Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
84019 (2)

Bilasizmi?
Ingliz ruhoniysi Robert Maltus o‘zining jahon iqtisodiyoti 
taraqqiyoti haqidagi qora bashoratlari bilan dunyoga tanilgan. Uning 
fikricha, Yer yuzi aholisi geometrik, oziq-ovqat yetishtirish esa 
arifmetik progressiya tarzida o‘sadi. Geometrik progressiya arifmetik 
progressiyaga qaraganda ancha tez o‘sganligi uchun, odamzod nima 
qilmasin, baribir ochlik balosiga giriftor bo‘laveradi. Bu fikrdan kelib 
chiqib, Maltus dunyo bo‘yicha o‘lim darajasining oshishiga olib 
keladigan omillarni, urushlar va epidemiyalarni insonning kelajagini 
ta’minlovchi ijobiy omillar deb baholagan.
Ocharchilik muammosi, albatta, aholi daromadlari pastligi, ya’ni, 
qashshoqlik muammosi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Bugungi 
kunda dunyoda 1,2 milliarddan ortiq odam bir kunda 1 AQSH dollaridan 
kam pulga hayot kechiradi. Mana shu ko‘rsatkich bo‘yicha BMT 
ma’lumotlariga ko‘ra, qashshoqlik eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar – 
bu Madagaskar, Sierra-Leone, Mozambik, Nigeriya, Markaziy Afrika 
Respublikasi va Zambiya kabi Afrika qit’asi mamlakatlaridir. Lekin 
http:eduportal.uz


149
1. Yer yuzida tinchlikni saqlashning ahamiyati haqida so‘zlab bering.
2. Iqtisodiyot va ekologiya o‘rtasidagi ziddiyatning sababi nimada?
4. Oziq-ovqat tanqisligi muammosi qanday asnoda hal etilishi kerak?
5. Energiya tanqisligi muammosini qanday yechish mumkin?
6. Iqtisodiyotning turli mamlakatlardagi rivojlanishining notekisligi 
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
7. Jahon iqtisodiyotining turli inqirozlarga moyilligining sababi nimada?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!

Jahon iqtisodiyotining borgan sari rivojlanib borishi insoniyat 
oldida talaygina muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.

Bu muammolarni dunyo hamjamiyati hal qilmas ekan, kelajakda 
insoniyat og‘ir iqtisodiy tanglikka duch kelishi mumkin.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə