Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
84019 (2)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
26- MAVZU
XALQARO SAVDO
http:eduportal.uz


135
davrlarda shakllana boshlagan. Hozirgi kunda esa jahon bozorida 
ishtirok etmaydigan mamlakatning o‘zi yo‘q hisob. Jahon bozori ta’sirida 
mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuv jarayonlari o‘ta chuqurlashib ketdi. 
Jahon bozori ichida tovar, ishchi kuchi, kapital va valuta bozorlari 
shakllandi. Jahon bozorida rivojlangan mamlakatlar yetakchi o‘rin tutadi. 
Ular ko‘proq tayyor mahsulotlar va texnologiyalar bilan qatnashadilar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar esa ko‘proq xom ashyo va ishchi kuchi bilan 
jahon bozorida qatnashadilar. Lekin so‘nggi yillarda Xitoy, Hindiston 
kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning tayyor mahsulot va texnologiyalari 
ham yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda.
Bir davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‘q. Ikkinchi davlatda 
temir konlari ko‘p, birinchisida esa yo‘q. Tabiiy resurslarning bunday notekis 
taqsimlanishi bu davlatlarni bir-biri bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi.
Rossiyada o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, yog‘ochsozlik sanoati taraqqiy 
etgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda 
qulay bo‘lib, respublikamizda paxtachilik juda rivojlangan. Paxtani 
Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‘lgan janubiy hududlaridagina yetishtirish 
mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‘ladi. O‘zbekistonda esa yangi 
o‘rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, O‘zbekiston 
paxta yetishtirishda, Rossiya yog‘ochsozlikda mutlaq ustunlikka ega. 
Shuning uchun Rossiya iqtisodiyoti yog‘ochsozlikka, O‘zbekiston 
iqtisodiyoti esa paxtachilikka ixtisoslashadi. Ya’ni har bir davlat nisbatan 
arzonga tushadigan mahsulot turini ishlab chiqaradi va bir-biri bilan 
ularni ayirboshlaydi. Bunday ixtisoslashuvdan har ikkala davlat ham 
manfaat ko‘radi va shu bois o‘zaro savdo-sotiq qiladi. Mutlaq ustunlik 
tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer yuzidagi bor resurslardan 
tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. Unga ko‘ra har bir davlat 
qaysi tovarni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab 
chiqara olsa, o‘sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim. 
Mutlaq ustunlik nazariyasini Adam Smit aniq ifodalab bergan. 
Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘zlarida boshqa mamlakatlardagiga nisbatan 
kamroq xarajat qilib ishlab chiqariladigan tovarlarni eksport qiladilar, 
boshqa mamlakatlarda o‘zlaridagiga nisbatan kamroq xarajat qilib ishlab 
chiqariladigan tovarlarni import qiladilar.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə