Iqtisodiy bilim asoslari


JAHON IQTISODIYOTI MUAMMOLARI



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120
84019 (2)

146
JAHON IQTISODIYOTI MUAMMOLARI
29- MAVZU
1. Siz yana qanday jahon iqtisodiyoti muammolarini bilasiz?
2. Bu muammolarning kelib chiqish sabablari nimada deb oylaysiz?
3. Bu muammolarni hal qilish sizga bog‘liq bo‘lganida siz qanday 
yo‘llarni taklif qilgan bo‘lar edingiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Shunday iqtisodiy muammolar borki, ular barcha davlatlarga tegishli. 
Yer yuzida tinchlikni saqlash insoniyat oldida turgan eng muhim 
muammolardan biridir. Bir qarashda siyosiy masaladek bo‘lib ko‘ringan 
bu muammo bevosita iqtisodiyot bilan ham bog‘liqdir. Har qanday urush 
iqtisodiyot rivojini o‘nlab yillar orqaga suradi. Hozirda Yer yuzida har 
kuni milliardlab dollar mablag‘ harbiy maqsadlar uchun sarflanmoqda. 
Shu bilan bir paytda, dunyoning turli burchaklarida har sakkiz kishidan 
biri och-nahor kun kechirmoqda. Insoniyat insofga kelib, harbiy 
xarajatlarni tinchlik maqsadlarida ishlatsa, bundan hamma manfaatdor 
bo‘lishi mumkin. Afsuski, muammoning yechimi bunchalik sodda emas. 
Bu masalada harbiy xarajatlarga juda kam mablag‘ sarflab, iqtisodiy 
http:eduportal.uz


147
rivojlanishda oldingi o‘rinlarga chiqib olgan Yaponiya, Shvetsiya
Norvegiya kabi davlatlar yo‘lidan borish yagona yechim hisoblanadi.
Olimlarning fikricha, insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijasida atrof-
muhitning haddan tashqari ifloslanib borishi har qanday urushdan ham 
battarroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Havo va suv havzalarining 
ifloslanishi, tuproq tarkibining o‘zgarishi natijasida katta yer maydonlarining 
foydalanishga yaroqsizlanib borishi oxir-oqibat insonning tirikligini ham 
xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Tabiat, uning faqat 1 foiz qismiga inson 
tomonidan ziyon yetkazilgandagina o‘zini-o‘zi davolab, tiklay olishi 
mumkin. Lekin hozirdanoq inson tabiatga 10 baravar ko‘p ozor bermoqda. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha eng yirik xalqaro huquqiy 
hujjat bu – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan qabul qilingan 
Iqlim o‘zgarishiga qarshi 
Parij Kelishuvidir
. Kelishuv 2015- yilda tuzilgan 
bo‘lib, uni 175 ta mamlakat imzolagan. Kelishuvning asosiy maqsadi 
bu – global o‘rtacha haroratning isishini industriyalashtirishgacha 
bo‘lgan davrdagiga nisbatan 1,5-2
o
C chegarasida ushlab turishdir. 
Chunki, olimlarning fikricha, harorat undan ko‘ra ko‘proq ko‘tarilishi 
sayyoramiz ekologiyasi uchun qaytarilmas zararga olib kelar ekan.
Ma’lumki, Yer yuzida tabiiy resurslar miqdori cheklangan bo‘lib, ular 
nihoyat darajada notekis taqsimlangan. Natijada million yillar davomida 
to‘plangan yer osti boyliklari insoniyatning XX—XXI asrlardagi ikki 
yuz yillik iqtisodiy faoliyati tufayli tugatilishi mumkin. Asosiy energiya 
manbalari hisoblanmish neft, gaz va ko‘mir zaxiralari XXI asrdayoq 
tugashi taxmin qilinmoqda. Agar XXI asrda boshqa energiya manbalari 
kashf qilinmasa, insoniyat og‘ir iqtisodiy tanglikka duch kelishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlar kabi mamlakatimizda ham muqobil energiya
manbalaridan foydalanish bo‘yicha faol amaliy ishlar va ilmiy tadqiqotlar
olib borilayotganining sababi ham aynan mana shudir. Jumladan, quyosh,
shamol energiyalaridan foydalaniladigan elektrostansiyalar qurilishlari 
olib borilayotganligi, atom elektrostansiyasi qurilishining tamal toshi 
qo‘yilganligi kelajakda muqobil energiyaning ahamiyati oshishi e

tiborga 
olinayotganidan darak beradi.
Dunyo bo‘yicha har yili yaratilayotgan iqtisodiy boylik, moddiy 
ne’matlarning 85 foizi Yer yuzi aholisining 17 foizi istiqomat qilayotgan 
25 ta davlat aholisi tomonidan iste’mol qilinmoqda. Davlatlar iqtisodiy 
rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farq kun sayin kattalashmoqda. Bu holat 
jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida yanada keskinlashmoqda. 
Dunyo o‘ta boy va kambag‘al davlatlardan tashkil topgan ikki qutbga 
http:eduportal.uz


148
ajralib bormoqda. Ayrim xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 
insoniyatning kambag‘alroq yarim qismi besh yil ichida 1 trillion AQSH 
dollariga qashshoqlashgan. Shuning bilan birga jahonning eng boy 1% 
aholisi qolgan 99% insonlar bilan teng daromadga ega. Bu o‘z navbatida 
kelajakda dunyo miqyosidagi ijtimoiy nizo, siyosiy va iqtisodiy tanglikni 
keltirib chiqarishi mumkin.
Oziq-ovqat tanqisligi muammosi hozirgacha dunyoda o‘ta dolzarb 
muammo bo‘lib qolmoqda. Afsuski, ocharchilik – bu kechagi kun emas, 
bugungi kunning voqeligidir. Bizning kunlarimizda ham Afrikada, Osiyo 
va Lotin Amerikasining ayrim hududlarida odamlarning ocharchilikdan 
vafot etishi holatlari qayd etilmoqda. Bugungi kunda 1 milliardga yaqin 
odam to‘yib ovqat yeyish imkoniyatiga ega emaslar. Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bolalar o‘limining 54%iga 
to‘yib ovqatlanmaslik sababdir. Ochlikning asosiy sababi mablag‘ 
yetishmasligi. Lekin bu yolg‘iz sabab emas. Shuningdek, tabiiy sharoitlar, 
qurg‘oqchilik, qum bosishi, harbiy mojaro kabilar ham ocharchilikni 
keltirib chiqarmoqda. 
Yuqorida sanalgan jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni bar-
cha davlatlar hamjihat bo‘lib birlashib, jahon iqtisodiyotini oqilona 
boshqargan taqdirdagina hal qilish mumkin. 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə