Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   120
84019 (2)

Mutlaq ustunlik 
— bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan 
mamlakatlardan birining shu resurslar yordamida boshqalarga 
nisbatan ko‘p mahsulot ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.
Ba’zi hollarda ikki davlatning biri qaralayotgan har ikki sohada ham 
mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi. Quyidagi jadvalga e’tiborni qarataylik:
http:eduportal.uz


136
Ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi sarfi, soatda
1-mamlakatda
2-mamlakatda
Plastmassa idish
10
20
Elektr lampochkasi
30
40
Unga ko‘ra, 1- mamlakatda bir dona elektr lampochkasi va bir dona 
plastmassa idish ishlab chiqarish uchun 2- mamlakatdagiga qaraganda kam 
ish vaqti sarflanadi, ya’ni 1- mamlakat bu sohalarda mutlaq ustunlikka 
ega. Lekin 1- mamlakatda elektr lampochkasi ishlab chiqarishning 
muqobil qiymati 30 : 10 = 3 dona plastmassa idishni, 2- mamlakatda esa 
40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni tashkil qiladi. Demak, 2- mamlakat 
elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda 1- mamlakatga nisbatan nisbiy 
ustunlikka ega. Ikkinchi tomondan, 1- mamlakat plastmassa idish 
ishlab chiqarishda 2-mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Chunki 
bir dona plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati
1- mamlakatda 10 : 30 = 1/3 ta elektr lampochkasini, 2- mamlakatda 
esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkasini tashkil qiladi. Shu bois, agar 
1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 
2- mamlakatga sotsa va elektr lampochkasini 2- mamlakatdan sotib 
olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki elektr lampochkasi ishlab 
chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 2- mamlakatga qaraganda 
yuqori. Xuddi shuningdek, 2- mamlakat elektr lampochkasini ishlab 
chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 1- mamlakatga sotsa va plastmassa idishni 
1- mamlakatdan sotib olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, har bir 
davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga nisbatan kam bo‘lgan 
tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim. 
Nisbiy ustunlik nazariyasi
buyuk ingliz iqtisodchi olimi David Rikardo tomonidan yaratilgan.
Ingliz iqtisodchisi David Rikardoning shoh asari 
“Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” deb ataladi. 
Rikardoni iqtisodiyot olamida Adam Smitdan keyingi 
eng taniqli olim sifatida tan olishadi.
Rikardoning ilmiy izlanishlari xalqaro bozordagi 
savdo erkinligi masalalariga qaratilgandir. U hozirgi 
zamon iqtisodchilari nisbiy ustunlik qoidalari deb 
ataydigan konsepsiyani birinchi bo‘lib ilgari surdi. 
Rikardo olim sifatida xalqaro savdoni tariflar va 
boshqa sun’iy to‘siqlardan iloji boricha xoli qilish 
David Rikardo
(1772 – 1823)
mamlakatlar iqtisodiyoti uchun foydali ekanini asoslab bergan.
http:eduportal.uz



Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə