150
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY
INQIROZI
30- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Sizning fikringizcha, jahon savdosining keskin kamayishi bilan
jahon YaIMning pasayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
2. O‘sha 2009- yilda jahon YaIM kamaygan, O‘zbekistonda esa
YaIMning 8% ga o‘sganligi elon qilindi.
Jahon iqtisodiyoti bilan
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtasida bu darajada keskin farq bo‘lishining
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Jahon savdosining pasayishi har bir alohida olingan mamlakat ichki
bozoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Bu hol mamlakat iqtisodiyoti
uchun qanday muammolar keltirib chiqarishi mumkin? Savollarga javob
izlayotganingizda aksariyat mamlakatlarning ichki bozori global bozorga
– jahon bozoriga bog‘langanligini e’tiborga oling.
4. Jahon YaIMining keskin pasayishi nimadan darak beradi? Bu
pasayish alohida olingan mamlakatlar YaIM hajmida qanday aks etadi?
5. Neft, oltin kabi tovarlarning narxi oshishi bilan jahon bozoridagi
inqiroziy vaziyat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali
kreditlash tizimida
2008- yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi. AQSH banklarining bir
necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipoteka kreditlarini
berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka qaytib
kelmagan. Natijada bu banklarning to‘lov
qobiliyatlari zaiflashib, bankrot
darajasiga kelib qoldi. Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit
ololmaganliklari sababli o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga
majbur bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ishsizlar sonining oshishiga olib keldi.
Bunday tanglik mamlakat miqyosiga ko‘tarildi
va AQSH iqtisodiyoti bilan
2004-2007 yillarda jahon savdosining o‘sishi o‘rtacha sur’atlarda
8,74% ga teng bo‘lgan edi. 2008- yilda bu sur’at 2,95% ga tushib qoldi,
2009- yilda esa jahon savdosi birdaniga 11,89% ga pasaydi. 2009- yili
jahon yalpi ichki mahsuloti ham Ikkinchi jahon urishidan keyingi
yillarda birinchi marta 2,3% ga pasaydi. 2009- yil fevralida inflatsiya
darajasi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Buning oqibatida valutalarga ishonch
yo‘qoldi va neft, oltin kabi tovarlar narxi keskin ko‘tarilib ketdi.
http:eduportal.uz
151
chambarchas bog‘liq bo‘lgan dunyoning qator
mamlakatlari iqtisodiyotiga
ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi.
2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ko‘lami
bo‘yicha faqat 1930- yillarda ro‘y bergan Buyuk depressiya bilangina
taqqoslash mumkin. Bu safargi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
2013- yilgacha davom etdi va tarixdagi eng davomli inqiroz bo‘ldi. Bu
inqiroz har bir alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti va butun jahon
iqtisodiyoti uchun juda ayanchli oqibatlarga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: