Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120
84019 (2)

Tarixga nazar
Bozor iqtisodiyotining ikki yuz yildan oshiqroq tarixi davomida, 
XIX asrdayoq ko‘pgina rivojlangan davlatlar iqtisodiy inqirozga duch 
kelgan. Bunday vaziyatlarda nafaqat bir nechta alohida olingan tovar-
lar bozorida, balki butun mamlakat miqyosida iqtisodiy faoliyatning 
pasayishi kuzatilgan. Masalan, XX asrning 30- yillarida AQSH da 
yuz bergan, “Buyuk depressiya” deb atalgan iqtisodiy inqiroz davrida 
YaMM hajmi 31% ga tushgan, tovarlar narxlari 40% ga oshgan, ish-
sizlik darajasi esa 8 marta oshib, mehnatga yaroqli aholining 25 %ni 
qamrab olgan. Bu inqirozdan AQSH XX asrning 40- yillarida II jahon 
urushi davrida ittifoqdosh davlatlarga qurol-aslaha yetkazib berish 
orqali chiqib olgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda 
AQSH, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator 
mamlakatlarda g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda 
ko‘plab kompaniyalar, korxona va firmalar bankrot bo‘ldi. 2008- yil 
natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi 3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar 
soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi. Yaponiyada esa YaIM hajmi 3,1% 
ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa Ittifoqiga a’zo 
bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon global iqtisodiyotiga yetarli darajada 
integratsiyalashmaganligi ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ya’ni 
mamlakat iqtisodiyoti o‘sha davrda bir qadar “yopiq” iqtisodiyotlar 
sarasiga kirar edi. Mamlakatimizda chet el investitsiyalari hajmi judayam 
kichik, O‘zbekiston jahon moliya bozorida deyarli faoliyat yuritmas, 
valutaning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan, milliy valutamiz 
xalqaro valuta bozorida faol ishtirokchilar qatorida emas edi. Bularning 
barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining global bozordagi moliyaviy-
iqtisodiy inqirozdan bir qadar chetda qolishining sabablari bo‘ldi. 
http:eduportal.uz


152
Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonni ham chetlab 
o‘tmadi, chunki respublikamiz xalqaro hamjamiyatning va jahon moliyaviy-
iqtisodiy bozorining qaysidir darajadagi qatnashchisi hisoblanar edi.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport 
qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, 
mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib ketdi. Bu esa 
o‘z navbatida, korxonalar foydasining kamayishiga olib keldi. Ishlab 
chiqarishning pasayishi, oxir-oqibat, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning 
o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar 
amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotimiz jahon iqtisodiyotiga faol 
ravishda integratsiya qilina boshlandi. Yurtimizga turli mamlakatlardan 
yirik kompaniyalar o‘z kapitali bilan kirib kela boshladi. Chet el 
investitsiyalari jalb qilinishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti 
yakkalashish, alohidalashish maqomini tark etmoqda. Yurtimizda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar borgan sari jahon bozorida xaridorgir bo‘lib, 
O‘zbekiston brendi dunyo mamlakatlariga tanilib bormoqda. Xalqaro 
moliya bozorida ham keyingi yillarda O‘zbekiston sezilarli bitimlarni 
amalga oshirmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng tatbiq 
etayotgan milliy bozor infratuzilmalari xalqaro bozor infratuzilmalari 
bilan tobora uyg‘unlashib bormoqda.
Aytilganlarning barchasi, albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotining 
shiddat bilan rivojlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Lekin 
shuning bilan bir paytda milliy iqtisodiyotimizning global iqtisodiyot 
bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi kelajakda jahon iqtisodiyotida har 
xil inqirozlar yuz beradigan bo‘lsa, buning mamlakatimiz iqtisodiyotiga 
salbiy ta’siri xavfini ham keskin oshiradi. Shuning uchun ham yangi 
sharoit respublikamiz iqtisodiyoti oldiga bo‘lg‘usi, ehtimoliy inqirozlar 
paytida muhofazalanishga tayyor bo‘lish talabini qo‘ymoqda.
Yurtimizda iqtisodiy sohada olib borilayotgan qator tizimli ishlarning 
mazmun-mohiyati ham shunda. Ya’ni, mamlakatimiz iqtisodiyotining 
jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, uning turli tebranishlar va 
inqirozlarga chidamliligini oshirish so‘nggi yillardagi keskin iqtisodiy 
islohotlarning maqsadlaridan biridir. 
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lgan milliy iqtisodiyotimiz barpo qilinmoqda:
– innovatsiyalarni tarkib topdiruvchi va ularni tatbiq qiluvchi;
– xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega.
http:eduportal.uz


153
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanishiga nima sabab 
bo‘ldi?
2. Nima sababdan ushbu inqiroz dunyo bo‘yicha global muammoga 
aylandi?
3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy jihatlarini sanab bering. 
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yurtimiz iqtisodiyotiga ta’siri 
qanday bo‘ldi? 
5. Mamlakatimizda inqirozning oldini olish va bartaraf etish uchun 
qanday choralar ko‘rilmoqda?
6. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan global moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozlardan himoyalanish masalasi qanday hal qilinmoqda? 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə