pchilik o’smirlar jazolanishlaridan avval militsiyada ro’yxatda turganlar bilan munosabatlarda bo’lganliklarini ko’rsatadi. Ular kitob o’qish, musiqa bilan qiziqmaganlar, ulardan kamdan-kamlarigina sport bilan qiziqqanlar. Tekshirishlar ko’rsatishicha jazolanuvchilarning 70 % dan ko’prog’i hukm etilishlaridan avval 5-8 soat bo’sh vaqtlari bo’lganligini ko’rsatdi, ular hech narsa bilan mashg’ul bo’lmaganlar, maktabga bormaganlar, ishlamaganlar, uy ishlarini bajarmaganlar. Ularning bilim darajalari odatda 2-3-sinfni tashkil etgan: o’smirlar orasida umuman savodsizlari ham uchraydi. Balog’at yoshiga yetmagan jazolanuvchilarning ko’pchiligi kasb-hunarga ega emas, ish stajlari yo’q. Bo’sh vaqtlarining ko’pligi, ularning alkogol ichimliklari, narkotiklar iste’mol qilishlariga, erta jinsiy aloqalarni boshlashlariga olib kelgan. Bunday hayot ularni ijtimoiy foydali mashg’ulolardan chetga tortadi, ko’pincha qarindoshchilik munosabatlarining uzilishiga, o’qishga qiziqishi yo’qolishiga, oxir oqibat jinoyat sodir etishiga olib kelgan. Jazolanuvchilarning ko’pchilik qismi (53 %) to’la bo’lmagan oilalarda, bolalar uylarida tarbiyalanganlar. Ota-onalarining yo’qligi ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini qiyinlashtiradi. Bunday hollarda asosan bola qorni to’qligi va eni butunligi haqidagi qayg’uriladi. Ikkala ota-onasi bo’lgan oilalarda kattalar va bolalar o’rtasida bir-birini tushunish yo’qligi, o’smirning ma’naviy axloqiy muammolari, do’stlariga ota-onalarning befarqligi aniqlandi. Shunday qilib, mahkumning voyaga etmaganlarning shaxsiyati va guruhlarining xarakteristikasi quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Yosh xususiyatlari

- tananing tez jismoniy rivojlanishi;

- axloqiy beqarorlik;

- o'z-o'zini hurmat qilishning kamligi (ortiqcha, kam);

- irodani jadal shakllantirish jarayoni;

- dunyoqarashning qarama-qarshiligi.

2. Pedagogik va axloqiy beparvolik

- uyushmagan bo'sh vaqt mavjudligi;

- past ta'lim, ma'naviy va professional daraja;

3. Oiladagi muammolar

- ota-onaning yo'qligi yoki to'liq bo'lmagan oila;

- ota-onalar va qarindoshlarning ijtimoiy ko'rinishlari;

- oilaviy aloqalarni buzish;

4. Jinoyat sodir etishning sabablari

- sotib ololmaydigan narsa bor;

- yetuklikni namoyish eting, guruhning roziligini oling;

- jinoyat sodir etayotgani haqida zaif tushuncha.

5. Deviant xatti-harakatlarga moyillik.

6. Katta jinoyatchilarga bo'ysunish.

7. Kam huquqiy madaniyat.

8. Ta'lim va muassasa rejimiga qarshi kurash.

9. Institut shartlariga moslashish qobiliyati.

10. Mahkumlarning tabaqalanishi (status-rol munosabatlari).

11. Muayyan hayot rejalarining yo'qligi.

Ana shu masala bo’yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon beradi:



1. Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo’lishlari sababli ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o’zaro aloqalari yo’q. SHuning uchun ota-onalar o’smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va talablari haqida to’la tasavvurga ega bo’lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko’r-ko’rona muhabbatni yuzaga keltiradi. Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej) bilan aloqalarini yaxshilash yo’li bilan yo’qotish mumkin edi. Ma’lumki, o’quv yurtlarida o’smirning xulqi yomon belgilarini ancha ob’ektiv baholaydilar (uning hulqi og’ishini, jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga pedagoglar malakali yordam ko’rsatishlari mumkin bo’ladi.

2. O’smirning oiladan tashqaridagi yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi yo’llar bilan xabardor bo’ladilar:

a) ularning qiziqtirgan uning o’zi haqidagi va uning do’stlari haqidagi muammolarni qo’pol va odobsiz usulda talab etadilar.

b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.

v) bolaning xulqini o’zlari kuzatishlari natijasida.

Ota-onalar odatda bolaga o’zlariga yoqqan bolalar bilan do’st-o’rtoq bo’lishni majbur qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg’onchi qiladi. Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. SHuning uchun ota-onalarni umumiy pedagogik o’qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o’tkazish yo’li, bu maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo’li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va psixologlar yordamida ishlab chiqilgan «oila xizmati» tizimlari yordamida.

3.Bugungi kundagi ota-onalar ko’p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor emaslar. SHuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o’z farzandlariga to’gri harakat qilish bo’yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar. SHu sababli ota-onalarning o’zlari orasida va oilaning katta a’zolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga keladi.

Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini tushuntirib berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda bo’lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo’lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar sharoitida o’smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo’ladi. Bu yerda o’smirning xulqi asosiy yo’nalishi ularga xavfli joylarga borishni ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy bajarishi bo’ladi.



4 .Bolalar va o’smirlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko’plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini ko’rsatadi.

Kichik va katta sinf o’quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo’yicha faqatgina qisqa ma’lumotlar oladilar. Hozirgi paytda 4-11-sinflar uchun respublikamizda yangi Fan kiritilgan, «Sog’lom avlod tarzi (asoslari)». Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo’lim bor. Lekin faqatgina jinsiy masalalarni o’rganishning o’zigina yetarli emas. Balog’at yoshiga yetmaganlar jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Chunki bu holat aniq bir balog’atga yetmagan yoki o’smirning o’ziga emas, balki uning atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko’rsatadi. Befarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir etish usuli o’smirlar tomonidan (tarbiyasida kamchiliklari bo’lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o’xshash harakatlarni amalga oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu o’smirga uning tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin (ya’ni, o’smirlar tengdoshlari va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladigan bo’lib qoladilar). SHundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to’g’ri baho berish va ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish zaruriyati yuzaga keladi. Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor hulqli shaxslarni o’z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko’rish bo’yicha birgalikda ish olib borishlari kerak.


5. O’g’il bolalar va qizlar o’zaro munosabatlari muammolari o’smirning jinsiy yetilish yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar haqidagi ma’lumotlar odatda noto’gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo’lsa, u bu sohaga shunchalik ko’p qiziqadi. Shuning uchun jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo’ladi. Akseleratsiya sababli bugungi kunda o’smirlarning erta dinsiy yetilishlari va uning ijtimoiy tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o’rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilьmlar, matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo’zg’atib kelinayotgan jinsiy instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi. Bu muammoni hal etish o’smirlarni sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo’ladi. Shu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikni olidini olish bo’yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo’lishi kerak deb to’g’ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi kerak bo’ladi.Haqiqatan, maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko’rsatishni tartibga soluvchi bo’lishi kerak. Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya qilish organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar o’rtasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni ancha kengaytiradi. Bu ishda qo’shimcha ta’lim, bolalarning dam olishlari va ijod bilan shug’ullanishlari, bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli katta. Shunday qilib, mahkumning voyaga etmaganlarning shaxsiyati va guruhlarining xarakteristikasi quyidagi xususiyatlar:

XULOSA

O`smirlik davrini inqirozli davrga aylantirib qo`yadigan sabablar juda ko`p (bolalarning jinsiy etilishi, ularda kattalik hissining paydo bo`lishi va rivojlanishi, mustaqillikka bo`lgan ehtiyojning kuchayishi va h.k.). bunday sabablarning tahliliga bag`ishlab qator maqolalar, risolalar yozish mumkin. Biroq farzandining ―tilini topa olmayotgan‖, u bilan psixologik aloqa o`rnatishga qiynalayotgan har biro ta-onani farzandidagi o`zgarishlarning sabablaridan ko`ra shunday vaziyatlarda qanday yo`l tutishi kerakligi, nima qilish mumkinligi ko`proq qiziqtiradi. Shu tufayli ushbu bo`limda asosiy urg`u o`smir yoshdagi bolalar va ota-onalar o`rtasidagi psixologik aloqani, muloqotni yaxshilash uchun nimalar qilish maqsadga muvofiqligiga qaratildi. Ushbu bandda farzand tarbiyasida qo`l keladigan tayyor ―retseptlar‖ yo`q, unda barcha vaziyatlarga birdek mos keluvchi tavsiyalar ham uchramaydi.Ota-onalarga farzandi bilan qanday muloqot qilishni o`rgatish niyati ham ko`zlanmaydi. Zero, har bir oilada bu borada o`ziga xos tajriba, an‘ana va qoidalar borligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Demak, bundan ko`zlangan bosh maqsad – mutaxassislarning amaliy tavsiyalarini (ko`rsatmalarini emas, aynan tavsiyalarini) o`quvchiga etkazish, uni jonli mushohada va mulohazaga undashdir. Avvalo, shunga e‘tibor qaratish kerakki, o`smirlik yoshida ota-onaning bola ko`z o`ngidagi mavqei bir muncha pasayadi. Maktabgacha yosh davrida, kichik maktab yoshida ota-onasini eng kuchli, aqlli va chiroyli, deb hisoblaydigan bolalar o`smirlik yoshiga etib, aslida ularning ota-onalarida ham talay kamchiliklar borligini payqay boshlashadi. Umuman, bu davrda tengdoshlar mavqei oshib, kattalarga nisbatan tanqidchan munosabat kuchayadi. Ota-ona va o`smir bola o`rtasida vujudga keluvchi nizolarga ko`pincha quyidagilr sabab bo`ladi: bolaning do`st va o`rtoq tanlashda adashishi, turli joylarga va tadbirlarga ko`p borishi hamda bu erlarda uzoq qolib ketishi, kiyinishi va tashqi ko`rinishida antiqa o`zgarishlar qilishi, uy yumushlari bo`yicha turli topshiriqlarni bajarmasligi, aka-ukalar va opa-singillar bilan tortishishlari, ota-ona va kata avlod vakillariga nisbatan hurmatsizlikni ochiq namoyon etishi. O`smir bola hamda ota-ona o`rtasidagi nizo va tushunmovchilikdan butunlay holi bo`lgan biror oilani topib bo`lmaydi. Ammo tadqiqotlardan ma‘lum bo`lishicha, juda jiddiy nizolar 15-20% oilalardagina ro`y beradi. O`rtadagi nizolarga qaramay ko`pchilik o`smirlarda ota-onaga ishonch, hurmat yuqori darajada saqlaniv qoladi, o`smir ota-onaning maqtovlarini hamda e‘tiroflarini juda yuqori darajada qadrlaydi. Mamlakatimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosati darajasigako`tarilgan. Mustaqillik yillarida mazkur sohada bolalarning huquqlarini belgilovchi mukammal qonunchilik bazasi yaratildi. Ayniqsa, ―Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida‖'gi Qonunning qabul qilinishi jamiyatda bola huquqlarining himoya qilinishi va kafolatlarining aniq mexanizmlari yaratilishini ta‘minladi. SHu bilan birga, qonunda BMTning Bola huquklari to`g`risidagi konvensiyasida nazarda tutilgan bolaning asosiy huquqlari majmui mustahkamlandi, uning asosiy huquqlari majmui mustahkamlandi, uning asosiy prinsiplari va qoidalari milliy qonunchiligimizga uyg`unlashtirildi. SHuningdek, milliy qonunchiligimizda Mehnat Tashkiloti bosh assambleyasining 1996 yilda bo`lib o`tgan bolalar mehnatini bartaraf etishga bag`ishlangan xalqaro konferensiyasi rezolyusiyasi hamda shu yo`nalishdagi xalqaro huquq me‘yorlari prinsiplari ham o`z ifodasini topgan.


Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə