Iqtisodiy bilim asoslari


Tariflar (bojxona boji) —



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
84019 (2)

1. Tariflar (bojxona boji) — 
mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda 
olib kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi. Bojxona 
boji import tovarlari narxining oshishiga olib keladi. Davlat tariflar 
yordamida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi. Davlat bojxona 
bojidan budjetini to‘ldirish uchun ham foydalanadi.
2. Kvota
— mamlakat ichki bozoriga chetdan keltirilayotgan yoki 
undan olib chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga davlat 
tomonidan o‘rnatilgan yuqori chegara. Agar kvota muayyan tovar 
importiga qo‘yilgan bo‘lsa, mamlakatga mazkur tovardan undan ko‘p 
olib kirish mumkin emas.
3. Tashqi savdo litsenziyasi va boshqa to‘siqlar
— mamlakatga maxsus 
ruxsatnoma — litsenziyasiz yoki umuman olib kirish va olib chiqib ketish 
taqiqlanadigan tovar va xizmatlar ro‘yxatini joriy etish kabi to‘siqlar. 
Masalan, Buyuk Britaniyaga ko‘mirni eksport qilishi mumkin emas.
 
Chet 
el valutalarini erkin almashtirishni cheklash ham chet el firmalarining 
ichki bozorga kirib kelishini cheklaydi. 
5. Yuqoridagi rasmlar asosida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar haqida matn tayyorlang.
http:eduportal.uz


9 – E. Sariqov, B. Xaydarov
140
Davlat milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
imtiyozli qarz va soliq imtiyozlari berib, mamlakatda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning chetdan keltirilgan mahsulotlardan arzon bo‘lishini 
ta’minlashi mumkin. Davlat tomonidan o‘rnatiladigan bunday cheklash-
lar va chora-tadbirlar 
proteksionizm
deb ataladi. Bunday siyosat, iqtisodi-
yotning tanazzuldan so‘ng tiklanayotgan paytlarda, vaqtinchalik majburiy 
chora sifatida qo‘llanishi mumkin. Lekin keyingi paytlarda, tashqi savdoga 
bir davlat qo‘ygan to‘siqqa javoban boshqa davlatlar ham qarshi choralarni 
qo‘llash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, 2018- yili AQSH po‘lat 
ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 
po‘lat importi bojini 25% belgiladi. Bunga javoban, Rossiya yo‘l-qurilish 
texnikasi, neft-gaz uskunalari va optik tola importiga 25-40% boj belgiladi. 
Tashqi savdoni erkinlashtirish
deganda unga qo‘yilgan cheklovlarni 
yengillashtirib borib, umuman olib tashlash tushuniladi. Ayni paytda, 
respublikamiz tashqi savdoni erkinlashtirish yo‘lidan bormoqda.
Tashqi savdoni cheklash bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi “janglar”dan 
ravshanki, har ikkala tomon ham yutqazadi. Shunday ekan, davlatlar 
jahon bozorini hamjihatlikda, kelishgan holda boshqarib turishlari maq-
sadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda, 23 davlat tomonidan 1947- yili 
GATT — Savdo va tariflar to‘g‘risidagi bosh kelishuv imzolandi. 
Bu kelishuvga qo‘shilgan davlatlar o‘zaro teng sharoitlarda savdo 
qilishga, import kvotalarini bekor qilishga, bojlarni kamaytirishga kelishib 
olishdi. 
Hozirda bu kelishuv 130 dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan. 
Endilikda bu kelishuv a’zolari WTO — Butunjahon savdo tashkilotiga 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə