Iqtisodiy bilim asoslari


Valutaning ayirboshlov kursi



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
84019 (2)

Valutaning ayirboshlov kursi
— bir davlat valutasining boshqa 
davlat pul birligida ifodalangan narxi.
Konvertatsiya 
— bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga 
almashtirish.
Valuta 
— davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi.
Bilasizmi?
Turli davlatlar pul birliklarining dunyo bo‘yicha tan olingan 
belgilari bor. Ulardan ba’zilarini keltiramiz:

— 
ingliz funt sterlingi;

— 
AQSH dollari;
€ 
— 
yevro;
¥ 
— 
yapon iyenasi;
P
rossiya rubli
http:eduportal.uz


144
1. Valuta bozori nima sababdan kerak?
2. Valutaning ayirboshlov kursi nima va u qanday omillar ta’sirida 
shakllanadi?
3. Milliy valutaning kursi oshadigan va kamayadigan vaziyatlarga 
ikkitadan misol keltiring.
4. Milliy valutaning ayirboshlov kursini davlat qanday yo‘llar bilan 
boshqarishi mumkin?
5. Milliy valutaning ayirboshlov kursiga mamlakatdagi inflatsiya qanday 
ta’sir ko‘rsatadi?
6. Chet el valutasi kursining o‘zgarishi import va eksport hajmiga qanday 
ta’sir qiladi?
7. Quyidagi berilgan omillar ta’sirida milliy valutamizning kursi qanday 
o‘zgaradi? 
a) O‘zbekistonda turizm rivojlanib ketdi; 
b) oylik maoshlar ko‘paytirildi; 
d) chet el valutasidagi omonatlar uchun beriladigan bank foiz 
stavkalari oshirildi
e) tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish hajmi oshdi; 
f) chet ellarda ishlayotgan o‘zbek mutaxassislarining soni oshdi.
8. Agar AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi oshsa, mamlakatimiz 
uchun eksport qilish yaxshimi yoki importmi? Javobingizni asoslang.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
bir rubl oldin 100 so‘m turgan bo‘lsa, endi 102 so‘m bo‘ladi. Aksincha 
bo‘lsa, rublning kursi tushadi. Ba’zida davlat tashqi savdoni tartibga 
solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valuta 
kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. 
Bunga muomaladagi milliy valutani ko‘proq chiqarish yoki kamaytirish 
orqali ham erishish mumkin. Masalan, muomalaga ko‘p miqdorda milliy 
valuta chiqarilsa, uning chet el valutasiga nisbatan hajmi ko‘payib, 
milliy valuta kursi tushadi. Chet el valutasining kursi esa ko‘tariladi. 
Ba’zida davlat milliy valuta kursini ko‘tarish maqsadida, markaziy bank 
zaxirasidagi chet el valutasini ko‘p miqdorda ichki bozorga chiqaradi. Bu 
holda, bozorda bir birlik milliy valutaga mos kelgan chet el valutasining 
miqdori oshadi, ya’ni chet el valutasining kursi tushadi. Demak, xuddi 
tovarlar kabi bozorda chet el valutasi ko‘paysa, uning narxi, ya’ni kursi 
tushar ekan. Davlat milliy valutasining kursi, mamlakat iqtisodiyotining 
ko‘zgusi hisoblanadi. Uning bir tekis, asta-sekin o‘zgarishi mamlakat 
iqtisodiyotining sog‘lom rivojlanayotganligidan darak beradi.
http:eduportal.uz



Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə